O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Xavfli  mamlakatlar
  yo‘nalishidagi  ro‘yxat  oxirida  yagona  shov-shuvga  va 
turistik  faollikning  pasayishiga  sabab  bo‘lgan  majoralar  ro‘y  bergan  mamlakatlar 
(hududlar)  turibdi.  Bu  guruhlarga  BTT    Ten’anmen  maydonidagi  qayg‘uli 
voqealardan  keyin  Xitoyni,  Shimoliy  Irlandiya  armiyasi  jangchilari  tartibsizlik 
keltirib  chiqarayotgan  Buyukbritaniyani,  fojiali  voqealar  bo‘lib  o‘tgan  AQShning 
Florida va Fidji hududlarini kiritgan. 
Turistlar  uchun  xavfsizlik  darajasi  bo‘yicha  chiqishga  qaratilgan  yo‘nalishlar 
klassifikatsiyasi  ham  mavjud.  Bunda  turizmga  tahdid  aynan  sayohatchi  tomonidan 
huquq-tartibni buzish, yoqmaganini ro‘kach qilib ko‘ngilsizliklar keltirib chiqarishda 
namoyon  bo‘ladi.  Milliy  iqtisodiyotga  zarar  yetkazishni  ko‘zlab,  ekstremistlar 
ob’ektga  hujum  qilish,  hukumatga  siyosiy  tazyiq  o‘tkazish  maqsadida  turistlarni 
tanlaydi (Misr, Turkiya). 
Xorijda  xavfsizlik  omiliga  e’tibor  bilan  qarashadi.  Hatto  turistik  safar 
yo‘nalishini tanlashda xavfsizlik muhim hal qiluvchi omil deb hisoblashadi. Turistik 
xizmatlar  iste’moli  jarayonlariga  xos  notekislik  hamma  darajada  burtib  turadi  va 
global,  hududiy,  shuningdek  alohida  mamlakatlar  darajasida  namoyon  bo‘ladi.  Bir 
davlatda  xalqaro  turizm  tez  rivojlanadi,  boshqasida  esa  sekin  kechadi.  Shundaylari 
ham  borki,  ularda  qaysidir  davrda  turistik  bozordagi  vaziyat  o‘ziga  xoslik  bilan 
ajralib  turadi.  Misol  uchun,  1980-yillarda  jahonda  turistik  harakatlarni  kengaytirish 
bahonasida  Birlashgan  Arab  Amirligida  (BAM)  turizm  sohasida  ishchanlik  faolligi 
barham topdi. Spirtli ichimlik sotish va iste’mol qilish ta’qiqlanishi oqibatida Yaqin 
Sharq  mamlakatlari  turistik  industriyasi  G‘arbiy  Yevropa  va  Amerikadan  tashrif 
buyurayotgan badavlat mijozlardan mahrum bo‘ldi. 
Tashrif buyurishdagi ikkilanishlar ayrim mamlakatlarda tabiiy hodisalar tufayli 
ro‘y  berishadi.  Bular  ba’zan  turistik  faollikni  birdan  oshib  ketishiga,  ba’zan  so‘nib 
qolishiga  olib  keladi.  1999  yilda  –  XX    asrdagi  so‘nggi  quyosh  to‘liq  tutilishi 
Yevropada  Ruminiya  hududidan  ayniqsa  yaxshi  ko‘rinardi.  Zo‘r  berib  reklama 
qilinishi  natijasida  butun  hududlardan  turistlar  keng  oqimi  Ruminiya  mamlakatiga 


                      
93 
yopirilib  kela  boshladi.  Ta’surot  «ovchilari»  juda  ko‘p  edi.  Otellarda  joylar 
ko‘rsatilgan muddatdan ancha oldin sotilib ketdi. Odamlarning ommaviy harakatlari 
yo‘llarda avtomobillar tiqinini vujudga keltirdi. Ruminiyada turistlar kelishi umumiy 
soni 1999 yilda, 1998 yilga nisbatan taxminan 200 ming kishiga ortdi. 
Tabiat  hodisalari  ko‘p  hollarda  teskari  natiajalar  beradi  va  turistik  harakatlar 
jozibasi favqulodda xavfga aylanadi. 1997 yilda iyun-iyul oylarida G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlari ro‘y bergan suv toshqinlari Polsha, Chexiya va Sharqiy Germaniyaning 
katta qismida turistik faollikni cheklab qo‘ydi. 
1999  yil  Turkiya  uchun  to‘s-to‘polon  yil  bo‘ldi.  Avvaliga  kurdlarning 
turistlarga  tahdid  solish  maqsadida  qator  terroristik  aktlari  sodir  etildi.  So‘ngra 
mamlakat  shimolida  kuchli  zilzila  ro‘y  berib,  tashrif  buyuruvchilar  oqimini  keskin 
kamaytirib  yubordi.  Kelishlar  soni  2  mln.  kishiga  kamaydi.  Xalqaro  turizmdan 
tushadigan  daromadlar  miqdori  esa  1998  yilga  nisbatan  salkam  3  mln.  amerika 
dollariga pasaydi. 
Hozirgacha  gap  asosan  turistik  chiqishlar  oqimi  va  ularning  noto‘g‘riligi 
haqida borayapti. Yaponiya va boshqa mamlakatlarda aholining xorijga safar talablari 
beqarordir. Uning dinamikasida keyingi 30 yil mobaynida bir necha keskin ko‘tarilish 
va pasayishlar kuzatilmoqda. 
Yaponiyada  xorijiy  sayyohatlar  dinamikasi  zamonaviy  turizmning  ikki 
xususiyatini  tasdiqlaydi:  bir  tomondan  tashqi,  siyosiy  va  iqtisodiy  omillar 
uyg‘unligiga  boqliqlik,  boshqa  tarafdan  uning  tashqi  vaziyatga  munosabatda 
«o‘jarligi».  Hatto  eng  shafqatsiz  davrlarda  ham  yaponlar  sayohat  qilishda  davom 
etishadi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish