215
Manba:
A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004.
Turagentlar bozori bir qator harakterli qirralarga ega. Ular oldi-sotdida ishtirok
etuvchilar sonining ko‘pligi bilan ajralib turadi va o‘zida o‘tkir raqobat kurashini aks
ettiradi. Turagentlar bozorga kirish uchun ko‘p yo‘llarga ega. Bu faoliyatni boshlash
ham uncha qiyin emas. U yirik sarmoya va yuqori malaka talab qilmaydi. Shu bilan
birga ko‘pincha bozorga kirishda oson tuyulgan usul aldamchi bo‘lib chiqadi va
turagent yetarli resursga ega bo‘lmagani va boshqaruv ko‘nikmasi yomonligi
oqibatida inqirozga uchraydi.
Turli ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 20-30 mingdan 70 gacha turagentlarni
sanash mumkin. Ularning sonini aniq belgilash juda mushkul. Chunki mamlakatlar
bo‘yicha terminalogiya va definitsiyalar bir-biridan farq qiladi. Statistikada ularni
yig‘ishning umum qabul qilingan mezonlari ham yo‘q. Bir holatda, ko‘pchilik
Amerika qo‘shma shtatlaridagi singari amal qiluvchi barcha turagentlar hisobga
olinadi, boshqalarida – litsenziyadan o‘tganlarigina hisobga olinadi. Misol uchun,
Fransiyada turizm to‘g‘risidagi 1992 yildagi qonunga muvofiq turagentlik faoliyatga
ruxsat beruvchi maxsus litsenziyasi bor kishilargina turistik operatsiyalarni amalga
oshirishlari mumkin. Litsenziya o‘zining professsional yaroqligini tasdiqlagan,
mijozga zarur moliyaviy kafolat beraoladigan, qoplash uchun yetarli sug‘urta polisiga
ega bo‘lgan, olgan majburiyatini moliyaviy jihatdan javobgarligini his qiladigan,
xususiy idorasiga ega jismoniy va yuridik shaxslarga beriladi.
Turagentlar statistikasini yuritishda shunday ham chigal vaziyatni turli fondlar,
klublar, jamiyatlar, assotsiatsiyalar yashirin ravishda turistik biznes bilan
shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar yanada murakkablashtirmoqda. Turizmga
bevosita aloqasi bo‘lmagan bu shaxslar turagentlik xizmatlarini taklif qilishayapti.
Bunday ko‘rinishdagi tadbirkorlik strukturalarida ish tajribasi yo‘q, texnik
imkoniyatga, turizm sohasida zarur ishbilarmonlik aloqalarga ega emaslar,
litsenziyasi ham yo‘q. Ular milliy qonunchilikni ko‘p buzishadi. Bunday sheriklar
bilan hamkorlik qilish, odatda omadsiz yakun topadi.
Turagentlik asosiy massasi o‘zini uncha ko‘p bo‘lmagan mablag‘i va
cheklangan bozor bilan namoyon qiladi. Ular na yetkazib beruvchilarga, na
iste’molchilar xalq atvoriga zarracha ta’sir o‘tkazisha olmaydi. Ularning ko‘pchilik
qismi bir xil hajm va strukturaga ega, bir-biriga o‘xshash turistik mahsulotlarni,
deyarli teng narxlarda taklif qiladilar.
61 %
Avtomobillar sotish;
11 %
Otellarda
nomerlarni bronlashtirish;
11 %
Kruiz
(dengiz,
daryo
sayohatlari)ga
biletlar sotish;
7 %
Avtomobillarni ijaraga olish;
3 %
Temir yo‘l transportiga
biletlar sotish;
7 %
boshqalar
216
Londonning
«Ekonomist»
jurnali
ma’lumotlariga
ko‘ra,
AQShda
turagentliklarning aksariyat qismi kichik biznesga taaluqlidir. Bunday firmalarda uch
kishidan besh kishigacha band bo‘ladi. Bular direktor, mijozlarni qabul qiluvchi
agentlardir. Ular konsultatsiya berishadi, turistik xizmatlarni sotishni amalga
oshirishadi, shuningdek hisob yozib beruvchi va kur’erlik ishlarini bajaruvchi
kotiblar bor. Qizig‘i shundaki, kichik agentliklarning yarimini egalari xotin-qizlardir.
Yirik chakana turistik firmalar oz sonli bo‘lgan va shundayligicha qolayapti.
Faqat 3 % AQSH turagentliklari 15 mln. amerika dollaridan oshadigan yillik
oborotga ega. Ular o‘rtasida asosiy sotish hajmi ta’minlanadi. 50 yetakchi amerika
kompaniyalariga AQSH turagentliklari ko‘rsatayotgan barcha xizmatlarning uchdan
biri to‘g‘ri keladi (jadval 15).
Turagentliklar turistik mahsulotlarni iste’molchilarga yaqinlashtiradi. Ularni
harid qilinishiga qulaylik yaratadi, harid esa mijoz uchun qiyinchilik to‘g‘dirmaydi.
Sayohatga yo‘l olish uchun turistik firma yonidagi turagentlikka murojaat qilish
kifoya. Vositachilik operatsiyalari chakana harakteridan kelib chiqib, iste’molchi
yaqinligi turagentlik tarmog‘i geografiyasini belgilaydi. Turistik xizmatlarni amalga
oshirish ko‘pchilik aholi punktlari gavjum rayonlarga qaratilgan. AQShda
turagentlarning joylashishi bunga misol bo‘la oladi. Shimoliy Amerika turagentlar
bozoridagi ahvol tipik hisoblanadi. Uning ta’rifi (harakteristikasi) jahonning boshqa
turistik regionlariga asos bo‘lib qolishi mumkin.
Yevropada barcha chakana turistik firmalarning 70 % ga yaqini to‘plangan.
Londonning «Ekonomist» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, ularda 200 mingdan ortiq
kishi band bo‘lib, oboroti esa 75 mlrd. amerika dollarini tashkil qiladi. Shundan 50,5
mlrd. YEI mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Nisbatan taraqqiy etgan turagentlik
tarmoqlari Germaniya va Buyukbritaniyada turistik chiqish asosiy generatorlarida
joylashgan. Shuningdek Niderlandiyada ham bu tarmoq rivojlangan. Fransiya,
Ispaniya va Italiyada agentlar orqali bozorga chiqish kam rol o‘ynaydi.
So‘rovlarga ko‘ra, agar Niderlandiyada turizm sohasida so‘raluvchilardan har
ikki kishidan biri vositachilar xizmatidan foydalangan bo‘lishsa, Ispaniyada har besh
kishidan biri murojat qilgan. Chakana sotish tarmoqlari turizm industriyasining
ajralmas qismi sifatida jahonning qolgan regionlarini ham qamrab olgan. Osiyoda
barcha turagentlarning 8 %, Lotin Amerikasida 4 %, Afrika va Yaqin Sharqda ham 4
% ishlayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: