O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Xorijiy turfirmalar bilan sheriklik



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

 
11.4. Xorijiy turfirmalar bilan sheriklik  
munosabatlarini yo‘lga qo‘yish 
 
Xalqaro  turistik sayohatlarni  tashkil qilish  to‘g‘risida  qaror qabul  qila  turib, 
turfirmalar  avval  boshdan  manfaatdor  xorijiy  turfirmalar  bilan  ishbilarmonlik 
aloqalarini  o‘rnatishi  lozim.  Alohida  olingan  mamlakatda  xorijiy  sheriklar  soni 
tarkibi  masalasi  turistik  bozor  yoki  xorijiy  potensialni  baholash  yoki  turfirmaning 
moddiy – texnik imkoniyati asosida hal etiladi. Bunda optimal variantga erishishga 
intilish kerak. Aks holda xorijdagi ko‘p sonli sheriklar bozorni maydalanib ketishiga 
va  potensial  haridorlarni  «olib  borish»ga  olib  keladi,  ularning  sonini  yagona  bosh 
vakilgacha  qisqartirish  esa  milliy  turfirmalarni  raqobat  omillaridan  foydalanish 
imkoniyatdan  mahrum  qiladi  va  uni  xorijlik  sherikka  qaysidir  jihatdan  tobe  qilib 
qo‘yadi. 
Sheriklik  munosabatlari  mo‘ljallangan  mamlakatdan  istiqbolli  va  salmoqli 
turfirmalarni qidirishni yo‘lga qo‘yish orqali boshlanadi. Shu maqsadda Internetdagi 
axborotlardan  turfirmalarning  xorijiy  spravochniklari,  ularni  reklama  materiallari, 
turistik  ko‘rgazma,  birjalar,  taqsimotlarda  xorijiy  turfirma  vakillari  bilan 
uchrashuvlardan foydalaniladi. Turistik agentliklar assotsiatsiyasi va boshqa turistik 
tashkilotlar tavsiyasiga amal qilinadi. Bunda qidiruvning faol usullari tavsiya etiladi. 
Masalan,  milliy  turfirma  rahbarlarining  xorijga  ishga  doir  safarlari,  xorijiy  turistik 
ishbilarmonlar  doirasida  maqsadli  reklama  yo‘li  bilan  milliy  turfirma  nufuzini 
oshirish lozim. 
Ishbilarmon  sheriklarni tanlash  konkurs  asosida  bir  nacha  xorijiy  turfirmalar 
bilan qayta aloqani o‘rnatish, ularni ishchanlik sifatiga baho berilgandan keyin uzil-
kesil  muzokoralar  olib  borish  uchun  va  nisbatan  maqbul  variantlarda  shartnomalar 
tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Xorijiy  turfirmalar  ishchanlik  sifatlariga  baho  berishda  yordam  qiladigan 
asosiy masalalar odatda quyidagicha:  

 
turfirmaning manzili va yuridik nomi, telefon, faks, e-mail; 

 
huquqiy – tashkiliy shakli (mulkchilik shakli); 


                      
298 

 
firma  huquqiy  maqomi  qanday  (litsenziya,  patent,  registratsiya,  ularning 
amal qilish muddati) rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan; 

 
firma tashkil qilingan yil; 

 
nizom jamg‘armasi hajmi, moliyaviy javobgarlik summasi; 

 
pullash  mumkin  bo‘lgan  asosiy  boyliklar  fondi  mavjudligi  bino, 
mehmonxona, avtotransport va boshq.; 

 
faoliyat turlari (yo‘nalish, turistlarni qabul qilish, ixtisoslashish); 

 
asosiy statiyalar bo‘yicha bo‘lingan yillik oborot (inklyuziv turlarni sotish, 
transport hujjatlari, alohida xizmatlar, sug‘urta va boshq.); 

 
firma  qaysi  bozorda  ishlaydi  (sotiladigan  hududda,  maqsadli  bozor 
segmentida); 

 
firma hisobi ochilgan bank nomi va ma’lumoti, bankda xorij banklari bilan 
korrespondentlik munosabatlari mavjudligi; 

 
firmaning  milliy  turistik  assotsiatsiyasi  va  boshqa  turistik  tashkilotlarga 
a’zoligi; 

 
firmada transport kompaniyalari tomonidan akkreditatsiya mavjudligi; 

 
firmada  chakana  turagentlik  tarmog‘i  mavjudligi,  uning  soni  va  hududiy 
joylashuvi; 

 
reklamalar hajmi va turlari (ularning namunalari); 

 
firma  tarkibining  tashkil  etilishi,  uning  xodimlari  soni,  rahbarlar  ism 
shariflari; 
O‘rganilayotgan  firma  haqida  turli  manbalardan  olingan  bu  va  boshqa 
axborotlar  tizimlashtirilishi  kerak.  Ya’ni  ikkinchi  darajali  ma’lumotlar  elakdan 
o‘tkaziladi va faqat ishchanlik sifatlarini baholash imkonini beradiganlarigina ajratib 
olinadi.  Eng  avvalo  uchta  asosiy  savolga  javob  olish  lozim:  huquqiy  qobiliyat, 
kredit qobiliyati va bizni qiziqtirayotgan firmaning layoqatligi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish