O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

1- shakldagidan
 tashqari yana uch anketa shakllari 
kiritiladi. Ularning hammasi YEI direktivalariga muvofiq tuzilgan (savollar, direktiv 
ko‘rsatmalardan  olingan,  anketada  qalin  harflar  bilan  ajratilgan). 
2  –  shakl
  turistik 
harajatlar  haqida  ma’lumotlar  yig‘ishga  mo‘ljallangan.  Safar  haqida  fikrlar  va 
taasurotlar esa 
3-shaklda
 aks ettiriladi.  
4 – shakl
 o‘zida «pasportcha»ni aks ettiradi. 


                      
72 
Undagi  ma’lumotlar  tashrif  buyuruvchining  iste’molchilik  xulq  atvorini  tushinishda 
juda muhim rol o‘ynaydi. 
Bunday  xildagi  tekshiruvlar  so‘raluvchi  bilan  juda  ehtiyot  bo‘lib  muomila 
qilishini talab etadi. 
Tekshiruv  kata  amaliy  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  so‘rov  davomida  olingan 
materiallar  turistik  firmalar,  xususan,  strategik  rejalashtirish  va  marketing  siyosatini 
ishlab chiqishda foydalanishi mumkin. 
Potensial  mijozlarning  turli  harakteristikalarida  haqiqiy  va  yolg‘on 
ma’lumotlarni  ajrata  olish  turistik  mahsulotlarning  bozordagi    harakati  samarali 
yo‘llarini qidirib topishda yordam beradi. Misol  uchun, Ogayo shatitida o‘tkazilgan 
tekshiruv  tashkilotchilari  grek  yo‘nalishida  ishlovchi  turistik  firmalarga  AQShda 
tarqalgan  grek  gazeta  –jurnallari  reklamalaridan,  Amerikada  eshittiriladigan  grek 
radiosidan  foydalanishni  tavsiya  etishadi.  Unchalik  qimmat  bo‘lmagan  bu  reklama 
vositalari  mijozni    jalb  etishga,  unga  zarur  axborotlarni  yetkazib  berishga  imkon 
yaratadi. 
Amerika  greklarini  tekshirish  usuli  etnik  kamchilikni,  tashkil  qiluvchi  boshqa 
diasporalarga ham joriy etilishi mumkin. 
Amerika  greklari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  tekshiruvning  ko‘proq  ommaviy 
usuli-so‘rov  yo‘li  bilan  to‘plangan.  Uning  xususiyati  o‘zi  hisoblanadi.  Chunki 
o‘rganilayotgan hodisa va sotsial jarayonlarning bevosita ishtirokchisi uning o‘zidir. 
So‘rovchilar bilan munosabat shakllariga bog‘liq holda og‘zaki yoki yozma ravishda 
so‘rovning  ikki    xiliga  bog‘liq:  intervyu  va  anketa  so‘rovlari.  Bir  qator  tekshiruv 
holatlari  aralash  strategiyaga  tayanadi.  Alohida  guruhlar  so‘raluvchilari  anketa 
natijalari bo‘yicha intervyu chuqurlashtirilgan dastur bo‘yicha olinadi. 
Birlamchi ma’lumotlar yig‘ish chog‘ida hisobchi so‘raluvchi bilan hamma vaqt 
ham  yuzma-yuz  munosabatda  bo‘lmaydi.  Ba’zan,  u  zarur  ma’lumotlarni  operativ 
vositalar, misol uchun EHM yordamida  olishi mumkin. Keyingi vaqtlarda G‘arbda 
kompyuter  intervyusi  tez-tez  qo‘llanilapti.  Bunday  intervyu  olish  chog‘ida 
so‘raluvchiga savollar monitor ekrani orqali beriladi. Javoblar EHM xotirasiga qayta 
kodlanmasdan  va  tahrir  qilinmasdan  kiritiladi.  Bu  vaqtni  tejaydi,  xatolar  ehtimolini 
kamaytiradi.  So‘rovlar  uchun  kompyuterlar  ko‘p  hollarda  otellarda  xollarga 
o‘rnatiladi.  Unga  erkin  borish  ta’minlanadi  va  har  bir  mehmon  tegishli  yozuvni 
amalga oshirishi mumkin. Bu yozuvlarda uning fikri, istak va takliflari aks etadi. 
So‘rov  keng  tarqalgan  bo‘lsada,  lekin  kuzatuvning  universal  usuli  emas. 
Statistik  va  sotsial  amaliyotda  shunday  vaziyatlar  bo‘ladiki,  u  yetarli  samarali 
bo‘lmaydi.  Bunday  hollarda  mutaxassislar  boshqa  usullar  –  hujjatlar  tahlili,  ekspert 
baholashlar va boshqalar yoki ularning so‘rovlar mosligi bilan ish ko‘radilar. 
Turistlar harajatlar haqida statistik ma’lumotlar yig‘ishda turli usullardan ham 
foydalaniladi.  Ulardan  biri-

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish