O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

bo‘lishning davomiyligidan
  ham  foydalaniladi.  U  yolg‘iz  safarlar  va 
bo‘lish davrida tunashlar uchun soat hisobida aks etadi. 


                      
55 
Barcha turistlarning ma’lum vaqt ichida mamlkatda bo‘lish davomiyligi, ya’ni 
tunashlar  umumiy  soni,  mamlakatga  turistik  kelishuvlarda  bir  turistning  o‘rtacha 
bo‘lish davomiyligi kabi hisoblab chiqiladi. 
Tunashlarni  hisobga  olish  bunday  qaraganda  oddiy  va  oson  ishday  tuyuladi. 
Lekin bunda eng tarjribali mutaxassislarni ham boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ygan 
hollar bo‘lganini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Sayyohatga chiqqan va motelda bir 
necha  soat  to‘xtagan  avtomobilchining  tunashiga,  dush  qabul  qilishi,  dam  olishi, 
ovqatlanishi  va  o‘sha  kuni  yangi  yo‘lga  tushishiga  sharoit  yaratilganmi?  Bir  joyga 
qarindosh-urug‘laridan  hol-ahvol  so‘rab  kelishga  borgan  kishi  yarim  kechada 
qaytganda  nima  qiladi?  BTT  ana  shu  va  ana  shularga  o‘xshash  savollarga  javob 
berishda ikkita mezonga amal qilishni tavsiya qiladi. Belgilangan joyga kelishi va u 
yerdan jo‘nab ketish sanasi farqlanishi lozim. Sayohatchi shaxs esa doimiy yashash 
joyi bo‘lmagandagina tunaydi. 
Bo‘lishning  davomiyligiga  (tunashlar  soni)  bog‘liq  holda  sayohat  bozorining 
bir necha  maqbul  usullari  qo‘llanadi.  Qisqa  muddatli  (1-3 kunlik  tunash) safarlarda 
dam  olish  va  bayram  kunlari  dam  olish  va  ko‘ngil  ochishlar,  shuningdek  ish 
maqsadlarida.  Ikkinchi  guruhda  (4-7  kun  tunash)  turli  maqsadlarda,  odatda 
qo‘shimcha ta’atillardan foydalaniladi. Bozorning bu usuli dinamik rivojlanishi bilan 
bormoqda.  O‘rtacha  muddatli  safarni  (8-28  kunlik  tunash)  tashrif  buyuruvchi 
davomiy ta’til vaqtida asosan dam olish maqsadida tanlaydi. Nihoyat davomiyligi 29-
91  va  92-365  kunlik  tunash  safarlari  –  uzoq  muddatli  turizmga  kiradi.  Avvalo 
iqtisodiy  jihatdan  faol  bo‘lmagan  shaxslar  dam  olish,  ko‘ngilxushlik,  davolanish 
uchun,  boshqalar  ish  va  kasbiy  maqsadlarda  (uskunalarni  o‘rnatish  va  boshqalar) 
uchun foydalanadi. 
BTT ma’lumotlariga ko‘ra 2000 yilda jahonda turistik tunashlar soni 8,5 mlrd. 
ni tashkil etgan. Ularning asosiy ulushi -70 % ga yaqini ichki turizmga to‘g‘ri keladi. 
Tunashlar  to‘g‘risidagi  statistik  ma’lumotlar  kalendar  oylari  bo‘yicha  guruhlanadi. 
Bunda tipi va joylashtirish vositalari toifasi, shuningdek hududiy belgilari e’tiborga 
olinadi. Mamlakatlar bo‘ylab turistik safarlarda bo‘lish davomiyligi bir xil emas. Bu 
farq qabul qiluvchi mamlakatning turistik ixtisoslashuvi (ish bilan bog‘liq, yoki dam 
olish,  ko‘ngilxushlik  turizmi),  ichki  bozorda  narx-navo  darajasi,  turistik  oqimlar 
(tranzit yoki oxirgi), asosiy safar turizmi bozorining uzoqligi va boshqa omillar bilan 
izohlanadi. 
Ana shularga bog‘liq holda biron mamlakatda bo‘lishning o‘rtacha davomiyligi 
hisoblab  chiqiladi.  Masalan,  Osiyo-Tinch  okeani  hududi  (mamlakatlari)  Singapurda 
uch tunashdan, Avstraliyada 24 tunashgacha o‘zgaradi. 
Turistik  oqimlar  hajmi  haqida  umumiy  tasavvur  beruvchi  kelish  statistikasi 
turistik sayohatlar harakteriga ega. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish