8.3 Turistik TMK larning milliy iqtisodiyotga ta’siri
TMK larni qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri
. XX asrning
80-yillardan boshlab turistik TMK larning iqtisodiy muammolarga ta’siri olimlar
diqqat markazida turibdi. G‘arbda uning turli tamonlari yoritilgan, ko‘plab ilmiy
ishlar e’lon qilingan. TMK larni qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri
236
chuqur tadqiq qilingan. Bu borada utaxassislar beshta asosiy masalani ajratib
ko‘rsatishadi:
TMK larning turistik bozor ustidan nazorati, ya’ni qabul qiluvchi
mamlakatlarda turizmni rivojlantirish va uning alohida sektorlari tarkibi
ustidan nazorat;
turistik oqimlar ustidan nazorat;
turistik mahsulotlarga transfert narxlar tashkil etish;
xalqaro turizmdan xorijga oqib kelayotgan daromadlar;
import qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga TMK larning texnologik ta’siri.
TMK larni tashabbus bo‘yicha jalb etish ko‘p hollarda qabul qiluvchi
mamlakatlardan chiqadi. Bunda mahalliy kompaniyalar qatnashmaydi, yoki ular
zarur yetarli resurslarga ega bo‘lishaolmaydi. Filippin, Indoneziya, Pokiston, Shri-
Lanka hukumatlari xorijiy investorlarga nafaqat soliq imtiyozlari beryapti, balki
ularni import uskunalari mexanizm va materiallar uchun poshlina to‘lashdan ozod
qilyaptilar. Turistik sektorda TMK larning paydo bo‘lishi ayniqsa sust rivojlangan
davlatlarda mahalliy turistik bozor va turizm industiriyasi rivojlanishi tarkibi ustidan
ichki nazoratni kuchaytirishga olib kelyapti.
Xalqaro havo yo‘llarida unchalik kata bo‘lmagan mamlakatlarda xizmat
ko‘rsatuvchi chet el avia kompaniyalari bu bozorga chiqishda boshqa, hoh u chet
ellik bo‘lsin, hoh u milliy bo‘lsin, boshqalarga turistik xizmat qilishi mumkin.Ular
o‘zining monopoliyasini o‘rnatishga intiladi. Bu hamma vaqt ham qabul qiluvchi
mamlakatlar
manfaatlariga
mos
kelavermaydi.
Ayrim
davlatlar
turistik
kompaniyalar bilan shartnoma tuzib, masalan Fransiyaning «O‘rta yer dengizi
klubi» yoki Amerika mehmonxonalari zanjiri bilan, nafaqat raqobatni
chegaralaydilar, balki iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlarini tinglashdan mahrum
bo‘ladilar. Qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotida o‘zining monopolistik o‘rnini
ta’kidlab, TMKlar hukumatga infratuzilma harakatlarni ko‘paytirishni so‘rab bosim
o‘tkazishga qodir. Bunday hollar kam emas. Tranmilliy kompaniyalar yangi
aeroportlar qurilishi, yer usti tizimida tarkib topgan tartibni yoki yerdan
foydalanishni ko‘rib chiqishda o‘z hukmini o‘tkazadilar. TMK lar turizm sohasida
o‘z siyosatini belgilar ekan, shaxsiy maqsadlarni ko‘zlashga intiladi. Bu Ispaniya
misolida yaqqolk ko‘zga tashlanadi. Chunki infratuzilma rivojidan xorijiy turistlar
foyda ko‘rishadi. Harajatlarni esa sharoit yaratgan mahalliy aholi ko‘taradi.
Masalan, Senegalda turistik infrastruktura qurilishini rivojlantirish IV milliy rejasi
doirasida 22 mlrd. Senegal franki ya’ni davlat byudjetining 12% ajratilgan
taqqoslash uchun: shu davrda mamlakat uchun sog‘liqni saqlashga 3.6 mlrd.
ta’limga 7.4 mlrd, qishloq xo‘jaligiga 24 mlyard. senegal franki ajratilgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlar turistik obe’ktlari kapital hajmi katta ko‘rinishda
bo‘lganligi sababli, TMKlar talablariga javob beradigan infratuzilma yaratish uchun
qarz va kreditlar olishga majburlar.
Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarga qaramay ayrim mamlakatlar
avvalgidek TMK lar uchun turistik bozor ochishmoqda. Bu bilan qoloqlikka barham
berishga so‘ngi umid bog‘lamoqda. Shu bilan birga hukumatlar transmilliy
kompaniyalar bilan muzokaralar olib borishda ko‘proq nozik ta’b bo‘lishmoqda.
Xalqaro turizmning o‘sishi bilan TMK lar soni ko‘paymoqda. Ular o‘z ta’sir
237
doirasini kengaytirishga intilayapti. Qabul qiluvchi mamlakatlar tomonlari esa ular
bilan bitim imzolashda toboro ko‘proq hukumronlik qilishyapti.
TMKlar turistik oqim ustidan bevosita nazorat o‘rnatgan oraliq mamlakat
iqtisodiyotiga ta’sir o‘tkazmoqda. Turizm sohasida transmilliy kompaniyalar
faoliyati turistik talablar geografiyasida olg‘a siljishni taqazo etmoqda va tashrif
buyuuruvchilar oqimi yo‘nalishini o‘zgartirmoqda. Hukumatlarni xo‘ja ko‘rsin
siyosatini qarab chiqishga, turistik infratuzilmalarga harajatlarni ko‘paytirishga
majbur etmoqda. Bu juda ko‘p rayonlarda xalqaro turizmga ko‘tarinkilik baxsh
etmoqdalar.
Shu bilan birga, turistlarni destinatsiyaga jalb etish bo‘yicha TMK lar harakati
milliy turistik ma’muriyatlar manfaatlariga zid kelish hollari ham uchrayapti.
Keyingilar ko‘pincha maqsad sifatida elitar turistlarning tor bozor segmentini
tanlashyapti. Bu bilan ular xizmat ko‘rsatishdan mo‘may daromad olishni
qo‘llashyapti. Ammo, biroq transmilliy kompaniyalar eng ko‘p (maksimum)
daromad olish yo‘riqlariga amal qilib, ommaviy turistlar bilan ishlashni ma’qul
ko‘rishmoqda. Ular tomonidan tashkil qilinayotgan va yo‘naltirilayotgan keng
miqyosidagi turistik oqimlar tabiiy atrof - muhitga va mahalliy madaniyatga xavf
tug‘diryapti.
Ajablanmasa ham bo‘ladi, agar TMK lar
turistik oqimlar ustidan nazoratni
amalga oshirsalar yanada o‘tkir muammolar paydo bo‘ladi. U ko‘proq qashshoq
bozorlarda daromad olish imkoniyatini aniqlab beradi va faoliyatini shunga
qaratishga intiladi. Kelishuvlar soni unchalik ko‘p emas. Turizm madaniy va
tabiatga halokatli ta’sir o‘tkazmaydi, moliyaviy tushumlarni ta’minlaydi. Bunday
qaraganda TMK larning bu tariqa faoliyati mahalliy turistik bozorni rivojlantirish
imkonini beradi, Milliy iqtisodiyotni ko‘taradiganday, ammo, haqiqatda bunday
amaliyot o‘zida xatarni yashirgan.
Turistik markazlar son jihatdan uncha katta bo‘lmagan tashrif buyuruvchilar
kategoriyasiga bog‘liq holga tushib qoladilar. Shunday bo‘lishi mumkinki, Bagam
orollaridagi kurort rayonlar Nyu-Yorkdan o‘rtacha toifadagi (klass) vakillarini qabul
qilishga ixtisoslashadi. Past toifali kurortlar Yaponiyadan keladigan yoshlarga
xizmat ko‘rsatadi. Bu qashshoq bozor kurortlarni raqobatbardoshligi va turg‘un
rivojlanishlarini ta’minlash uchun juda torlik qiladi. Keyingi gurux sayohatlarni
ma’qul ko‘rgan tashrif buyuruvchilarning salgina bo‘lsada didi va talabiga ta’sir
qilmay qolmaydi. Ularning ishi katta tijorat qaltisliklardan iborat.
Turistik oqimlar ustidan nazorat o‘rnatar ekanlar TMK lar bu dastakdan
qabul qiluvchi mamlakatga uning tomonidan soliq va boshqa imtiyozlar kengayishi
uchun bosim o‘tkazishda foydalanadi.
O‘tgan asrning 70-yillar oxirlarida shundoq ham katta daromad olayotganiga
qaramay uni yanada ko‘paytirishga zo‘r bergan yirik G‘arbiy Germaniya turistik
korporatsiyasi bunga to‘sqinlik qilgan. Tunis hukumatiga javoban nemis turistlarini
olib borishni keskin (60 dan 12 mingacha) kamaytirdi va Tunis iqtisodiyotiga zarba
berdi. Shunday qilib yosh davlatlarning chet el mablag‘iga bog‘liqligi vujudga
keladi.
Zamonaviy TMKlar jahon turizm bozorida global strategiya yuritishi bilan
ajralib turadi. Bu transfert narx shakllanishi mexanizmida namoyon bo‘ladi. Firma
238
turistik mahsulotlarga ichki operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida narxni
oshirish, boshqasida aksincha kamaytirish yo‘li bilan TMKlar korporativ daromad
olishini ko‘paytiruvchi kompaniya qo‘lida katta bir imperiyaning ichida daromadni
ko‘paytirishning ta’minlovchi mexanizm paydo bo‘ladi, u uning faoliyati strategik
maqsadlarga bo‘ysinadi.
Narx darajasining o‘zgarishi TMKlar ixtirosi emas, oddiy tijoriy amaliyot
hisoblanadi. Kontragentlar o‘rtasida bitim tuzish bo‘yicha bazaviy narxga ustama
qo‘yiladi yoki unga chegirma belgilanadi. Ko‘pchilik tovarlar va xizmatlarga
nisbatan ulgurji harid qilish chog‘ida oborot uchun qo‘laniladigan chegirmaga amal
qilinadi. Turizmda, shuningdek mavsumiy chegirmalar ham keng qo‘llaniladi. Ular
yordamida mavsumdan boshqa vaqtda mahsulotdlar harid qilishda talab va
ehtiyojlar muvozanatlashtiriladi. Turoperatorlar va turaganetlar vositachi sifatida
turistik xizmatlarni yetkazib beruvchilardan bozorda narx raqobatiga bardosh
berish uchun xizmatlarni amalga oshirishda chegirma oldilar. Misol uchun, nemis
va britan turoperatorlari ispan va grek otellarining xizmatlariga juda past narxlari
bilan mashhur. Ko‘ngilochar xizmatlar ham shunday arzon.
Har bir aniq holatda narx darajasi bitim ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga
bog‘liq holda turlicha bo‘ladi. Bu tamoyil TMKlar mahsulotlariga narx belgilashi
chog‘ida ham amal qilishda davom etadi. TMK lar muzokaralarga faqatgina ma’lum
shakl va ichki firma harakatlaridagi tusgina bera oladi.
Transfert narx shakllanish mexanizmini misollarda ko‘rib chiqamiz. Aytaylik,
A mamlakatda joylashgan turoperator kimsa V mamlakatlar aviakompaniyasi va bir
qator turistik korxonalarni S mamlakatda joylashtirish vositalari bilan qo‘shib sotib
oladi. Shunday qilib, u o‘z boshqaruvi ostida internatsional ishlab chiqarish tizimini
yaratadi. Turoperator 1000 dollardan inklyuziv-tur taklif etadi va uni A mamlakatda
amalga oshiradi. Safarning oldi-sotti qismi bilan bog‘liq barcha operatsiyalar tizim
ichida kechadi. Turoperator bu integrirlashgan biznes barcha ishtirokchilari uchun
hisob-kitob (transfert) belgilaydi. Bular bozor narxidan farq qilishi mumkin. Ba’zan
esa ochiq bozorda bunaqasi bo‘lmaydi va turoperator tamonidan soliq va bojxona
poshlinasi to‘lashdan bo‘yin tovlashda foydalaniladi.
TMKlar transfert narx shakllanishi mexanizmi yordamida soliq to‘lovlari
darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda joylashgan filiallari uchun su’niy ravishda
ishlab chiqarish harajatlarini ko‘paytiradi. Aksincha soliq kamroq mamlakatlardagi
filialari uchun kamaytiradi. Natijada birinchi guruhdagi mamlakatlar TMKlar
filiallari o‘zlarining soliq deklaratsiyalarida kam daromad olganligi haqida
ma’lumot beradilar. Boshqa mamlakatlarda esa oshirilgan daromad qayd etiladi.
TMKlar shunday nolegal yo‘l bilan daromadlarini soliq katta mamlakatlardagi
filiallariga o‘tkazadi va to‘lanadigan soliq summasini halol qisqartirishga erishadi.
Bizning misolimizda turoperator o‘z aktivi qiymatini S mamlakatda sun’iy
ko‘paytirishi mumkin. Ya’ni B mamlakatlar samolyotlarini hisobdan chiqaradi va
nakladnoy harajatlarni qayta taqsimlaydi yoki filiallar o‘rtasida operatsiyalarni
amalga oshiradi. Natijada soliq to‘lovlari hajmi 2 marta bojxona poshlinasi 40 dan
20 shartli birlikkacha pasayadi.
Agar turoperator o‘zi uchun foydali kursda valyuta almashlab xalqaro
to‘lovlarni o‘tkazsa qo‘shimcha daromad oladi. Transfert narx shakllanishi
239
mexanizmidan soliqlar to‘lovidan bosh tortish maqsadlarida foydalanish qoralanadi.
U juda ko‘p mamlakatlarda davlat byudjetida katta yo‘qotishlarni vujudga keltiradi.
TMKlar xorijiy faoliyati bilan bog‘liq eng o‘tkir muammolardan biri shuki
xalqaro turizmda daromadlar oqimini qabul qiluvchi mamlakatlar hisoblanadi. U
ikki tarkibiy qismga bo‘linib ketadi: import qilinayotgan tovarlar (xizmatlar)ga
to‘lovlar va ishlab chiqarish resurslari egalarini mukofatlashga to‘lovlar.
O‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatmoqdaki, TMKlarning xorijdagi filiallari
mahalliy kompaniyalar darajasida tovarlar (xizmatlar)ni import qilishga moyildirlar.
Bundan tashqari, ko‘pchilik TMKlar iloji boricha mahalliy resurslardan
foydalanishni ko‘zlab o‘zining nufuzi va mavqeini qabul qiluvchi mamlakatlarda
yaratish va mustahkamlashga intiladi.
Shu bilan birga TMKlar ayniqsa turizmda o‘zi kelib chiqqan mamlakat bilan
mustahkam aloqada bo‘lib turadi. U «Jonajon» tashrif buyuruvchilarni qabul
qilishni mo‘ljallaydi. Misol uchun, AQSH yirik mehmonxonalar kompaniyalari
milliy chegaralaridan tashqariga chiqa boshladilar. Amerikacha mehmonnavozlik
standartlarini tarqatish va korxonalar zanjiri yaratishga intilmoqdalar. Izidan chiqish
turistik oqimlari kengaymoqda, amerikaliklar o‘zlariga xos bo‘lmagan va tassavur
ham qilolmagan xorijiy xizmat ko‘rsatishlardan noliy boshladilar. Bugungi kunda
jahon bo‘ylab tarqalgan otellar Amerikaning «Ay-Tt-Ti Sheraton», yoki «Xilton
Xoutlez Korporeyshn» tipidagi mehmonxonalari zanjiriga birlashganlar.
Vatandoshlari didi va ta’bi hisobga olinib pivo va sigaretalar AQShdan import
qilinadi. Yapon TMKlari xorijiy filiallari restoran xo‘jaligida mebellar, oziq-ovqat
mahsulotlari Yaponiyadan tashib keltiriladi. «Jonajon» mamlakat qiyofasini
yaratish, standartlashtirish bilan bog‘liq global jarayonlar filiallarni o‘z yurti
tovarlari va xizmatlarini import qilishga majbur etish boshqa sabablar ham bor
albatta. «Er Frans» aviakompaniyasi o‘zining fransuz markasini olg‘a suradi,
«Royal Viking Layn» parom kompaniyasi esa hamma narsada Skandinaviyaga
tegishli ekani sezilib turishiga harakat qiladi.
Xalqaro turizm yo‘nalishi bo‘yicha tovar va xizmatlar importi bir qator
rivojlanayotgan davlatlar byudjetiga sezilarli statiyalari hisoblanadi. Bu
operatsiyalar valyutani chet elga oqimi bilan kechsada, transmilliy kompaniyalar
qabul qiluvchi mamlakatlarga pulli turistik ishlab chiqarish xizmatlari
ko‘rsatilayotganichalik ko‘p emas. Kapital quyishdan TMKlar foiz ko‘rinishida
daromad oladi va «vatani»ga o‘tkazadi. Uning filialida band asosiy ishchi kuchlari
ayniqsa xorijdan taklif etilgan malakali kadrlar – yuqori va o‘rta bo‘g‘in menejerlari
hisoblanadi.
O‘z mehnatlari uchun ular juda katta miqdorda maosh oladilar va uni doimiy
yashash joyiga o‘tkazadilar.
Xalqaro turizmdan tushadigan tushumlarning katta qismini qabul qiluvchi
mamlakatlar o‘z daromadlari hisobiga transmilliy kompaniyalar bilan tashish
ishlarini bajarishi natijasida yo‘qotadi. TMKlar xususiy korxona egasimi, yoki uni
aniqlik bo‘yicha boshqarayaptimi? ahamiyati yo‘q. U tadbirkorlik daromadiga yoki
foydaga ega bo‘ladi.
Foyda salbiy ahamiyat ham kasb etishi, ya’ni zarar shaklida ham bo‘lishi
mumkin.
240
Transfert narx shakllanishi mexanizmi yordamida foyda bir mamlakatdan
boshqasiga oqizmay-tomizmay o‘tkazilishi mumkin.
Ayrim mamlakatlarda (Shri-Lanka, Filippin, Indoneziya va x.k.) xorijiy
investorlarga turistik korxonalardan olingan daromadlarni o‘z mamlakatiga
cheklanmagan miqdorda erkin olib ketish kafolati berilgan. Masalan, Gambiyada
turistlar olib keladigan xorijiy valyutaning atigi 15% nigina ushlab qolishga
muvoffiq bo‘linadi.
Afrikaga safar qiymati juda qimmat bo‘lishiga qaramay qabul qiluvchi
mamlakat bu summadan arzimagangina ulush oladi. Yevropalik turist to‘liq
kompaniya xizmatlar uchun to‘lovni o‘z vatanida turistik firma orqali amalga
oshiradi. U o‘zi bilan qabul qiluvchi mamlakat uchun valyuta ishlab olish manbai
hisoblangan sovg‘a-salomga ozroq pul oladi, xolos. Turizmni rivojlantirishning
bunday modelini mahalliy iqtisodiyot bilan hech qanday bog‘liq joyi yo‘q. Turistik
kompleks u bo‘lmaganida ham, cho‘lda-sahroda yoki oyda ham xorijiy tashrif
buyuruvchilar oqimi hisobiga ishlab turaveradi.
Qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotida xalqaro turizmni qo‘shish mahalliy
ishchi kuchlarini jalb etish (gap yangi ish turlari haqida borayapti, yuqori malaka va
mahsus tayyorgarlikni talab qilmaydi), turistik majmua (kompleks) jihozlashda
mahalliy materiallardan, shuningdek xorijiy tashrif buyuruvchilarni ovqatlantirish
uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshishi
mumkin.
Bunday holda xalqaro turizm o‘sha mamlakatda uning iqtisodiyotini
rivojlantirishda ishi milliy mahsulot – ichki milliy mahsulotni ko‘paytirish imkonini
beradi.
Agar TMKlar beradigan bilim, tajriba, texnologik sirlar g‘arbda uni «nou-
xau» deb atashadi)ga e’tibor berilmasa, milliy iqtisodiyotda TMKlarning ta’sirini
baholash to‘liq bo‘lmaydi. Bularning hammasi nomoddiy kapital, lekin ulardan
to‘g‘ri foydalanilsa juda bebahodir.
Hozirgi vaqtda amalda TMKlar texnologik yangiliklar «inkubatori»ga
aylangan. Ular o‘zlarining xususiy inovatsion dasturlarini ishlab chiqadilar.
Intellektual tovarlar yaratishda katta mablag‘ sarflaydilar va ularni jahon bozorida
taklif qiladilar.
Turizmda transfert texnologiyalarning ishonchli va yorqin bir misoli butun
jahonga mashhur «Mak Donalds» firmalari faoliyati hisoblanadi. Ular tez
ovqatlanish industriyasida haqli ravishda yetakchi sanaladi. Uning muvaffaqiyati
birinchi navbatda yuqori xizmat ko‘rsatishni ta’minlash g‘oyalariga bo‘lgan o‘ta
fidoyi ishonchdir. O‘z faoliyati tarixi davomida u ishlab chiqarish jarayonlarida har
bir operatsiyani metodik ravishda takomillashtirib bormoqda.
1940-yillar oxirida aka-uka Richard va Moris Mak - Donaldlar yo‘l bo‘yidagi
mo‘’jazgina kafe egalari bo‘lgani holda o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishni qanday
qilib sifatini oshirish va daromadni ko‘paytirish haqida bosh qotirdilar. Ular
taomnoma (menyuda) taomlar sonini uchtagacha qisqartirishga qaror qildilar.
Konveyer tizimi asosida texnologiyani standartlashtirdilar va taomlar tayyorlashni
mukamallashtirdilar. Masalan, gamburgerlar 1,6 unsiyaga tepa - teng og‘irlikda,
yog‘i 19 % dan ko‘p bo‘lmagan holda tayyorlana boshladi. Xizmatchilar
241
kraxmallangan oq ko‘ylakda faqat bitta yumushni bajaradi: biri tovaqdan
gamburgerlarni oladi, boshqasi ularni qaynoq moyga tashlab qovuradi va h. k.
Ishlab chiqarishning bunday tashkil etilishi harajatlarni kamaytirish bilan birga
uning samaradorligini oshirdi. “Mak Donalds” yangi avlod mijozlariga ega
bo‘ldilar. Ular qayerda bo‘lishmasin o‘zlari sevgan taomlarni va ajoyib tezkor
xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Ko‘pchilik tadbirkorlar biznesning bu
yo‘nalishini anglab va qabul qilishib, unga qo‘shildilar. Tezkor xizmat
ko‘rsatishning xuddi shunday korxonalari juda ko‘plab paydo bo‘la boshladi.
Tranfert texnologiya nafaqat restorant xo‘jaligida kuzatilayapti, balki
mehmonxona, turoperatorlik va turistik industriyaning boshqa sektorlarida ham
ko‘zga tashlanmoqda.
TMKlar chet ellarda ko‘p hollarda innovatsion, eng yangi zamonaviy
tenikalardan foydalanish bilan mukammal texnologiyalarni qo‘llashib korxonalarini
joylashtirish orqali milliy kompaniyalar oldida o‘z ustunligini namoyish etayapti.
Keyingisi boshqaruv va tadbirkorlik tajribasini qabul qilayapti. Bu bilan ular
o‘zining raqobatbardoshligini oshirayapti va texnologik yangiliklarni izchil joriy
etishni o‘rganayapti. Tailand va Tunis kabi mamlakatlarda turizmda chet el ilg‘or
tajribalari ayniqsa tez yoyilayapti. Sayohlik industriyasining mahalliy korxonalarida
daromad o‘sishi ko‘zga tashlanayapti. Ayrim hukumatlar endi o‘z davlatlari
hududlari (territoriyasi)da transfert texnologiyalarni TMK faoliyatining alohida
sharti qilib qo‘ymoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |