222
VIII Bob. XALQARO TURIZM BOZORIDA TRANSMILLIY
KOMPANIYALAR
8.1. Transmilliy kompaniyalar (TMK)
uning mohiyati,
faoliyati va shakllari.
8.2. Mehmonxona xo‘jaligida TMKlar.
8.3. Turistik TMKning milliy iqtisodiyotga ta’siri.
8.4. Xalqaro turizmda globallashuv jarayonlari.
8.1. Transmilliy kompaniyalar (TMK) uning mohiyati,
faoliyati va shakllari
BMT hujjatlariga muvofiq, TMKlarga yuridik shakllari, xo‘jalik yuritish
sohasidan qat’iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda filiallari bo‘lgan,
ularning faoliyatini boshqarib turadigan kompaniyalar kiradi.
TMK doimiy ravishda tovar eksportidan tortib, xorijda xizmatlarni ishlab
chiqishgacha qonuniy tarzda o‘tib o‘zining chet ellardagi ishtirokini kengaytirib
boradi. TMK to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsilarini joylashtirish yo‘li bilan tashqi
ekspansiyani amalga oshiradi. Ular shuningdek ssuda pullari beradi va boshqaruv
bo‘yicha noinvestitsion bitimlar tuzadilar.
Birinchi yo‘l TMKga ko‘proq turg‘unlik beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri
qo‘yilmalar TMKga xorijiy investor qo‘lidagi mablag‘ning saqlanishi ustidan
nazorat qilishni mo‘ljallaydi. Ona kompaniya chet elda aksiyadorlik firmalari ta’sis
etadi yoki amaldagi mavjud xorijiy firmadan aksiyalarning nazorat paketini sotib
oladi. Aksiyalarning yarmidan ko‘proq qismi (ulushlar), uning faoliyati ustidan
to‘liq nazorat qilishda hissa kam bo‘lsada filialga tegishli bo‘ladi.
Juda ko‘p davlatlardan korxonalarni aksiyalashtirish uchun qo‘shimcha
shartlar joriy etilgan. 51% aksiyalarga egalik qiluvchi faqat shu mamlakat fuqarosi
yoki huquqiy shaxs bo‘lishi va unda ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Bunday
tarzdagi cheklovlar ba’zan turizm sohasiga ham tarqatiladi. Lekin ommaviy axborot
vositalari yoki harbiy sanoat kompleksiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Bundan
tashqari, TMK chet elda xorijiy filiallarning bo‘limi singari turli ko‘rinishlari orqali
faoliyat olib boradi. Ular xorijda ro‘yhatdan o‘tkazilsalarda, o‘z balansiga ega
mustaqil kompaniya hisoblanadi, to‘liq (100%) onalik firmasi, ya’ni TMKga
tegishli bo‘ladi.
Kompaniya xorijiy firmalarga qarzga mablag‘lar berib, o‘zining chet eldagi
ishtirokini kengaytirishi mumkin. Bu yo‘l birinchisiga qaraganda kam samarali,
sub’ektlar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar esa haqiqiy TMK haqida
gapirishga imkon bermaydi. Shunga qaramay kompaniya ssuda berishda qarzni
to‘lagungacha ssuda oluvchining mulkini ushlab turishga haqli yoki qarz oluvchi
bilan unga ssuda foizidan tashqari qo‘shimcha manfaat ko‘rishi yuzasidan
shartnoma imzolaydi.
Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tuzish firmalar o‘rtasida keng
tarqalgan tajriba, bir necha ishlab chiqarish birliklaridan iborat. Bunday holda ona
kompaniya korxona bo‘g‘inlarini kontrakt asosida boshqaradi. Korxona
223
mustaqilligini saqlaydi, turli egalar bo‘lishi, turli manbalardan moliyalashtirilishi
mumkin. Lekin mahsulotni yagona savdo markasi ostida sotadi. Boshqaruv bo‘yicha
investitsion bitimlar tizimi uning ishtirokchilariga ishlab chiqarish ko‘lamidan
tejash imkonini beradi. Ayniqsa marketing sohasida kuchlarni birlashtirish hisobiga
mamlakat va xorijiy adabiyotlarida TMK fanomenini izlohlovchi bir necha
nazariyalar ma’lum. Ularning hammasi xorijiy investitsiyalashdan maksimum
daromad olishni bosh maqsad qilib qo‘yadi. Ulardan biriga ko‘ra, kapital
migratsiyasining xalqaro shartlari bo‘lib daromad me’yori va foiz stavkalari farqi
hisoblanadi. Agar hamma milliy iqtisodiyot birday mablag‘ oqib kelishiga ochiq
bo‘lganda edi, foiz stavkalarining xalqaro muvozanatini belgilashni kutish mumkin
edi. Kompaniyalarga esa investitsiyani qayerga kiritishning farqi qolmasdi,
mablag‘dan foydalanish samaradorligi foiz stavkasidan oshsa bo‘lar edi. Haqiqatda
esa har xil tarzdagi cheklovlar mavjud. Dunyoda yagona foiz stavkasini belgilashga
to‘sqinlik qiluvchi katta yoki kichik darajadagi qaltisliklar bor. Ammo qayerda
mablag‘larni erkin quyulishiga sharoit bo‘lsa, xorijiy investitsiyalash xuddi ichki
tartiblardagidek kechadi. Bu shuni bildiradiki, mablag‘ importchi mamlakatlarida
foyda olish fondi cheklangan ekan, kapitalning xalqaro harakati, TMKni
mamlakatda tengsizligi davom etaveradi. Mamlakatga qancha miqdorda mablag‘
olib kelinishi bir qator omillarga bog‘liq: foiz stavkasi (yuki) hajmi, investitsiyaning
daromadligi, iqtisodiyotning ochiqligi, kattalik va taqsimlanishning qaltisligi,
qarzni to‘lash kafolati va o‘z vaqtida to‘lash. TMK fenomeniga ingliz iqtisodchisi
J.Danningning internatsional ishlab chiqarish ekletik nazariyasi boshqacha izoh
beradi. U uch elementdan iborat bo‘lgani uchun ekletik deb ataladi: firmalarning
Do'stlaringiz bilan baham: