Zamon va makonda turistik talab to‘planishi.
Turistik talab yorqin
mavsumiy harakterga ega. Yilning ma’lum davrlarida eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi
va boshqa oylarida pasayadi. Mu’tadil iqlimga ega shimoliy yarim shar
mamlakatlarida iyul-avgust
yozgi,
yanvar – mart
qishki
asosiy turistik mavsumlar
bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, mavsumlararo (aprel-iyun-sentbr) va o‘lik
mavsum deb ataladigan (oktyabr-dekabr) davrlar ajralib turadi.
Statistik ma’lumotlarga muvofiq, Yevropada barcha turistik safarlarning
yarimigachasi, ikki yozgi oylarga to‘g‘ri keladi. Mavsumlararo va o‘lik mavsumda
turistik oqim susayadi va turistik xizmatlarga talab o‘zining pastki chegarasiga yetadi.
Yevropada IV chorakda safarlar ulushi ularning yillik sonidan 18 % ni tashkil qiladi.
Yaponiyada ham turistik faollik shunday mavsumiy beqaror harakterga ega.
Kun chiqar mamlakat aholisi ham Yevropa mamlakatlaridagi singari yozda sayohat
qilishini ma’qul ko‘rishadi. Eng ko‘p jo‘nab ketish soni avgust oyiga to‘g‘ri keladi.
98
Ikkinchi turistik faollik qish oxirida, mart oyida kuzatiladi. Aprel oyidan iyungacha
va oktbrdan fevralgacha bo‘lgan davrlar an’anaviy ravishda sayyohlik vaqti
hisoblanmaydi. Yaponlarning xorijga safarga chiqish oqimi qisqaradi. Ko‘proq
pasayish davri aprel va noyabr oylarida kuzatiladi. Ayrim yillarda bu tipik manzara
bir qator omillar ta’sirida o‘zgarishi mumkin. Masalan, Yaponida dam olish
kunlarining omadli kechishi 1996 yilda dekabr oyida uchinchi jo‘nab ketishlar
to‘lqinini hosil qildi.
Turistik talabning mavsumiy harakteri turistik industriya korxonalarida notekis
yuklanishda namoyon bo‘ladi. Bu yil davomida turistik safarlar dinamikasini aniq
takrorlagan holda o‘zgarib turadi.
Turistik talabning mavsumiy o‘zgarib turishi tabiiy-iqlim, iqtisodiy, ijtimoiy,
psixologik kabi turli omillari ta’siri bilan izohlanadi. Turistik faollikning yuqori
cho‘qqisi va pasayishi ko‘pchilik sayyohlarning konservatizmi bilan izohlanadi.
Odamlarda ta’tilni o‘tkazish uchun yoz eng ma’qul vaqt degan tushuncha mustahkam
o‘rnashib qolgan. Bundan tashqari ko‘pgina ota-onalar yozgi dam olishni bolalari
bilan birga ta’tilni o‘tkazish maqsadida ta’til muddatlarini orqaga suradilar. Turistik
safarlarga yozgi talab darajasining yuqoriligi G‘arbda yana korxonalarni iyul-
avgustda ta’mirlash uchun to‘xtalishi bilan bog‘liq. Chunki shu oylarda mehnat
unumdorligi eng past darajaga tushib ketadi. Nihoyat modalar omillarini turistik
talablar to‘planishiga ta’sir qilishini hisobga olmasdan bo‘lmaydi.
XIX asrda asosiy kurort mavsumi qish davri bo‘lgandi – oktyabrdan
maygacha. Uni Fransiyaning O‘rta yer dengizi qirg‘oq buylarida, Nitssa, Kann
shaharlarida va boshqa joylarda kutib olishgandi. U yoki bu kurortga moda yilning
vaqtlariga bog‘liq holda maqsadga muvofiqlik nazaridan kelib chiqardi. Yozgi
quyosh dam olishni Lazur qirg‘oqlarida inson salomatligiga xatarli qilgan va bu
davrda u yerga tashrif buyurish aqlsizlik hisoblangan.
Yoz oylarida shimoliy kengliklarda va tog‘li rayonlarda, jazirama issiq
unchalik sezilarli bo‘lmagan joylarda o‘tkazish tavsiya etilgan. Balneologik va dengiz
buyi kurortlari orasida Spa, Bat, Baden-Baden, Vishi, Eks-la-Ben, Biarrits tilga
olingan. Atlantika okeani qirg‘oqlari va La-Mansh, Savoy Alplari, Monblan va
Shamoni kurortlarida dam olishga safarlar uyushtirilgan. shaharlar chekkasidagi
qarorgohlarda xordiq chiqarish uchun to‘xtalgan. Mavsumlararo esa Alp ko‘llari
(Annesi, Lago-Madjore, Jeneva ko‘llari)da o‘tkazilgan yoki Gresiya va Misrga uzoq
sayohatlarda foydalanilgan.
XX asrda dam olishga moda, undan keyin turistik talablar o‘zgaradi. Dengizda
toblanish haqidagi qashshoq tasavvur uzoq vaqt go‘zallik ramzi, mustahkam
salomatlik, ta’tilni maroqli o‘tkazish ramzi sifatida onglarda qat’iy o‘rnashib
qolgandi. Yoz oylarida turistlar issiq dengiz rayonlari – O‘rta yer dengizi Karib
havzasi sari intiladilar. Qishda ular tog‘ chang‘isi kurortlari (Shveysariyadagi Sankt –
Mo-rits va Interlaken, Tirolya poytaxti Insbruk va boshq.) ga, Movirilararo esa jahon
bo‘ylab ekskursion safarlarga jo‘naydilar.
Turistik talabning mavsumiy o‘zgarishi milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir
o‘tkazadi. U moddiy texnik bazani bekor turishga majbur qiladi, ijtimoiy sohada
muammolar keltirib chiqaradi. Ko‘pincha uning oqibati shunchalik harobalashdiki,
davlatning aralashuvi talab etiladi. Turistik ma’muriyatlar va korxonalar tomonidan
99
ishlab chiqilgan tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar turizmda mavsumiy
tig‘izlik va tushkunliklarni epga keltirishga imkon beradi.
Mavsumiylik muammosi avvalgidek muhimligicha qolayotgan bo‘lsada,
turistik talab zamonda ko‘proq bir tekis taqsimlana boshladi. Bugungi kunda turistik
safarlar butun yil davomida amalga oshirilayapti. Bu haqda batafsilroq navbatdagi
paragrafda fikr yuritamiz va bu kabi yangi hodisalar bilan bog‘liq sayohatlar
oraliqlari mohiyatini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |