6. Turistik safarlarni tashkil qilishning yakuniy bosqichi turistlar bilan ishlash.
U quyidagilardan iborat:
a) Haridorlarga taklif qilinadigan safar chog‘ida taqdim etilgan turlar haqida
to‘liq axborotlar, xorijga sayohatni turistik tashkil qilish shartlari va turfirmaning
o‘zi haqida ma’lumotlar. Bu axborotlar haridorga u aniq turni sotib olishga qaror
qilgunicha taqdim etiladi. Bunday axborotlar oddiy ommaviy axborot kanallari yoki
haridorlarga turlarni sotuvchi turfirma xodimlari orqali yozma yoki og‘zaki tarzda
yetkaziladi;
b) Haridordan aniq turga buyurtma olingach, sotishni tasdiqlash undan
turhujjatlarni ramiylashtirish uchun to‘lov olinadi. Ko‘p hollarda bu funksiyani
turagent bajaradi. U turoperator bilan turlarning chakana sotilishi bilan
shug‘ullanishga kelishib olgan bo‘ladi. Turist qo‘liga har ikki tomon imzolagan
turning oldi-stodi shartnomasi bir nusxasini, tur-1 shaklidagi yo‘llanmani, dasturlar,
marshrut varaqasi (ichki turizm uchun), xalqaro uchastka safar uchun transport
hujjatlarini, qabul qiluvchi firma uchun vaucher, sug‘urta shartnomasi va sug‘urta
polisi, tanlangan mamlakatga sayohat xususiyatlari haqidagi eslatmani oladi.
Turoperator turistning xorijga chiqish vizasi bilan bog‘liq masalalarni xorijiy
konsullik bilan hal etish, rasmiylashtirishni zimmasiga oladi;
v) Turistga sotilgan xizmatlarni turist xorijga jo‘nab ketgan payt (moment)dan
boshlab kam-ko‘stsiz bajarilish uchun nazorat o‘rnatadi. Bu maqsadda turoperator
turistlar berayotgan mamlakatdagi o‘zining vaqtinchalik vakilidan foydalanishi
mumkin. Uning vazifasiga turistlar tomonidan sotib olingan xizmatlarni o‘z vaqtida
kamchiliksiz bajarilishi, xorij tomonidan yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni tezda bartaraf
etishni ta’minlash kiradi. Ko‘zda tutilmagan vaziyatlar vujudga kelsa turistga
yordam ko‘rsatadi. Xuddi shunday funksiyani turistlar guruhini xorijga
turmarkazlarga kuzatib boradigan, u yerda mavsumiy vakillari bo‘lmagan
turfirmalar xodimlari ham bajaradi. Mavsumiy vakillar va kuzatuvchi guruh qabul
qiluvchi tomondan turistik xizmat ko‘rsatilishida ruy beradigan qoida buzilishlari
haqida firmalari rahbarlariga xabar qilishadi, bu ishga doir muzokaralar chog‘ida
prinsipial baholanadi;
g) reklamatsiya ishlari, bundan ko‘zda tutilgan maqsadga erishishda yo‘l
qo‘yilgan kamchilik yuzasidan turistlarning da’volari va shikoyatlarni tartibga
solish. Milliy turoperator vazifasi shundan iboratki, shikoyatlarni nisbatan oddiy
yo‘llar bilan ko‘rib chiqadi, zarur bo‘lganda turistga yetkazilgan moddiy zararni
undirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |