O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Xalqaro  turizmda  turistik  talabning  elastikligi



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Xalqaro  turizmda  turistik  talabning  elastikligi.
  Ta’kidlanganidek,  turistik 
talab  iste’molchining  daromadi,  qulay  bo‘sh  vaqtining  davomiyligi,  tovarlar  va 
xizmatlar  bahosi  va  boshqa  omillarga  bog‘liqdir.  Muntazam  haq  to‘lanadigan  ta’til 
joriy  etilishi  va  real  ish  haqining  oshishi  turistik  tovarlar  va  xizmatlarga  talabni 
kuchaytiradi.  Ammo  ko‘pincha  tahlil  bir  o‘zgarishni  boshqasiga  ta’sir  etishini 
belgilash  bilangina  chegaralanib  qolmaydi.  Balki  talabning  o‘sishi  (pasayishi),  qay 
darajadaligini  ham  bilishni  talab  qiladi.  Baho  o‘zgarishiga  turistik  talab  nechog‘lik 
sezgir,  agar  daromad  10,20  yoki  40  %  ga  oshsa  unga  talabning  reaksiyasi  qanday 
bo‘ladi  kabi  savollar  shular  jumlasidandir.  Bu  haqda  tasavvur  hosil  qilishga 
ko‘ratkichlar elastikligi imkon beradi. 
Elastiklik  bir  o‘zgarishning  boshqa  o‘zgarishga  nisbatan  reaksiyasi  holatini 
ko‘rsatadi.  Iqtisodiyotda  bu  tushunchalar  bir  tomondan  talab  kattaligi,  ikkinchi 
tomondan  baho  yoki  daromad  o‘rtasidagi  bosh  bog‘likni  aniqlash  uchun 
foydalaniladi.  Talabning  baho  bo‘yicha  elastikligi  (TBE)  boshqa  sharoitlarda 
narxning bir foizlik o‘sishi (kamayishi) tufayli talab hajmi qancha foizga o‘zgarishini 
aniqlaydi 
TBE  kattaligi  odatda  salbiy  sonda  ifodalanadi.  Negaki  o‘zgarishlar  teskari 
bog‘liqlikka  ega  bo‘ladi.  Talab  hajmi  narx  tushishi,  uning  oshishi,    kamayishi 
tendensiyasiga ega. 
Talab  narx  o‘zgarishga  sezgir  (elastik),  befarq  (noelastik)  yoki  yagona 
elastiklikka ega bo‘lishi mumkin. 
TBE  bir  qator  omillarga  bog‘liq,  eng  avvalo  substitut  (o‘rnini  bosuvchi) 
tovarlarga  qurbi  yetish  omili.  Bozorda  raqobat  qanchalik  o‘tkir  bo‘lsa,  TBE  taklif 
etilayotgan o‘rnini bosuvchi tovarlar ko‘lamida shunchalik keng bo‘ladi. 
Turist uchun alternativga hojat bo‘lmagan ishga doir va etnik talab dam olish 
va  ko‘ngilxushlik  uchun  sayohat  qiluvchiga  nisbatan  narx  o‘zgarishiga  unchalik 
sezgir  emas.  Turistik  mahsulotlarga  narxning  o‘zgarishi  ayniqsa  dam  olish  uchun 
safar  geografiyasini  aniqlagan  holda  «dengiz  –  quyosh  -  plyaj»ga  boruvchilarda 
sergaklik  uyg‘otadi.  Qaysidir  kurortlarga  xizmatlar  qimmatlashishi  bilan  odamlar 
osongina  boshqa  o‘rnini  bosuvchilarga  o‘tishadi,  ular  bilan  raqobatdagi  boshqa 
kurortlarga talab oshib, arzonroq dam olish joylari tanlanadi. 
TBEni keltirib chiqaruvchi ikkinchi omili vaqtinchalik ramka,  uning doirasida 
harid  haqida  qaror  qabul  qilinadi.  Odatda  elastiklik  uzoq  muddatli  rejada  qisqa 
oraliqlarga nisbatan yuqoriroq. 
Vaqt  o‘tishi  bilan  iste’molchilar  narxi  oshgan  tovarlar  uchun  katta  miqdorda 
o‘rnini  bosuvchilarni  topishlari  mumkin.  Asta-sekin  ularning  didi,  odatlari  va 
ko‘nikishlari o‘zgardi. Ishlab chiqaruvchilar esa o‘rnini bosuvchi tovarlar chiqarishni 
kengaytiradilar. 


                      
95 
TBE  ni  o‘zgaruvchanlik  xususiyati  har  bir  konkret  holatda  uni  aniqlashda 
ehtiyoj  bilan  yondoshish,  yetti  o‘lchab,  bir  kesish  zaruratini  tug‘diradi.  Bu  birinchi 
navbatda  narx  valyuta  kurslariga  bog‘liq  bo‘lgan  xorij  sayohatlariga  taaluqli.  Narx 
uning o‘zgarib turishi xalqaro turistik safarlar geografiyasiga ta’sir qiladi. Sir emaski, 
qabul  qiluvchi  tomonlarning  valyuta  alshashish  kursini  oshirishi,  ularni  teng 
sharoitlarda  xorijiy  turistlar  uchun  qimmatlashtirib  yuboradi.  Bu  iqtisodiy  jihatdan 
ham unchalik diqqatni tortadigan emas. 
Ayrim  mamlakatlar  xalqaro  turizmni  rivojlantirish  manfaatlarini  ko‘zlab 
valyuta  siyosati  yurgizishadi.  Milliy  pul  birligini  almashtirish  kursining  sun’iy 
o‘zgartirish  tufayli,  ular  yuqori  inflyatsiya  darajasiga  qaramay  turistik  xizmatlar 
narxining raqobatbardoshligini ushlab turishga muvaffaq bo‘ladilar.  
Turistlar  yetkazib  beruvchi  mamlakatlarga  keladigan  bo‘lsak,  ularning  milliy 
valyutasi  revolvatsiyasi  chiqish  turizmiga  talablarni  ko‘paytiradi.  To‘g‘ri, 
almashtirilgan valyuta kursining tushib ketishida teskari holat ham bo‘ladi. 
1990  yillar  ikkinchi  yarimlarida  dollarning  zaiflashuvi  oqibatida  Amerikalik 
turistlarning  Yevropaga  kelishlari  soni  anchagina  kamaydi  va  aksincha  Yevropadan 
esa AQShga turistik oqimlarni kengaytirdi.  
BTT  mutaxassislarining  bu  sohadagi  ko‘p  yillik  tadqiqotlari  quyidagi 
xulosalarni  chiqarishga  imkon  berdi. Ekspertlar  hisob-kitoblariga   ko‘ra, TBE  qabul 
qiluvchi mamlakatlar uchun 1 dan 2 gacha atrofda turibdi. Agar turistik yo‘nalishlar 
nisbatan 10 % ga arzonlashsa, misol uchun, inflyatsiyaning oldingi darajasi saqlangan 
holda valyuta almashish kursining o‘zgarishi, natijada uch yil davomida uning bozor 
ulushi  10-20  %  ga  ortadi.  Sayohatlarga  narx  o‘zgarishiga  iste’molchilarning 
reaksiyasi  paydo  bo‘lishi  uchun  xuddi  shuncha  vaqt  talab  qilinadi.  Iste’molchilar 
yangi narxlarga uzil-kesil besh yildan keyin moslashib oladilar. 
TBE  ahamiyat  jahonning  mintaqalari  va  safarlar  turi  bo‘yicha  farqlanadi. 
Yevropa  bo‘yicha  ichki  hududiy  sayohatlar  uchun  u  nisbatan  past  –  0,8.  Qabul 
qiluvchi Yaqin Sharq mamlakatlari uchun narx bo‘yicha uzoq bo‘lmagan safarlarga 
nisbatan  talab  ko‘proq  elastik.  Bu  hudud  uchun  TBE  -2,5  ga  teng.  Odatda  uzoq 
safarga nisbatan yaqinroq masofaga talab narx o‘zgarishiga unchalik sezgir emas. 
TBE  turistlar  yetkazib  beruvchi  mamlakatlar  uchun  -1,5  ga  teng  Xorijiy 
sayohatlarga (yo‘nalishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda) narxning 10 % o‘sishi uch yil 
davomida  chiqish  oqimini  15  %  qisqarishga  olib  keladi.  Xuddi  birinchi  holatdagi 
singari  talab  elastikligi  mintaqalararo  safarlarga  qaraganda  ichki  hududga  nisbatan 
past. Misol uchun, u Yevropada mutanosib ravishda – 0,6 va – 1,9 ga teng. 
Jahon  mintaqalari  o‘rtasida  TBE  Yevropa  va  Yaqin  Sharqda  yuqori.  Bu 
ularning  chiqish  turistik  oqimlarida  dam  olishga  sayohatlar  ulushlarining  kattaligi 
bilan  izohlanadi.  Bunday  sayohtlarga  narx  bo‘yicha  talab  xizmat  safari 
(kamandirovka),  qarindoshlar  va  tanishlarnikiga  borish,  boshqa  turistik  safarlarga 
nisbatan elastikdir. 
Ilgari gap nima haqda borgan bo‘lsa, hammasi normal yoki to‘g‘ri deyilganga 
taaluqlidir.  TBE,  narx  oshganda  (pasayganda)  talabning  kamayishi  (o‘sishi)  ga  olib 
keladi.  Ammo  amalda  boshqa  vaziyatlar  ham  ma’lum.  Ularda  o‘zgarishlar  bir 
tomonga qarab yo‘naladi va yuqori baho talabning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Bu 
bog‘liqlikni elitar turizm bozorida kuztish mumkin. Misol uchun, sayohat teploxodida 


                      
96 
eng  qimmat  kayutani  yoki  shaharda  kechki  ovqat  uchun  eng  qimmat  restoranni 
tanlash.  Mazkur  holatda  odamlar  oddiy  narsalar  yoki  xizmatlarni  emas,  boyligini 
ko‘z-ko‘z  qilish  uchun  nufuzni  sotib  oladilar.  Iqtisodiy  adabiyotlarda  bu  hodisa 
«Snobizm effekti» degan nom olgan. 
Iste’molchining  daromadlari  o‘zgarishi  turistik  talablarga  sezilarli  ta’sir 
o‘tkazadi. Bir o‘zgarish kattaligi ikkinchisiga ta’sir qilib, daromadlar bo‘yicha turistik 
talab elastikligi tushunchasini to‘ldirishi mumkin. U talab hajmi foiz o‘zgarishining 
iste’molchi  daromadi  protsent  o‘zgarishiga  nisbatan  o‘xshash  munosabatlariga 
(boshqa teng sharoitlarda) mo‘ljallanadi. 
Ko‘p sonli empirik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, turistik talab iste’molchi daromadi 
ko‘payishi  (kamayishi)  ga  juda  sezgir  va  bog‘liq.  Aholining  moddiy  ahvoli 
yaxshilanishi bilan, ularni sayohatlarga  moyilligi va turistik harajatlar o‘sadi.  
Daromad  o‘zgarishi  hamma  vaqt  ham  individual  turistik  talab  hajmini, 
o‘lchangan  safar,  yoki  tunash  sanalarini  aks  ettirmaydi.  Shu  bilan  birga  u  turistik 
tarkiblarda chuqurroq siljishlarga olib keladi. Yaxshi haq to‘lanadigan ishga joylashib 
olgach,  kishi  ko‘p  hollarda  o‘z  halovatini  unga  qurbon  qiladi.  Yetarli  bo‘sh  vaqtga 
ega bo‘lmaydi. U xuddi avvalgidek uzoq bo‘lmagan safarni tanlayadi va  shinamlik 
darajasiga yuqori talablar qo‘yadi. 
Moddiy qiyinchiliklar ham xuddi shunday hamma vaqt ham individual turistik 
talablarning miqdoriy harakteriga ta’sir etavermaydi. Ta’tilni muntazam sayohat bilan 
o‘tkazuvchi  oila  kamdan-kam  bu  ko‘ngilxushlikdan  o‘zini  tiyadi  moliyaviy  ahvoli 
yomonlashganda  ham  bundan  voz  kechmaydi.  Aksincha  ta’til  (kanikul)  vaqtini 
qisqartirish  yoki  safarni  qoldirishdan  ko‘ra  arzonroq  safarni  sotib  olishni  ma’qul 
ko‘radi. 
Elastiklik  darajasi  shuningdek  safar  tipiga  ham  bog‘liq.  Harid  qobiliyatining 
o‘zgarishida  ko‘proq  ko‘ngilxushlik  safarlariga  talab  sezgir.  Etnik  safarlarga  bu 
kamroq darajada. Chunki bunda erkin tanlash natijasiga qaraganda, imkon darajasida 
qarz  olish  ko‘zda  tutiladi.  Ishga  aloqador  safarlar,  shuningdek  elitar  sayohatlarda 
daromad o‘zgarishiga kam e’tibor beriladi va noelastik hisoblanadi. 
Narx  va  daromad  bo‘yicha  elastiklik  iqtisodiyotda  umumiy  tarzda  qabul 
qilingan.  Ammo  talab  dinamikasida  yagona  ko‘rsatkich  emas.  Elastiklik  xuddi 
shunday  boshqa  omillar  (misol  uchun,  vaqt)  o‘zgarishiga  turistik  talab  reaksiyasini 
ifodalash  uchun  foydalaniladi.  Ishga  aloqador  turizm  uchun  bu  –  rahbar  tomonidan 
belgilangan safar muddati, dam olish va ko‘ngilxushlik sayohati uchun – bo‘sh vaqt. 
Ular yil davomidagi bayram kunlari va ta’tillar soni bilan o‘lchanish mumkin. Bo‘sh 
vaqt  davomiyligi  chatishib  ketadi  va  mamlakatlar  bo‘ylab  sezilarli  ravishda  ko‘zga 
tashlanadi. 
Niderlandiyada qonunchilikda mustahkamlangan ta’til davomiyligi 30 kundan 
oshadi.  Plyus  yiliga  8-10  bayram  kunlari  ham  bor.  AQShda  esa  ta’til  kunlari  12 
kunni, yillik bayramlar soni 11 kunni tashkil etadi. 
Pul  emas,  vaqt  asosiy  limitlovchi  omil  bo‘lgan  o‘shanday  hollarda    turistik 
talab  ta’tilning  davomiyligi  o‘zgarishiga,  bayram  kunlari  soniga  yoki  safarning 
uzunligiga  e’tibor  qaratadi.  Mutaxassislar  talabning  vaqt  bo‘yicha  yuqori  ijobiy 
elastiklikka ega ekanligini qayd etadilar. 


                      
97 
Turistik  talab  kattaligiga  vaqt  omillari  qaysi  o‘zgarishlari  ta’sir  etishini 
baholash uchun ikki mulohaza muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, qo‘shimcha vaqt 
bo‘sh  yoki  xizmat  safari  (kamandirovka)  turistga  belgilangan  manzilda  bo‘lishni 
o‘zaytirishga  imkon  beradi.  Aytaylik  aholisi  turistik  xizmatlar  paketlarini  sotib 
olishga  moyil  mamlakatda  sayohat  ishqibozi  navbatdagi  safarga  chiqishni 
mo‘ljallayapti, taklif etilayotgan xizmat «paketlari» bozorida uning qurbi yetadigani 
bir-ikki  xaftalik  safardir.  Sayohat  qilinadigan  yillik  qisqa  muddatli  ta’tilda 
iste’molchi foydasiga yetti kunlik safar tanlanadi. Harakatni susaytirishda limitlovchi 
bosh  omil-vaqtinchalik  omildir.  Masalan,  boshqa  teng  sharoitlarda  ta’til 
davomiyligini  13  kundan  16  kungacha  ko‘paytirilishida  u  har  holda  mo‘ljallangan 
joyda uzoqroq bo‘lish unga qimmatga tushsada ikki haftalik safarni ma’qul ko‘radi. 
Turgan gap, talab kattaligi bo‘sh vaqtining ko‘payishi turistik harajatlar aks etishida 
ham ortadi. 
Ikkinchi mulohaza safar uzoqligiga taaluqli. Qo‘shimcha vaqt uzoq masofaga 
sayohat qilishga imkon beradi. Bu holda asosiy masalalardan biri masofani o‘lchash 
birligini  tanlash  hisoblanadi.  Odatda  bu  masofalar  kilometrlar  bilan  belgilanadi. 
Ammo  iqtisodiy  tahlil  doirasida  bunday  baho  juda  ko‘p  jarayonlarga  izoh 
berolmaydi.  Jumladan,  kengliklarda  turistik  oqimlarni  qayta  taqsimlashda:  iqtisodiy 
tadqiqotlarda  masofani  ifodalashda  uni  bosib  o‘tishga  sarflangan  vaqt  va  pul  bilan 
hisoblanishi  qabul  qilingan.  Bu  iqtisodiy  resurslar  talabni  chegaralaydi  va  turistik 
bozor hajmini fizik masofaga qaraganda ko‘proq darajada belgilaydi. 
Vaqt  sarfi  kattaligiga  daxldor  har  qanday  o‘zgarish  va  safarga  pul  xalqaro 
turizm  intensivligi  va  hajmi,  geografiyada  bevosita  aks  etgan  ikki  mamlakat 
o‘rtasidagi transport qatnovining tezligi yoki arzonlashuviga qarab aniqlanadi. Misol 
uchun,  so‘nggi  yillarda  transatlantik  parvozlarga  tariflarning  pasaytirilishi  xalqaro 
turistik  almashinuvni  kengaytirishga  imkon  berdi.  Okean  osha  Amerika  va 
Yevropaning  yirik  turistik  markazlariga  xorijliklarning  kelish soni  ko‘paygani  qayd 
etildi: Nyu-York va Mayami, London va Parijga. 
O‘tkazilgan  empirik  tadqiqotlar  ham  odamning  doimiy  yashash  joyi  va 
boradigan manzili masofasi o‘rtasida mustahkam aloqa mavjudligini tasdiqladi. Ya’ni 
bir  tomondan  vaqti  -  sarfi  –  pul  chiqimi,  ikkinchi  tomondan,  bu  joyda  bo‘lish 
chastotasi yoki ehtimol tutilgan ifoda. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish