Tarmoqlar tasnifi. Kompyuter tarmoqlarini kо’pgina belgilar, xususan hududiy ta‘minlanishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga kо’ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar butun dunyo bо’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va kо’pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EHM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yо’ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bо’lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida kо’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |