O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti djumanov Olim Isroilovich kompyuter tarmoqlari samarqand davlat universiteti ilmiy kengashi Tomonidan 5330600 -dasturiy injiniring


Mavzu 1. Kompyuter tarmoqlari faniga kirish



Download 7,56 Mb.
bet3/126
Sana27.01.2022
Hajmi7,56 Mb.
#413038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari qo\'llanma

Mavzu 1. Kompyuter tarmoqlari faniga kirish

  • Kommunikatsiyalar tarixi

  • Kommunikasion kanal.

  • Aloqa protsessori.

  • Axborot uzatsh muhiti

Kommunikatsiya - bu axborot almashishdir. Ana shu axborot negizida rahbar ma‘lumotlar olib, samarali qarorlar qabul qiladi va ishchi xodimlarga yetkazadi.

Rahbarlik faoliyati samarali axborot almashinuvni talab qiladi. Agar insonlar о’zaro axborot almashinmasa, ular birgalikda ishlay olmaydi va oldilariga qо’ygan maqsadning shakllanishi, unga erishishi qiyin bо’ladi.
Boshqaruv faoliyatida axborot almashuv muhim ahamiyatliligi uchun rahbar о’zining vaqtining 50% - 90% ni kommunikatsiyaga sarflaydi. Axborot almashishning sifati boshqaruv qarorlariga ta‘sir kо’rsatadi.
Kommunikatsiyaning majlislar, xizmat yozuv-chizuvlari, telefon orqali muloqotlar, xisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suxbatlar orqali kо’pgina muammolarni xal qilishda yordam beradi.
Korxona tashqi muhit bilan aloqa bog’lashda, turli-tuman vositalardan foydalanadi. Mavjud haridorlar bilan ular reklama orqali bog’lanibgina qolmay, maxsulotni bozorga olib kiradigan boshqa dasturlardan ham foydalanadi.
Axborotlar korxona ichida bosqichma-bosqich, ya‘ni vestikal kommunikatsiyalar orqali о’tadi. Axborotlar yuqori boshqaruv organlaridan, pastki organlarga о’tadi. Shuningdek pastki organlardan yuqori boshqaruv bо’limlariga axborotlar oqimi keladi. Aynan ikkinchi jarayon korxonalarda ijobiy о’zgarishlarga olib keladi.
Korxonada vertikal kommunikatsiyalardan tashqari, gorizontal kommunikatsiyalar ham mavjud. Ma‘lumki korxonalarda turli-xil funksional bо’limlar, sexlar va boshqa bо’limlarning mavjudligi ular orasidagi axborot oqimining kerakligini anglatadi. Masalan, fundamental texnologiya asosida, korxona turli-xil maxsulotlar ishlabchikarishi mumkin, shuning uchun ham marketing bulimining axborot axamiyatligini saklab koladi va uning talablarini о’z vaqtida qondirilishini ta‘minlaydi.
Еlektron kommunikasiya hozirgi zamonda borgan sari katta ahamiyat kasb еtmoqda. Butun, axborot oqimlarining har yili ko‘p marta ortib borish sharoitlarida tadbirkorlik firmalari, bank strukturasi, davlat korxonalari, boshqa tashkilotlar va ularning xodimlarining o‘zaro aniq ishlashini zamonaviy telekommunikasiya va aloqa vositalarisiz, axborot va kompyuter tarmoqlarisiz amalda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bunday vositalarsiz devonxona xodimlari va choparlarining har qanday katta arniyasi ham kerakli axborotni kerakli vaqtda kerakli joyga tezkor etkazib berishni ta‘minlay olmaydi. Ko‘pincha, muhim axborotni olishdagi xattoki bir lahzalik ushlanib qolish ham jiddiy moliyaviy yo‘qotishlar va obro‘sizlanishga olib kelishi mumkin.
Ma‘muriy boshqaruv tizimlarida axborot, ma‘lumotli hujjatlarni chopar bilan (yoki pochta orqali) etkazish (tashish) yo‘li orqali ham, aloqa kanallari bo‘yicha axborotni uzatishning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanib ham uzatiladi.
Hujjatlarni qo‘lda ko‘tarib borish va mexanik tashish muassasalarda ma‘lumotlarni uzatishning keng tarqalgan usulidir. Bu usulda kapital harajatlar minimal bo‘lgani holda, hujjatlarda oldindan qayd qilingan va uni bevosita qayd qilish punktlarida nazorat qilingan ma‘lumotlarning uzatilishini to‘liq ta‘minlaydi. Uzatish tezkorligi (tezligi) juda past va uncha ham talabchan bo‘lmagan foydalanuvchinigina qanoatlantirishi mumkin. Axborotni tezkor uzatish uchun ma‘lumotlarni uzatishning avtomatlashtirilgan sistemalari — ma‘muriy-boshqaruv aloqa tizimlaridan foydalaniladi.
Axborotni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar to‘plamini axborotlarni
uzatish tizimi (UT) deb ataymiz.

1-rasmda axborotni uzatish avtomatlashtirilgan tizimining umumlashgan strukturali sxemasi keltirilgan.
Axborotni manbai va iste‘molchisi uzatish tizimining abonentlaridir. Abonentlar sifatida ЕHM, axborotni saqlash tizimlari, turli xil datchiklar va bajaruvchi qurilmalar hamda odamlar misol qilib keltirilishi mumkin.

Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish