304
sug‘urta polislarini sotish;
sport va madaniy tadbirlarga kirish biletlarini sotish;
suvenirlar, pochta otkritkalari, yo‘l ko‘rsatkichlar, markalar va boshq.
sotish;
valyuta almashtirish;
turistik va sport anjomlarini ijaraga olish.
Shunday qilib, turagentlikning asosiy funksiyasi – bu:
turoperatorlar, mehmonxona va transport korxonalari, ekskursiya
byurolari, sayr-tomosha korxonalari va boshqa turistik xizmatlarni
yetkazib beruvchilar bilan ular ishlab chiqadigan xizmatlarni chakana
haridorlarga sotish huquqini olish maqsadida agentlik munosabatlarini
o‘rnatish;
o‘zining turistik xizmatlar mikro bozorida harakatlanishni tashkil qilish,
shu maqsadda pochta reklamalari, telefon orqali murojaat, shaxsiy aloqa
va boshqalardan foydalanish;
potensial haridorlarni sotiladigan xizmatlar va ularni sotish tartibidan
xabardor qilish;
haridorlarni tanlangan turlar (xizmatlar) ga talabnoma olish va bu
talabnomalarni turoperator yoki boshqa xizmatlar yetkazib beruvchilarga
ularni bronlashtirish va tasdiqlash uchun uzatish;
haridordan tur (xizmat) uchun to‘lov haqi qabul qilingani tasdig‘i
olingacha, zarur turhujjatlar rasmiylashtirish va o‘z vaqtida turoperatorga
yoki boshqa xizmat yetkazib beruvchiga tegishli summa o‘tkazishga
taqdim etiladi, xorijga tur sotishda vizani rasmiylashtirish, turoperatorga
berish uchun haridorning xorijga chiqish pasporti qabul qilinadi;
turoperator yoki boshqa xizmat yetkazib beruvchi tashabbusi bilan turning
o‘zgartirilgani yoki bekor qilingani haqidagi ma’lumot haridorga
yetkaziladi;
haridordan qabul qilingan va turoperatorga yoki boshqa xizmatlarni
yetkazib beruvchiga uzatilgan haridor talabnomalari o‘zgartirilishi yoki
sotib olingan tur (xizmat) ni bekor qilinishi;
turoperator yoki boshqa turistik xizmatlarni yetkazib beruvchi oldida
barcha amalga oshirilgan sotuvlar haqida muntazam hisobot berish;
haridordan sotib olingan xizmatlarni bekamu – ko‘st bajarilishi bo‘yicha
shikoyatlarni bartaraf etishda ko‘maklashadi;
turagentlik bozordagi vaziyat haqida, turistlar bildirgan tanqidiy fikrlar va
istaklar to‘g‘risida axborotlar yig‘adi va ularni turoperator va boshqa
xizmat yetkazib beruvchilarga uzatadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro turistik sayohatlarni tashkil qilishning
ana’anaviy tarkibi bilan bir qatorda (turoperatorlar va turagentliklar) bu sohaga
boshqa soha tashkilotlari tobora ko‘proq kirib faol harakat qilishayapti. Bunda
xalqaro aviakompaniyalar, mehmonxona zanjirlari, banklar, sug‘urta jamiyatlari,
savdo uylari, o‘zlarining asosiy vazifalari bilan birga turistik xizmatlar sotish bilan
shug‘ullanuvchi savdo tarmoqlari ko‘zda tutilmoqda. Masalan, aviakompaniya avia
bilet sotishda haridorga mehmonxona,
Do'stlaringiz bilan baham: