MINTAQAVIY TADQIQOTLAR
1-MAVZU
KONSPEKT. KIRISH.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy sabablari fan-texnika taraqqiyoti (FTT) bo‘lib, u moddiy, moliyaviy, mehnat kabi ahamiyatli resurslar rivojini, shuningdek, ilmiy-texnikaviy sohada alohida mamlakatlaming birgalashib faoliyat yuritishlaridagi katta bozorlar yuzaga kelishini taqozo etadi. Iqtisodiy integratsiyaning bosh sabablaridan biri-transmilliy korporatsiya (TMK)lar, ya’ni yirik xalqaro monopoliyalaming taraqqiyotidir.
Osiyo - Tinch okeani hududi integratsion jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
• bu integratsiyaga iqtisodiyoti rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar jalb etiladi;
• integratsiya j arayonlari hududidagi mamlakatlar firma va korporatsiyalari o‘rtasida asosan makroiqtisodiy darajalaming yuqoriligi ;
• integratsiya jarayonlarining maxsus alohida hududlarda yuqori darajada kechishi;
• integratsion jarayonlari ham yuqori tayyorgarlikcla tashkil etilmagan hududlami rivojlantirishi;
• mavjud integratsion guruhlaming aniq ajratilmaganligi.
Osiyo - Tinch okeani hududi bir qator submintaqaviy birlashmalar, ya’ni Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN). Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati tashkiloti (ATES) Avstraliya, Yangi Zelandiya erkin savdo hududi, Janubiy-Tinch okean forumi (YuTF), Tinch okeani iqtisodiy soveti (TES) dan tashkil topgan.
Braudel so‘zlari bilan aytganda, “Kapitalizm - bu iqtisodning shunday bir qismiki, u biznesning eng daromadli sohalarini egallash uchun davlat hududidan chiqib ketadi”
Ayni vaqtda integratsiyaning jarayon sifatidagi ba’zi o‘ziga xos sifat jihatlari ham ta’kidlanadi. Ulaming bo‘lmasligi, Doych fikricha, muvaffaqiyatli rivojlanish imkoniyatlarini ancha kamaytiradi:
- vaqt omiliga katta ahamiyat beriladi: integratsiya jarayonining ishtirokchilari integratsiyada ishtirok etish tufayli zimmalaridagi yukni sezishlaridan awalroq haqiqiy foyda olgan taqdirdagina integratsiya jarayonini muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin;
- integratsiya jarayoni aksariyat hollarda integratsion birlashmaning qolgan a’zolariga nisbatan rivojlanganroq yoxud kuchliroq bir yoki bir necha siyosiy birlikdan iborat “kuch markazi” atrofida tashkil etiladi va muvaffaqiyatli rivojlanadi;
- integratsiya jarayoniga ishtirokchilar o‘rtasida urushlami psixologik jihatdan qabul qilmaslikning chuqurlashuvi xos bo‘lib, yanada muhimrog‘i, «harbiy harakatlarga tayyorgarlikni institusionallashtirishga va urushni qonuniy asoslangan deb hisoblashga tayyorlikning pasayishi» xosdir;
- integratsiya rivojlanishi bilan siyosiy partiyalar, diniy, iqtisodiy manfaatlar gumhlari kabilar o‘rtasidagi davlat ichki ajralishi (ichki milliy ajralish) o‘zining ichki milliy xususiyatini yo‘qotadi va borgan sari transmilliy xususiyat kasb etadi;
- ilgari integratsiyaviy birlashmaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan asosiy siyosiy partiya yoki fraksiyalaming muayyan yangi g‘oya, shior, umummintaqaviy xususiyatga ega rejalami may donga olib chiqishlari bilan belgilangan.
«Integratsiya» umumlashma tushunchasi quyidagicha ifodalanishi mumkin: bu jamiyat, davlat tuzilmalarining davlat doirasida yoki kengroq davlatlararo jamoaga birlashishi, qo‘shilishidir. Davlatlararo integratsiya hokimiyatning yangi institutlarini tashkil qilish va ularga milliy organlar huquqlarining bir qismini berish orqali yuz beradi.
K.Doych ishtirok etuvchi birliklar ichida va orasida «xavfsizlik hamjamiyati»ni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan quyidagi asosiy ilk ijtimoiy-iqtisodiy omillami keltiradi. Ulaming dastlabki to‘rttasi transmilliy hamjamiyat shakllanishini osonlashtiruvchi yordamchi xususiyatga ega, ammo majburiy emas: dastlabki sulolaviy yoki ma’muriy ittifoqning mavjudligi; etnik yoki lingvistik assimilatsiya; chambarchas iqtisodiy aloqalar; tashqi harbiy tahdid; siyosiy xatti-harakatga aloqasi bo‘lgan asosiy qadriyatlaming o‘zaro mosligi; hamjamiyat ishtirokchilariga xos bo‘lgan turmush tarzi; ancha yaqin va foydali iqtisodiy aloqalar o‘matilishi va muayyan yutuqlarga ega bo‘lishni kutish; loaqal ayrim ishtirokchi birliklaming siyosiy va ma’muriy sohalardagi imkoniyatlarining chuqurlashuvi; 67 loaqal bir qator ishtirokchi birliklarda (qo‘shni hududlarga nisbatan, istiqbolli integratsiya sohasidan tashqarida) ancha yuksak darajadagi iqtisodiy rivojlanish; birlashishi lozim bo‘lgan hududlar va ular ichidagi jamiyatning asosiy ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida muhim uzluksiz ijtimoiy kommunikatsiya oqimlarining mavjudligi, ulaming ayirboshlanishi va integratsiyalanuvchi birliklar o‘rtasida teng (muvozanatlashgan) taqsimlanishi; loaqal bir qator siyosiy birliklar ichida siyosiy elitaning kengayishi; shaxslaming nisbatan yuqori darajadagi (geografik va ijtimoiy) harakatchanligi, loaqal siyosiy sohaga aloqasi bo‘lgan qatlamlar orasida, o‘zaro kommunikatsiya va o‘zaro ta’sirlar yo‘nalishlarining ko‘pligi; kommunikatsiyalar va o‘zaro aloqalar jarayonidagi umumiy qoidalar; ishtirok etuvchi birliklar orasida guruhlar rollarining almashuvi; xatti-harakatni (ishtirokchilaming qanday ish tutishini) taxmin (bashorat) qilish mumkinligi.
Siyosiy va iqtisodiy integratsiyalashuv zamirida esa huquqiy integratsiya yotadi. Integratsiyaning ushbu shakli kontseptual qaramaqarshiliklarga boy bo‘lib, erishiladigan umumiy huquqiy tizimda integratsiyalashuvchi barcha davlatlaming fuqarolari, jamiyat va davlat manfaatlari uyg‘unlashuvi asosida yuzaga keladi. Ikkinchi bir tomondan integratsiyalashuvchi davlatlardagi siyosiy tizim va siyosiy integratsiya o‘rtasida o‘zaro bog'liqlik bo‘lgandagina, integratsiyaning siyosiy jihatdan kuchayishiga olib keladi. Shu sababli, Lindberg va Shayngoldning ta’kidlashicha, integratsiya natijasida har bir siyosiy tizimda halqaro siyosat, iqtisod va xavfsizlik masalalari buyicha qaror qabul qilish jarayoni o‘lchami, ham ko‘lami jihatidan o‘sadi. Boshqacha qilib aytganda, kuchli integratsiyalashgan hamjamiyatga institutsional va huquqiy-normativ jihatdan integratsiyalashuv orqali erishish mumkin. Ha jamiyat uchun zamr bo‘lgan supranatsional organlar bo‘lmas ekan, integratsiyalashgan siyosiy tizimni shakllantirib bo‘lmaydi.
Integratsiyaning ahamiyatli tomonlari shundan iboratki, bu jarayonda davlatlar o‘rtasida turli sohalarda, turli shakllarda hamkorliklar amalga oshiriladi. P.A. Sigankovning tadqiqotlariga ko‘ra, integratsiyaning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: • siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy (ya’ni predmetiga ko‘ra); • global, mintaqaviy, submintaqaviy integratsiya (geografik joylashuviga ko‘ra). Shu bilan birga, boshqa bir muallif K.Voronov shuni ta’kidlaydiki, hamkorlik va integratsiya jarayon ishtirokchilari soni ortishi bilan “kengayishi”, shuningdek shu ishtirokchilaming turli sohalarda olib borayotgan o‘zaro hamkorliklari natijasida “chuqurlashishi” mumkin.
Biroq mojaro aniq obyektga ega boimasligi ham mumkin. “Obyektli” mojarodan tashqari, mojaro kategoriyalari o‘z ustidan nazorat qilishga yo‘l bermaydigan “obyektsiz” mojaro turiga ham ajratiladi. Masalan, oddiy ko‘p qavatli uydagi ikki qo‘shnilardan biri yozuv ustida ishlayotgan paytda, ikkinchi qo‘shni biror san’at asbobini chalyapti. Birinchi qo‘shni kuy tovushi unga xalaqit berayotgani uchun devomi taqillatadi... Natijada mojaro boshlanadi. Ko‘rinib turibdiki, mojaroga ikki tomonning o‘zaro kelishib vaziyatni yumshatishga intilishi emas, balki bir tomon faoliyati ikkinchisining ishiga xalaqit berib, uning faoliyatini susaytirib yuborishi sabab bo‘Imoqda.
Turli mojarolami chuqur o‘rgangan ko‘pgina olimlar - konfliktologlaming fikricha, ular quydagi tarkibiy qismdan iborat:
• mojaroning manbai (predmeti) bahslashayotgan tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchilkning asl mohiyati; • mojaroning kelib chiqishiga, tomonlaming o‘z maqsadlari, pozitsiyalari hamda manfaatlarini himoya qilish uchun ulaming faol harakatiga turtki bo‘lgan sabab va bahonalar;
• hokimiyat vakolatlari va resurslarini talashayotgan tomonlar;
• raqobatlashayotgan subyektlarning g‘oyalari, o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari, kontagentlari bilan munosabatlari - ulaming qarashlari va pozitsiyalari;
• tomonlaming bir-biriga ta’sir ko‘rsatishda foydalangan resurslari, usullari hamda qo‘llagan vositalari; • raqobatlashayotgan tomonlaming munosabatlarini ko‘rsatuvchi mojaroning tabiati.
Hamkorlik turli shakllarda, xususan, sohasiga ko‘ra-iqtisodiy, harbiy, madaniy, siyosiy; ishtirokchilariga ko‘ra ikki tomonlama, ko‘p tomonlama; ko‘lamiga ko‘ra-davlatlararo, mintaqaviy, global; darajasiga ko‘ra-faol, sust hamkorlikka ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |