Turistlarni joylashtirishning jamoaviy (kollektiv) vositasi
. Bunga
mehmonxonalar va ularga o‘xshash muassasalar, maxsus ixtisoslashgan muassasalar
va boshqa jamoaviy (kollektiv) joylashtirish vositalari kiradi. Ularning har birida
o‘rinlar soni belgilangan minimumidan ziyod bo‘lishi, joylashtirish ob’ekti yagona
rahbarlikka ega bo‘lgan, boshqarish esa tijoriy asosga qurilgan bo‘lishi lozim.
Mehmonxonalar.
Turistlarni joylashtirishda klassik tipdagi bosh korxonadir.
Uning asosiy belgilaridan biri nomerlar mavjudligidadir. Mehmonxonalar barcha
zaruriy xizmatlar turlarini taqdim etadi. Har kuni to‘shakni tartibga keltirish, xona
(nomer) va sanitariya uzellarini yig‘ishtirish, shuningdek, qo‘shimcha va yo‘l-
yo‘lakay talab qilinadigan xizmatlarni bajarish. Mehmonxonalarning turli
klassifikatsiyalari mavjud. Mehmonxona xo‘jaligi nazariyasi va amaliyotida
xizmatlar turlari va maishiy qulayligidan kelib chiqilib otellarni guruhlarga bo‘lish
keng tarqalgan. Bu klassifikatsiya xizmat ko‘rsatish standartiga qarab qabul qilingan
otel kattegoriyasiga muvofiq belgilanadi. Attestatsiya natiajalari bo‘yicha har bir
181
mehmonxonaga razryad beriladi. Bu uning binosi sifat va son xususiyatlariga, nomer
fondiga, infrastrukturasi, turmush ta’minoti, shuningdek shinamlik darajasi, asosiy
assortimentlari, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay xizmatlari, xodimlar malakasi, servis
madaniyatiga bog‘liqdir. Razryadga ega bo‘lish otel narxnomalari va mijozlar
tarkibining nufuzida aks etadi. U sayohat qiluvchi shaxsga turistik bozor takliflarida
erkin munosabatda bo‘lishga ko‘maklashadi. Mehmonxonaning sifati, xizmat
ko‘rsatish bilan narxini tenglashtirib ko‘rish, tunash uchun qulay joy tanlashga imkon
beradi. Boshqaruv organlari otel klassidan davlat investitsiyalari va soliq miqdorining
taqsimlanish mezoni sifatida foydalaniladi. Mehmonxona biznesi sohasida narx
siyosatini ishlab chiqishda uni hisobga oladi.
Xizmatlar xili va maishiy qulaylik darajasi jihatidan otellar klassifikatsiyasi
butun jahon sivilizatsiyasida qabul qilingan ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida
bunday turdagi klassifikatsiyalar davlat tarkibi (Fransiyada markaziy, Ispanida
mahalliy) ishiga kiradi va maxsus qonunchilik aktlarini ko‘rib chiqish predmeti bo‘lib
hisoblanadi. Boshqa mamlakatlar (jumladan Shveysariya)da ular rasmiy harakterga
ega emas, balki mehmonxona biznesi vakillari tashabbusi bilan kelishib olinadi.
Bundan tashqari ko‘pgina mehmonxona zanjirlari, assotsiatsiyalar va ittifoqlar o‘z
klassifikatsiyalariga ega. Ularning umumiy soni 30 dan ko‘p. Shu jumladan,
yulduzlar tizimi (birdan beshgacha), tizimi (A-V-S-O), «tosh» yoki «kalitlar», ballar
va boshqalar. Ularni faqat toifa (kategoriya)lari miqdori, ramzlari, balki xizmat
ko‘rsatish standartlari bilan ham farqlanadi. Bu farqlar davlatning tarixiy madaniy
xususiyatlaridan kelib chiqadi va milliy an’analar, urf-odatlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Otellarning asosiy mijozlari ichki turistlar hisoblanadi. Ular yil davomida 70-
90 % yuklanishni ta’minlaydi. Amalda ana shular mehmonxona bazasiga talab va
servis darajasini belgilaydilar.
Avstriya va Germaniyada eng yaxshi otel eng avvalo keng assortimentda vino
va pivoga, Ispaniya va Portugaliyada esa tamaki mahsulotlariga ega bo‘lishi lozim.
Agar Fransida otel klassida bide mavjudligi muhim bo‘lsa, Gresiya va boshqa
Janubiy Yevropa mamlakatlarida nomerda konditsioner borligi hasham hisoblanadi.
BTTning Yevropa Ittifoqi mehmonxonalar va restoranlar Qo‘mitasi, Xalqaro
mehmonxonalar assotsiatsiyalarining jahondagi otellarga yagona klassifikatsiya joriy
etishga ko‘p bor urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Vazifaning mushkulligi shundaki,
mehmonxonalardan tashqari boshqa turdagi juda ko‘p joylashtirish vositalari mavjud,
ularning har birida o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Vujudga kelgan vaziyatda xorijiy turistik katologlar mijozlarni mehmonxona
tanlashini yengilllashtirish uchun intilib, piktogramma tizimiga o‘tishmoqda. Ular
yuzdan ortiq turli xil ramzlar va belgilardan iborat. Afrikada, BTT tomonidan
boshlangan piktogrammalarni standartlashtirish ham tez natijalarni bermayapti.
Ayrim mehmonxona xizmatlarining grafik tasviri avvalgidek juda bir-biriga zid.
Shunga qaramasdan piktogramma asta-sekin yagona, hamma tushunadigan tasvirga
yaqinlashayapti va ko‘p hollarda ikki-uch tilda qisqa izohlar bilan qulaylik
tug‘dirmoqda (34-rasm).
BTTning nomerlar hajmi, ularni joylashgani, qulayligi va jihozlanishi, boshqa
binolari mavjudligi, mehmonlar dam olishi va ishbilarmonlar ishlashi uchun
jihozlangan binolar borligi, ularga xizmat ko‘rsatish qanday yo‘lga qo‘yilganiga
182
qarab otellar yulduzli klassifikatsiyasidan foydalanishni tavsiya qildi. Mehmonxona
korxonalarini yulduz bilan ajratish eng ko‘p tarqalgan lekin u ham universal emas.
Misol uchun, Ispaniyada birdan besh yulduzagacha mehmonxona kategoriyalari
belgilangan bo‘lib, unda xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatlisi alohida ajratilgan.
Xuddi shuncha kategoriya Fransiyada ham amal qilinadi: yulduzsiz, birdan to‘rt
yulduzgacha va to‘rt yulduz «lyuks». Vengriyada otellar esa bosh razryadga ega
bo‘lib u birdan besh yulduzgachadir. Marokkoda ham shunday yulduzli
klassifikatsiyaga amal qilinadi. Mavjud farqlarga qaramay, bir kategoriyadagi
mehmonxonalar bir-biriga o‘xshash xildagi xizmatlar va maishiy qulayliklarni taklif
qiladi. Yuqori razryadli mehmonxonalar, qulay va shinam nomerlardan iborat bo‘lib,
odatda keng xolligi, milliy taomlar restorani, diskoteka, sauna, suzish hovuzi va
boshqa dam olish, sport bilan shug‘ullanish, ko‘ngil ochish binolarga, sinxron
tarjima, teletayp va kongress zallariga egadir.
Korxona moddiy bazasi xilma-xil talablariga asoslangan va uning
ekspluatatsiya holati, servis madaniyati va sifati hisobga olingan mehmonxonalar
klassifikatsiyasi harakterlidir. Tashrif buyuruvchilarni qabul qilish qanchalik yaxshi
tashkil etilsa, joylashish vositasining kategoriyasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Lyuks klassidagi «Manila» oteli Filippinda joylashgan. Uning xodimlari
barcha kelgan sayyohlarni o‘sha kunning o‘zidayoq ismi-shariflarini bilib olishadi.
Liftchi xodim esa qaysi mehmon qaysi xonada yashashini aniq biladi. Bularning
barchasi individual xizmat muhitini yaratadi.
«Liding Xoutelz of Uorld» xalqaro kompaniyasi yarim asrdan ko‘proq vaqtdan
buyon (21 regional bo‘limlariga ega) jahondagi mehmonxona ishlari holati ustidan
monitoring o‘tkazib keladi. U otellar ishini baholaydi va ulardan eng yaxshilarini
aniqlaydi. Mehmonxona korxonalari reytingi ularning qisqacha harakteristikasi,
fotosuratlari, joylashgan o‘rni, nomerlar soni va narxlari bilan «Yillik ma’lumotnoma
(spravoch)nik»da e’lon qilinadi. Ularning asosiy qismi AQShda (40 otel, shu
jumladan, Nyu-Yorkda 10 ta), qolganlari esa Italiya, Shvesariya, Germaniya,
Fransiya va Ispaniyada joylashgan. Keyingi 15-20 yilda mehmonxona sektorida
yangi kategoriya otellar paydo bo‘lishi kuzatildi. Ular iqtisodiy klass (Budget
economic hotels) deb atalmoqda.
Bu uncha qimmat bo‘lmagan ixcham va qulay mehmonxonalar juda ko‘p
G‘arb mamlakatlari, birinchi navbatda AQSH, Buyukbritaniya, Fransiya turistik
bozorida o‘zining afzalliklarini namoyon etdi. Ular xizmat ko‘rsatish yuqori
standartlarini ta’minlaydi, maqbul narxlarda ko‘ngil istagan nomerlarga joylashishni
kafolatlaydi.
Yangi kategoriya afzalligi uning nomida ham aks etgan. Bunda «Iqtisodiy»
(tconomic) atamasi «tejamli» degan ma’noni anglatadi. Bu bilan shu narsa
ta’kidlanadiki, qiymatning pasayishiga servis xizmati sifatini yomonlashtirish evaziga
emas, balki qat’iy tejamkorlik rejimini yo‘lga qo‘yish orqali erishiladi. Tejamkor klas
mehmonxonalar namunaviy qurilish harakteri, dizayn soddaligi, bino ichida
hashamatli pardoz-andozning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Shahar chekkasidagi arzon
yerlarda joylashgan bu joylashish vositalari cheklangan xizmatlar xillarini taklif etadi
va shu yo‘l bilan ovqatlanish sohasida yirik operatsiyalarga mablag‘ni tejab qoladilar.
Ular shuningdek ma’muriy – boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni yarimiga
183
qisqartirib, asosiy harajatlar stateyalaridan biri bo‘lgan ish haqi harajatlarini ham
kesib tashlashlari mumkin.
Tilga olingan tadbirlar ularga korxona rentabelligiga zarar yetkazmasdan
yashash uchun tariflarni 20-50 % ga qisqartirish imkonini berdi. Bu otellarda o‘rtacha
yuklanish koeffitsiyenti 80 % dan oshadi.
Mehmonxonalar o‘rtasida jihozlanishi va ko‘rsatayotgan xizmatlari
xususiyatlariga qarab, keng profildagi mehmonxonalar ajralib turadi. Ya’ni ular
apart-otel (kvartira tipida), motellar, kurort mehmonxonalari, klublar yashash bilan
birga va boshqalar.
Turistik biznesda keyingi yillarda «Pucopte» (inglizchadan report - kurort)
klass otellar tarmog‘i tez rivojlana boshladi. Odatda ular manzarali qirg‘oq bo‘ylarida
joylashgan. Tropik bog‘lar va parklar ko‘rinishidagi yam-yashil daraxtlarga
burkangan «risorts» lar jannati dam olish joylaridir. Bu kategoriyadagi otellarga
tijorat xizmat «hammasi bor» tizimi muvaffaqiyatni keltiradi.
Ular tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlarga joylashish, ovqatlanish
(«shved dasturxoni»), ko‘ngil ochish barlardan tez-tez bepul foydalanish, shuningdek
samolyotga imtiyozli biletlar, transfer, ekskursiyalar kiradi. Shinam va uncha qimmat
bo‘lmagan dam olish a’lo darajada transport xizmati ko‘rsatish bilan uyg‘unlashib
ketgan. Bolalar va uy hayvonlarini nazorat betida qoldirish mumkin. Shuningdek
boshqa qulayliklar «Risorte»ni turistlar uchun ayniqsa o‘rta xol sayyohlar uchun
yanada jozibador qiladi.
Ularning tarmoqlari to‘xtovsiz kengayib borayapti. Fidji va Malayziya,
Portugaliya va Seyshel orollari – ularni qamrab olgan. Bu ruyxatni yana davom
ettirish mumkin. Braziliyada bunday dam olish maskanlari kurort modasining so‘nggi
kashfiyoti bo‘ldi. 1995 yilda uning 5000 kilometrlik qirg‘oqlari bo‘ylab yoyilgan
yirik 14 «Risorts» larida 170 ming kishi dam oldi. Braziliya yaqin kelajakda yana
shunday o‘zining 43 ta markazini ochishni mo‘ljallayapti. Ularni kurish uchun 3,5
mlrd. Amerika dollari ajratilgan.
Mijoz uchun kurashda mehmonxona korxonalari butun guruhlari va har bir otel
alohida xizmat turlarini doimiy ravishda kengaytirib borayapti va turizm bozorga
talabi (original) takliflar kiritishayapti.
Klassik otellar bilan bir qatorda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning katta
shtatiga ega va mijozlarga keng xizmatlar taklif etuvchi, shinamlik darajasi yuqori
bo‘lgan mehmonxona tipidagi sof milliy motellar AQShda paydo bo‘ldi va keng
tarqaldi. XX asr boshlarida yo‘l yoqalari bo‘ylab «Turistik kulbalar» qurila boshladi.
Bu ob’ektlar joylashishning elementar qulayliklariga ega bo‘lib, odatda fermerlar
dam olishlari uchun to‘xtab o‘tishga mo‘ljallangandir.
«Motel» atamasi 1935 yilda paydo bo‘ldi. AQSH statistikasida motel
avtomobilda sayohat qiluvchi turistlarni qabul qiluvchi muasasa sifatida talqin etiladi.
Bu muassasalar yil davomida yoki mavsumda mehmonxona ekspluatatsiya xizmatlari
(xudi oteldagidek, lekin «lyuks» kategoriyadan pastroq) va texnik xizmatlar to‘liq
majmuasi (garajlar, avtomobil sag‘lanadigan maydon, yoqilg‘i qo‘yish stansiyasi va
avtomobilni ta’mirlash ustaxonasi)ni taqdim etadi. Odatda ular shahardan tashqarida
tashkil etilgan bo‘lishadi. Mijozlarning to‘xtab o‘tishi davomiyligiga qarab motellar
184
tranzit va oxirgilarga bo‘linadi. Birnchisi shosse yo‘l va bosh magistrallar bo‘ylab
joylashadi. Ikkinchisi esa daryo qirg‘oqlari, ko‘l va suv dambalar yaqinida bo‘ladi.
60-yillarda AQShda mototellar shuhrat qozona boshladi. Bu tipdagi
mehmonxona korxonalari o‘sha motel xizmatlarini taklif qiladi. Lekin xizmat sifati
yuqoriligi va qulayliklar yaxshilangani otellarga xosdir. Bu joylashish ob’ektlarining
yaxshi moliyaviy ko‘rsatkichlari juda ko‘p otellarni mototellarga aylanishiga zamin
yaratdi. Asosiy bino oldingi mehmonxona shaklini saqlab qoldi. Unga tutash
hududlarda esa avtomobillar uchun to‘xtash joyi, garaj, texnik xizmat stansiyalari
jihozlanadi. 20 yil davomida otellar soni mutloq va nisbiy ifodalarda ikki marta
kamaydi.
Motellar va mototellarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar umumiy soni
mehmonxona muassasalarida bandlikni urushdan keyingi 30 yil davomida uch
martadan ziyodroqqa ko‘paytirdi. Motellarda nomer fondi yuklatish koeffitsenti
otellar uchun shunga o‘xshash ko‘rsatkichlardan ziyod bo‘lib, munosib ravishda 72 %
va 62 % ni tashkil qiladi. Motelda sutkalik to‘lov o‘rtacha hajmi otelga nisbatan
yarmiga kam. Shunga qaramasdan motelda yillik tushumlar sur’ati o‘sishi yuqori
darajada qolmoqda.
Mehmonxona korxonalari xizmat sifati va xillari, maishiy qulayliklari
darajasidan tashqari xususiy mulkligi shakli bilan ham farqlanadi. Bu belgiga ko‘ra
davlatniki, munitsipial va shaxsiy otellarga ajratiladi. Keyingi kategoriya bozorda
turistik xizmatlarni mustahkam egallab turibdi. Parij, London, Amsterdam, Bryussel,
Madrid, Frankfurt – na Mayn kabi Yevropa turizm markazlarida mehmonxona
tipidagi joylashtirish vositalarining 50 % dan ko‘prog‘i, Milanda esa 90 % unga
to‘g‘ri keladi. Munitsipal otellar salmog‘i ancha past bo‘lib, Frankfurt – na – Maynda
10 %, Bryussel va Londonda 40 % ni tashkil qiladi. Mehmonxona xo‘jaligida davlat
sektori bir muncha sust rivojlangan. Uning ulushi 20 % dan oshmaydi. Bryussel,
London, Madrid va Milanda u umuman yo‘q. AQShda shaxsiy joylashtirish vositalari
bilan bir qatorda, idora va muassasalarga tegishli mehmonxona korxonalari,
shuningdek kondominimum (taymshering) tipida otellar tarqalgan. Uning qisqacha
harakteristikasi 13-jadvalda keltirilgan.
185
Do'stlaringiz bilan baham: |