54
kelishlarning sur’atlari ikki xil raqamlarda aks etadi. Biroq ular siyosiy – iqtisodiy
omillar ta’siriga ham salbiy, ham ijobiy tomondan ko‘proq bardoshli turizmning
o‘sish davri ularda yuksalish va pasayish bilan almashinib turadi.
O‘tgan so‘nggi o‘n yillikda ko‘proq Osiyo-Tinch okeani hududlarida dinamik
holat ko‘zga tashlanadi. Ko‘p yillik kelishlar sonining o‘sish sur’atlari jahon o‘rtacha
darajasidan 9 martaga o‘sib ketadi. Sharqiy, Janubi-sharqiy Osiyo va Okeaniyada
1997-1998 yillarda turistik faoliyatning qisqarishi jahon moliya inqirozi bilan
bog‘liqdir. Ammo hudud 1999 yilda turistlar kelishi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatib,
uning oqibatlarini bartaraf etdi va 94 mln. safar qayd etildi Osiyo va Tinch okeani
mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistlarning kelishi 2005 yilda 155 mln. nafardan ortdi.
Afrika qit’asi va Yaqin Sharqda keluvchilar soni nisbatan tez o‘sayotganiga
qaramay mutloq past ko‘rsatkichlar jahon turizmi dinamikasi ko‘rsatkichlariga
sezilarli ta’sir o‘tkazaolmaydi.
Hududlar taqsimlanishi bo‘yicha xalqaro turizm o‘sish sur’atlarining
notekisligi 1950-1970 yillarga qaraganda 90-yillarda ularning hududiy tarkibining
o‘zgarishiga olib keldi. Osiyo-Tinch Okeani hududlari va qolgan jahon hududlarida
ahvolning barqarorlashuvi va turizm salmog‘ining oshishi Yevropa va Amerika
ulushining kamayishiga sabab bo‘ldi.
XXI asrda xalqaro turizmning hududiy tarkibi oldingi rivojlanish
tendensiyalarini saqlagan holda o‘zgarishda davom etadi. BTT ning 2020 yilgacha
prognozlari bo‘yicha Yevropa turizm bozorida o‘z o‘rnini bo‘shashtirib qo‘yganiga
qaramay, (717 mln. kelish mavqiyeni mustahkam ushlab turadi. Osiyoning Tinch
okeani hududlari ikkinchi o‘ringa (438 mln. kelish) chiqadi. Bir pog‘ona pastga
tushadigan Amerika esa yetakchi uchlik oxiridan (284 mln. kishi) joy oladi.
Kelish (ketish) lar soni turistik harakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib
xizmat qiladi. Kelish (ketish) u yoki bu vaqt oralig‘ida safarlarning mutloq soni
hisobiga olingan holda aksini topadi. Ammo biroq turistik oqim mutloq
ko‘rsatkichlari turist faollik darajasini aniqlashga imkon bermaydi. Chunki, ular
aholining umumiy soniga bog‘liqdir. Shuning uchun ham turistik almashinuvlarning
kelish (ketish) sonlari aholining 100 kishisi hisobiga hisoblanadi, ya’ni nisbatan
kattalik ko‘rinishida aks etadi.
BTT ma’lumotlariga qaraganda, 100 kishi hisobiga 10 safar to‘g‘ri keladi.
Ayrim hududlar va subhududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar jahon o‘rtacha darajasidan
ancha farq qiladi. Agar 1995 yil Janubiy Osiyo va Markaziy Afrikada 100 kishi
hisobiga keluvchilar 0,5 ta ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Karib havzasi va Okeaniyada
kamida 40 nafarga to‘g‘ri keladi.
Eng yuqori turistik faollik Yevropada qayd etilmoqda. Barcha subhududlar –
G‘arbiy, Shimoliy, Janubiy, Markaziy va Sharqiy Yevropada 100 kishi hisobiga
kelayotganlar va chiqayotganlar soni jahon o‘rtacha darajasidan ko‘p bo‘layotir.
Keluvchilarning maksimal ko‘rsatkichlari Janubiy va G‘arbiy Yevropada ayniqsa
yuqori - 100 kishi hisobiga keluvchilar 60 dan yuqori, Shimoliy va G‘arbiy
Yevropada xorijga safar qiluvchilar 100 kishi hisobiga 70 dan ko‘proq.
Kelish (ketish) lar soni bilan bir qatorda turistik oqimlar statistkasida boshqa
ko‘rsatkich –
Do'stlaringiz bilan baham: