Buddizm dini markazi.
Buddizm dini o‘zining keng ko‘lamligi jihatidan
dunyoda xristian va islom dinlaridan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. Buddizm ilk
bor qadimgi Hindiston hududida eramizdan oldin VI-V asrlarda paydo bo‘lgan.
Keyinchalik u Janubiy Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo qisman O‘rta Osiyo va
Sibirga tarqalgan. Hozirgi kunda buddizm diniga e’tiqod qiluvchilar Xitoydagi
Himolay tog‘ida joylashgan muqaddas
Lxasa
shahriga qadamjo qilishadilar. Shahar
dengiz sathidan 3650 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, u yerda
Dalay-Lama
monastri va juda katta saroy joylashgan. Ushbu saroy XVII asrda qurilgan bo‘lib,
mingdan ortiq xonalardan iborat. Saroyda o‘n mingga yaqin sig‘inadigan narsalar va
20 mingdan ortiq turli xil haykallar mavjud. Dalay–Lama saroyida butunjahon
buddizm dini boshqarmasi joylashgan.
Buddizm dinining ikkinchi bir muqaddas, sajdagoh markazi Shri Lanka
davlatining
Kandi
shahrida joylashgan. Shaharning markaziy qismida
Do'stlaringiz bilan baham: |