Matn va uning turlari. Matn deb u yoki bu holda tugallangan mazmun (ma’no) va nutqning birligini o‘zida shakllantirgan hamda ifodalagan og‘zaki yoki yozma asarga aytiladi.
Matnning belgilari quyidagilar: 1. Matn gap yoki gaplardan tashkil topadi. 2. Matndagi gaplar o‘zaro ichki (mantiqiy) va tashqi (grammatik) bog‘liqlikda bo‘ladi. 3. Matnda u yoki bu hodisa-voqea haqidagi mazmun bo‘ladi.
Nutqda ifodalangan va uning ishtirokida inson ongida shakllangan aniq bir mantiqiy, hissiy (emotsional), estetik ma’lumotlar matn mazmunini (ma’nosini) tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |