84
ishlab chiqarish jarayoni jamiyat taraqqiyotning turli etaplarida bir xil emas va
mehnat faoliyatining harakteriga bog‘liqdir.
Ishlab chiqarishda ilmiy-texnika inqilobi (revolyutsiyasi) va avtomatlashtirish
og‘ir jismoniy operatsiyalarni keskin qisqartirish bilan bir vaqtda intellektual va
hissiy zo‘riqishning kuchayishiga olib keldi. Murakkab mashinalarni ishlatish
kishidan juda katta diqqat-e’tiborni talab qiladi, qo‘shimcha ruhiy energiya sarflashga
majbur etadi. Bugungi kunda mehnat jarayoni shunchalik zo‘riqish hosil qilganki, u
ko‘nikma sindromiga olib keladi. Shveysariyada o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra,
40 % odamlar o‘z ishlarini haddan tashqari tig‘izligidan va ruhiy zo‘riqishdan
shikoyat qilishadi: 65 % so‘raluvchilar esa ish bilan bog‘liq ruhiy zo‘riqish
vaziyatlari soni yildan – yilga ko‘payotganini aytishdi. Shuni ta’kidlash joizki, bu
tashvishlantiruvchi ma’lumotlar Shveysariyada – hayot an’anaviy tarzda tinch va
xotirjam sanalgan mamlakatga xosdir.
Inson ma’naviy kuch-quvvatini holdan toydirishdan tashqari, ilmiy-texnik
progresslar boshqa salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Xavf-xatarlar
mutlaqo kutilmagan tomondan kelib chiqdi. Mehnat sharoitini yaxshilash va ish
unumdorligini oshirishga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish jarayonlari kutilmaganda inson salomatligiga tahdid sola boshladi.
Ular ishchilarning harakat faolligini cheklab qo‘ydi. Natijada kam seziladigan
gipodinamiyadan azob chekuvchi odamlar soni ko‘paydi. Bu XX asrda keng
tarqalgan va xavfli kasallikdir. Muskullar zo‘riqishi kamaydi. Ammo bir vaqtning
o‘zida to‘planish va zo‘riqishga chalingan asab charchoqligi o‘sdi. Albatta
charchoqni yozish qiyin kechadi va kishi organizmining funksional tayyorgarligiga
jiddiy putur yetkazadi.
Mehnat harakteri o‘zgarishi bilan dam olish muammosi ham yangicha
ko‘rinishda namoyon bo‘layotir. Endilikda ishchanlik qobiliyatining o‘sishi hayotiy
kuchni tezkor tiklashni talab qiladi. Charchoqni yozishning ma’lum usullaridan eng
yaxshisi mehnat holati va harakterini almashtirish hisoblanadi. Charchoqni yozish va
zo‘riqishni bartaraf etishda unga aqliy faoliyat va qiziqishni qo‘shish dam olish
samaradorligini oshirib, kuchni tiklash jarayonini tezlashtiradi, deb hisoblanadi. Agar
kishi vaqtincha doimiy yashash joyini tark etsa maksimal natijaga erishadi. Ayrim
turistik ma’muriyatlar bu holatni hisobga olishib, milliy turistik mahsulotlari
reklamasini kundalik tashvishlarga qarshi qo‘yadilar.
A. Maslou fikricha, fiziologik ehtiyojni me’yorda qondirish kishida o‘zini
saqlashga ehtiyojni faollashtiradi. Turizm sohasida bular ko‘p jihatdan turistik
safarlar geografiyasini belgilaydi. Safarlarga talab ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqaror
hududlarda juda yuqori.
A.Maslou piramidalarning uchinchi pog‘onasidan boshlab endi bazaviy
(tug‘ma)
ehtiyojni emas, balki ikkilamchi yoki o‘zlashtirilgan ehtiyojni qarab chiqadi.
Ularning ruyxati ijtimoiy, ba’zan daxldor ehtiyojlar deb atalgan ehtiyojlarni ochadi.
Ularning ikkinchi nomi mazkur guruh ehtiyojlari mohiyatini aniq ifodalaydi. Ular
ma’lum guruh odamlarga taaluqli intilishlarda, ijtimoiy o‘zaro harakatda, biri-biriga
bog‘liq holda qo‘llab-quvvatlanishda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ehtiyoj assotsiatsiyalarga kirish, turli ittifoqlarda qatnashish, klublarga
a’zo bo‘lish, do‘stona munosabatlar o‘rnatish va h.k.lar yo‘li bilan qondiriladi.
86
Negaki shaxs rivojlanishi bilan uning potensial imkoniyatlari kengayadi, chunki xulq-
atvor motivatsiyasi jarayonglari ehtiyoj orqali tuganmasdir.
A.Maslou motivatsiya nazariyasi ko‘pgina g‘arb tadqiqotchilari ishlarida
rivojlantiriladi. Ulardan ayrimlari uni dam olish sohasiga moslashtirishga intildilar.
Angliyalik rekreolog P.Pirs, A.Maslou piramidasiga o‘xshashlik bo‘yicha rekreatsion
ehtiyojning besh darajasini ajratadi (rasm 5).
Do'stlaringiz bilan baham: