Bog`lanish rejimlari
Uch turdagi bog`lanish turi mavjud. Ularnig har biri kutish vaqti va ma`lumot uzatish yuqoriligi kabi parametrlari bilan belgilanadi.
1. Oraliq saqlash rejimi(Store and Forward). Kommutator hamma axborotni freymda o`qiydi, uni xatoliklarga tekshiradi, bog`lanish portini tanlaydi va shundan so`ngina uning freymiga axboroni jo`natadi.
2. Kesilish rejimi (cut-through). Bu rejimda manzil belgilarini o`qish bog`lanish hosil bo`lganidan so`ngina boshlanadi. Bu usul uzlishlarni kamaytiradi lekin xatoliklar ko`payishiga olib kelishi mumkin.
3. Fragmentsiz rejim. Bu rejim kesilish rejimining modifikatsiyalangan usulidir. Ma`lumot uzatish fragment xatoliklari filtiratsiyasidan keyin sodir bo`ladi.
Qiyinroq kommutatorlani birgina mantiqiy qurilma- stekda ham bajarish mumkin. Ya`ni portlarning umumiy sonini orttirish yo`li orqali (misol uchun 4 ta kommutator bilan 24 ta portni birlashtirish mumkin bo`lsa mantiqiy kommutator bilan esa 96 ta portni birlashtirish mumkin)
Do'stlaringiz bilan baham: |