191
noslik mavzusida ekskursiya mavzusini tayyorlashni talab qilish
noto‗g‗ri bo‗ladi. Bu mavzudagi ekskursiyalarni mutaxassis –
biolog, geograf tayyorlashi maqsadga mavofiq.
Gid shaxsiyatining shakllanishi gid kasbining shakllanishi
jarayonida yuzaga keladi. Gid shaxsiyatiga qo‗yilgan
talab uning
umumiy tamoyillar va xulq-atvor me‘yorlariga rioya qilishi, aniq
g‗oyalarga amal qilishidir.
Shaxsning asosiy
fazilatlariga
quyidagilarni kiritish mumkin
:
farosatlilik – aql-idrok bilan ish tutishi;
mas‘uliyatlilik – o‗z harakatlari natijasini tushunishi;
shaxsiy obro‗si – o‗z huquqlarini himoya qilish bilan bog‗liq
harakatlari;
individuallik – shaxsiyatining o‗ziga xosligi, takrorlan-
masligi.
Gid o‗z kasbining xususiyatidan
kelib chiqqan holda faol
hayotiy qarashlarini namoyon etishi va kunlik faoliyatida foyda-
lanishi kerak.
Faol hayotiy qarashlar
– shaxsning jamiyat hayotiga qatna-
shishidir. Shaxsning hayotiy qarashlari uning jamiyat, mehnat, dav-
lat va xususiy mulkka, boshqa shaxslarga va o‗ziga bo‗lgan muno-
sabatida namoyon bo‗ladi. Shaxsning hayotiy
qarashlari faolligini
baholashda barcha jamoaviy, mehnat, g‗oyaviy – ommaviy faollik
turlari inobatga olinadi.
Gidni ijobiy tavsiflovchi bilimi, malakasi, ko‗nikmasi eng
avvalo, unga topshirilgan ishni bajara
olishi qobiliyatiga asoslan-
gandir. Gidlarni o‗qitish jarayonida uslubchilar ularning yangi
ekskursiya mavzusini tayyorlashi, referat yozishi, kurslarda ma‘ruza
o‗qishi, marshrutlarda ekskursiya o‗tkazishi, uslubiy yo‗riqlarni
tanlashi kabi ishlarni qila olishi uchun zaruriy qobiliyatlari mavjud-
ligini inobatga olishadi.
Gidning asosiy faoliyati ekskursiya xizmatini tayyorlash va
o‗tkazishdir. Ekskursiya xizmati tayyorlash 3 qismga bo‗linadi
42
:
1)
individual matnni tayyorlash;
2)
metodik ishlanma talablarini eslab olish;
42
Тухлиев И.С., Амриддинова Р.С. ―Организация экскурсионного обслуживания‖. Учебное
пособие. –С., 2011.
192
3)
marshrutni yodda tutish.
Ekskursiya xizmatiga tayyorgarlik ko‗rish jarayonida gid o‗z-
o‗zini tekshirishi uchun taxminan quyidagi savollarga javob izlaydi:
Obyekt oldida mavzuning rejalarini yoritishda hikoyani nimadan
boshlayman? Qanday qilib ko‗rish orqali rekonstruksiyalash usulini
yaxshiroq qo‗llashim mumkin? Gid mavzuni qay darajada o‗z-
lashtirib olganidan qat‘i nazar, u har safar tayyorgarlik ko‗radi.
Tayyorgarlik bosqichining muvaffaqiyati
gid shaxsiyatining indi-
vidual xususiyatlariga, ya‘ni zaruriy ishlarni bajarishdagi tezkorlik
va tashkilotchilik qobiliyatiga bog‗liq. «Tayyorgarlik» tushun-
chasiga ruhiy tayyorgarlik ham kiradi. Bunda o‗z bilimiga ishonish,
ya‘ni ekskursiya xizmatini yuqori saviyada o‗tkazishiga, ekskur-
santlar ko‗rganidan
va eshitganidan mamnun, xursand bo‗lishiga
ishonchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: