O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Ko‘ngilochish  va  dam  olish  maqsadidagi  turizm  xususiyatlari



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Ko‘ngilochish  va  dam  olish  maqsadidagi  turizm  xususiyatlari.
  Ko‘ngil 
ochish va dam olish maqsadidagi turistik oqimlar ko‘proq ommaviylik kasb etadi va 
butun  xalqaro  turizm  tarkibini  belgilaydi.  Turizmning  ushbu  yo‘nalishi  Yevropa, 
Shimoliy  Amerika,  Osiyo  –  Tinch  okeani  mamlakatlari  hududida  tarkib  topgan. 
Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadidagi turizmning muhim jihatlari shundaki, unda 
ichki hududiy safarlar, asosiy tarzda qo‘shni mamlakatlarda, hududlararo safarlardan 
ustun turadi. 90-yillar davomida chiqish turistik oqimida ularning nisbati o‘zgargani 
yo‘q  va  82:18  ni  tashkil  etgan.  Yevropada  ichki  hudud  turistik  oqimlarga  hamma 
jo‘nab  ketishlarning  90  %  to‘g‘ri  keladi.  Amerika  va  Osiyoda  chiqish  turizmi 
tarkibida hududlararo safarlar o‘z o‘rnini mustahkam saqlab turibdi. BTT prognozlari 
bo‘yicha,  uchinchi  ming  yillik  boshlarida  jahonda  ichki  va  hududlararo  turistik 
oqimlar  biroz  o‘zgaradi,  hududlararo  turistik  almashishuv  ichki  hududga  nisbatan 
jadal  rivojlanadi.  Osiyo-Tinch  okeani  hududidan  Amerika  va  Yevropaga  jo‘nab 
ketuvchi  turistlar  soni  nisbatan  yuqori  sur’atlarda  o‘sishi  kutilmoqda.  Bu  ko‘p 
jihatdan  umumiy  manzarani  belgilab  beradi.  Natijada  2020  yilga  borib,  hududlararo 
turistik  safarlar  ulushi  24  %  ortadi,  ichki  hududiy  safarlar  tegishli  ravishda  76  % 
gacha  kamayadi.  Ichki  hududiy  almashinuvlarning  mustahkamlik  rolidan  tashqari 
ko‘ngil  ochish  va  dam  olish  maqsadiga  xalqaro  turizmning  yana  ikki  xususiyatini 
ajratish  lozim.  Ulardan  biri  turistik  oqimlarni  merdional  yo‘nalishda  ekanligidan 
iborat.  Shimoliy  mamlakatlarda  turistlar  iliq  dengiz  qirg‘oqlarida  dam  olishni  xush 
ko‘radilar.  Amerikaliklar  va  kanadaliklar  Karib  xududi  mamlakatlari  kurortlarining 
asosiy  tashrif  buyuruvchilari  hisoblanishadi.  Yevropada  turizmning  cho‘milish  – 
plyajlari  turi  O‘rta  yer  dengizi  tqirg‘oqlarida  to‘plangan.  Bu  yerda  asosan 
norvegiyaliklar,  daniyaliklar,  finlar,  shvedlar,  irlandlar  o‘z  ta’tillarini  o‘tkazadilar. 


                      
142 
Keyingi    vaqtlarda  qarma-qarshi  turistik  oqimlarni  janubdan  shimolga  kengayishi 
kuzatilmoqda.  Turistik  yo‘nalish  sifatida  Shimoliy  Yevropaning  jozibadorligi    ko‘p 
jihatdan  Skandinaviya  va  bir  qator  davlatlarda  valyuta  devolvatsiyasi  bilan 
izohlanadi.  Shuningdek,  ularda  xavfsizlik,  tabiiy  muhitning  yaxshi  saqlanib 
qolganligi ham turistlarni jalb etadi. 
Nihoyat, birinchisining qat’iy o‘rni saqlanib qolgan holda sobiq metropoliya 
va ularning mustamlakalari o‘rtasida turistlar almashinuvi rivojlanmoqda. An’anaviy 
aloqalarning mustahkamlanishi va til to‘siqlarining yo‘qligi, eng avvalo iqtisodiy va 
madaniy  sohalarda  ular  o‘rtasida  turistik  munosabatlar  kengayishidan  dalolat 
beruvchi  muhim  belgilardan  hisoblanadi.  Mahalliy  madaniyatning  o‘ziga  xos 
betakrorligi, yevropaliklarni  jalb etayotgan  xususiyatlardir. Inglizlar va niderlandlar, 
ispanlar va portugallarni tarixiy o‘tmishga va hozirgi sobiq mustamlakalarga qiziqish 
safarga chorlamoqda. 
Ko‘ngil  ochish  va  dam  olish  maqsadidagi  turizmning  eng  yirik  bozori 
Yevropada  hosil  bo‘lgan.  Uning  asosan  ikki  qismi  G‘arbiy  va  Janubiy  subregioni 
alohida  ajralib  turadi.  Hududga  keluvchi  barcha  turistlarning  60%  ularga  to‘g‘ri 
keladi. Bu yerda Yevropa turistik oqimining asosi shakllanadi. BTT ma’lumotlariga 
ko‘ra,  Yevropada  kirish  turistik  oqimida  ichki  hududiy  safarlar  ulushi  chiqishga 
nisbatan  ancha  kam.  Bu  ulushlar  kattaligi  boshqa  turistik  hududlarda  ham  mos 
kelmaydi. 
 
Yevropada  ichki  hududiy  turizm  harakteri  jahoning  boshqa  hududlariga 
qaraganda  yorqinroq  namoyon  bo‘ladi.  Maydoni  hududiga  nisbatan  kichik  qo‘shni 
bo‘lib  zich  joylashgan  juda  ko‘p  davlatlar  o‘rtasida  mustahkam  iqtisodiy,  madaniy, 
etnik aloqalar, ajoyib yer usti transport kommunikatsiyalari, turistik bordi-keldilarda 
ortiqcha  rasmiyatchiliklarning  yo‘qligi,  turistik  infratuzilmaning  rivojlanganligi, 
diqqatga  sazovar  joylarning  ko‘pligi  ichki  Yevropa  turistik  almashinuvlarga  katta 
imkoniyatlar  yaratadi.  Yevropaga  barcha  kelishlarning  4/5  uning  hissasiga  to‘g‘ri 
keladi. 
Dunyo  miqyosi  bo‘yicha  hududlararo  turistik  almashinuv  zaif  rivojlangan. 
Unda  Amerika  qit’asi,  ayniqsa  AQSH  muhim  rol  o‘ynaydi  va  Yevropaga  kelishlar 
soni  bo‘yicha  o‘nlikka  kiruvchi    yevropalik  bo‘lmagan  yagona  mamlakat 
hisoboblanadi. Yevropa va dunyoda eng ko‘p turistlar tashrif buyuruvchi mamlakat-
Fransiya  hisoblanadi.  U  asosan  YEI  mamlakatlaridan  va  ko‘hna  dunyoda  dam 
oluvchi  har  beshinchi  turistni  qabul  qiladi.  Nisbatan  jadal  turistik  almashinuv 
Germaniya, Buyukbritaniya va Benilyuks mamlakatlarida mavdud. 
Keyingi  vaqtda  chiqish  turizmining  fransuz  bozorida  yangi  tendensiyasi 
paydo bo‘ldi. Shengen bitimi qabul qilingandan va birlashgan Yevropa mamlakatlari 
o‘rtasida  viza  rejimi  bekor  qilingandan  so‘ng  Fransiyada  qisqa  muddatli  safarlar 
ulushi  o‘smoqda.  Uzoq  muddatli  safarlar  salmog‘i  esa  kamayapti.  Fransiya  hamon 
dunyoda eng ommaviy turistik yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Ammo uzoq muddatli dam 
olish  joyi  sifatida  jozibasini  yo‘qotmoqda  va  turistlar  asosiy  ta’tillarini  boshqa 
mamlakatlarda o‘tkazishmoqda.  
Fransiyadan tashqari Ispaniya xorijlik turistlarni qabul qiluvchi bosh Yevropa 
mamlakatlari bo‘lib hisoblanmoqda. Bu ikki mamlakatda har yili 80 mln. dan ziyod 
cho‘milish  –  plyaj  va  dam  olishiga  keluvchilarni  qayd  etilmoqda.  Asosiy  turistlar 


                      
143 
oqimi G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Ispaniyada har beshinchi dam 
oluvchi  Germaniya  yoki  Buyukbritaniya  fuqarosidir.  Italiyada  sobiq  Yugoslaviya 
respublikasi,  Fransiya,  Germaniya,  Shveysariya,  Avstriya  fuqarolari  ta’tillarini 
o‘tkazishadi. 
Bugun  Fransiya,  Ispaniya  va  Italiyada  ichki  turistik  almashinuv  kuchli 
kechayapti.  BTT  prognozlariga  ko‘ra,  2020  yilga borib  ularning turistik  birinchiligi 
o‘rniga  yevropaliklarning  O‘rta  yer  dengizi  Yevropa  qismi  turisttik  markazlariga 
sayohat  qilishi  egallaydi.  Asta-sekin  turizmning  olis  bozorlari,  xususan  Yaponiya, 
Osiyoning yangi industrial mamlakatlari, shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerika 
birinchi  o‘ringa  intila  boshlaydilar.  Turistlarni  jalb  qilish  uchun  ular  turistik 
mahsulotlarni yangilashga intilishadi. O‘zlarining savdo markazlarini almashtiradilar, 
istiqbolli  kambag‘al  bozorlarni  izlashni  faollashtiradilar.  Ularning  ayrimlari 
hozirdanoq  tegishli  chora-tadbirlarni  ko‘rmoqdalar.  Uchinchi  ming  yillik  arafasida 
Ispaniya  turizm  sohasida  o‘z  davlat  siyosatini  ko‘rib  chiqdi.  Bu  unga  jahon  turizm 
bozorida  mavqeini  ancha  mustahkamlashga  imkon  yaratdi.  Yevropada  chiqish 
turizmi  geografiyasida  Amerika ulushi kamayadi  va  tashqaridagi hududlar  –  Afrika, 
Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda ulushi ortadi. 
Chiqish  turizmining  eng  yirik  bozori  Germaniyada  shakllandi.  So‘nggi 
yillarda  nemislar  80  mln.ga  yaqin  xorijiy  safarni  amalga  oshirishdi.  Ularning  soni 
yiliga  o‘rtacha  5  %  ga  ko‘payayapti.  BTT  prognozlari  bo‘yicha  2020  yilga  borib 
Germaniyada    chiqish    turizmi  2  martadan  ko‘proqqa  ortadi  va  163,5  mln.  safarni 
tashkil qiladi. Jahonda har o‘n safardan biri nemis fuqarolari ulushiga to‘g‘ri keladi 
va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Germaniya o‘zining yetakchiligini saqlab qoladi. 
Chiqish  turizmining  nemis  bozorida  avj  olishi  harakterlidir.  90  %  dan  ortiq 
safarlar Yevropa hududi doirasida amalga oshiriladi. BTT ma’lumotlarga ko‘ra, eng 
yirik o‘nta turistik oqimlarning beshtasi Germaniyada tashkil qilinadi. 
Nemislar  o‘z  ta’tillarini  G‘arbiy  va  Janubiy  Yevropada:  Ispaniya,  Italiya, 
Avstriya,  Fransiya,  Gresiya,  Niderlandiya,  Shveysariyada  o‘tkazishni  ma’qul 
ko‘rishadi. Keyingi vaqtlarda turistlar uchun Markaziy va Sharqiy Yevropa – Polsha, 
Chexiya,  Vengriya  ommaviy  turizmda  mashhur  bo‘lib  bormoqda.  Turstik  yo‘nalish 
sifatida bu mamlakatlar bosh ustunliklaridan biri ularning nisbatan arzonligidir. Misol 
uchun, chegara rayonlarida yashovchi ko‘pchilik nemislar tushlik paytida ovqatlanish 
uchun Chexiyaga borishadi. 
Demokratlashtirish  jarayonlari  turistik  talablar  geografiyasiga  sezilarli 
o‘zgartirishlar  kiritdi.  Ular  bir  tomondan  G‘arbiy  Yevropa,  ikkinchi  tomondan 
Markaziy  va  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlar  o‘rtasida  ichki  hududiy  almashinuv 
ulushining  ortishiga  imkon  yaratdi.  Totalitor  rejimning  qulashi  va  «Temir 
pardalar»ning  olib  tashlanishi  sobiq  sotsialistik  mamlakatlar  fuqarolariga  g‘arb 
qadriyatlari  bilan  yaqinroq  tanishishga  sharoit  yaratdi.  Shuningdek  shopping 
maqsadlar  bilan  sayohat  qilishga  imkon  berdi.  Chexiya  aholisining  turistik  faolligi 
keskin oshdi, chiqish turizmi hajmi bo‘yicha Fransiya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya 
va boshqa Yevropa mamlakatlarini quvib o‘tdi. Chexiya Respublikasi statistik xizmat 
mahkamasining  ma’lumotlariga  ko‘ra,  2000  yili  chex  fuqarolari  xorijga  40  mln.  ga 
yaqin  turistik  safar  uyushtirishgan.  Turistik  bozor  Polsha,  Vengriya,  Ruminiya, 
Slovaniya va boshqa davlatlarda taraqqiy etmoqda.     


                      
144 
Ko‘ngil  ochish  va  dam  olish  maqsadida  turizm  Amerikada  ham  keng 
rivojlanib bormoqda. Kelishlar bo‘yicha Yevropadan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan 
Amerika  hududi  butun  jahondan  turistlarni  jalb  etadi.  Kirish  turistik  oqimi  to‘rt 
subregion  o‘rtasida  taqsimlanadi:  Shimoliy  Amerikaning  Karib  hududi,  orol 
davlatlari,  Janubiy  Amerika  va  Markaziy  Amerika.  Har  o‘n  turistik  kelishlarning 
yettitasi g‘arbiy yarim sharda Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri keladi. Uning ulushi asta-
sekin  kamayib  borayotganiga  qaramay,  hamon  yetakchi  bo‘lib  qolmoqda.  Ayni 
vaqtda Karib havzasi mamlakatlari, Markaziy va ayniqsa Janubiy Amerika salmog‘i 
ko‘payapti. 
Janubiy Amerika jadal sur’atda turistik kelishlar sonini oshirmoqda. U noyob 
tabiiy  ob’ektlarga  va  tarixiy  –  madaniy  yodgorliklarga  boy.  Shuning  uchun  ham 
Janubiy  Amerika  yo‘nalishi  tobora  ko‘proq  Amerika  va  Yevropa  turistlari  o‘rtasida 
mashhur bo‘lib bormoqda. 
Bu  qit’ada  sayyoramizdagi  eng  baland  Anxel  sharsharasi  bor  (Venesuela). 
Dunyodagi  eng  sersuv  daryo  –  Amazonka  (Braziliya)  ham  shu  yerda  oqadi.  Baland 
And  tog‘larining  ulug‘vor  cho‘qqilari,  Amazoniya  yomg‘irli  o‘rmonlari  ham 
turistlarni  maftun  qiladi.  Diqqatga  sazovar  madaniy    yodgorliklar  orasida  bizgacha 
yetib  kelgan  qadimiy  inklar  sivilizatsiyasi,  qadimiy  Machu  –  Pikchu  va  Kusko 
shaharlari  harobalari,  Naska  past-tekisligi,  mustamlaka  davri  shaharlari  bor.  Ammo 
bu materialning ulkan turistik potensialidan juda sust foydalanilmoqda. Uning turistik 
oborotga  jalb  etilishi  hududga  xalqaro  kelishlarda  Janubiy  Amerika  ulushini 
ko‘paytiradi.  Amerikada,  Yevropadagi  singari  turistik  oqimlarning  kattagina  qismi 
hudud  ichida  jamlangan.  Ayniqsa  Shimoliy  Amerikaning  uch  davlati  –  AQSH, 
Kanada  va  Meksika  o‘rtasida  turistik  almashinuvlar  jadal  yo‘lga  qo‘yilgan.  BTT 
ma’lumotlariga  ko‘ra,  AQShdan  Meksikaga  boradigan  turistik  oqimlar  jahonda  eng 
yirik  hisoblanadi.  Turistlar  AQShga  geyzerlar  vodiysida  bo‘lish,  Yellouston  milliy 
parkida  «tirik  geologiya»  paydo  bo‘lishini  o‘z  ko‘zlari  bilan  ko‘rish  uchun  tashrif 
buyuradilar.  Ulkan  stalagatlar  osilib  turgan  Karl  Sbad  g‘orini  tomosha  qiladilar 
Prezident  Teodor  Ruzvelt  «Amerikaning  buyuk  diqqatga  sazovar  joyi»  deb 
ta’riflagan grand-Kan’on beqiyos panoramasiga  mahliyo bo‘ladilar. Kaliforniyaning 
qo‘mloq    plyajlarida  cho‘milib,  dam  olib  huzur  qiladilar.  Ammo  tashrif 
buyuruvchilarni  faqat  boy  tabiat  go‘zalliklarigina  maftun  etib  qolmaydi.  Xorijiy 
mehmonlarni  AQSH  poytaxti  Vashington  va  Nyu-York  Monxettenning  betonli 
osmon o‘par binolari, Kolumbiya universiteti, banklar ko‘chasi Uoll – strit, mashhur 
Bruklin ko‘prigi, Metropoliten – opera maskanlari ham jalb etadi. Turistlarni boshqa 
Amerika  shaharlari  va  shtatlari  masalan  Gollivud  kinostudiyasi  va  «Disneylend» 
quvnoq parki joylashgan, Los-Anjelles shahri ham befarq qoldirmaydi.  
Bu 
diqqatga 
sazovar 
joylar 
xorijiy 
turistlar 
bilan 
bir 
qatorda 
amerikaliklarning  o‘zlarini  ham  jalb  etadi.  Har  yili  amerikalik  fuqarolar  (ichki  va 
xalqaro)  1  mlrd.  dan  ko‘proq  safar  qiladilar.  Bunda  dam  olish,  sog‘lomlashish, 
ko‘ngilxushlik,  tabiat,  tarixiy  –  madaniy  yodgorliklar  bilan  tanishish,  tanishuvlar, 
qarindosh-urug‘lar  bilan  uchrashuv  asosiy  o‘rin  egallaydi.  Ularning  ko‘pchilik 
yo‘nalishlari  mamlakat  ichkarisida,  xorijda  esa  yuqorida  ta’kidlaganidek,  qo‘shni 
Meksika va Kanadadan o‘tadi. Hududlararo turlarga amerikaliklarda talab kam. Uzoq 
yillar davomida hududlararo turistik almashinuvda birinchilikni qo‘ldan bermaslikka 


                      
145 
qaratilgan  yo‘nalish  Yevropada  saqlanib  turibdi.  AQShdan  Buyukbritaniyadan 
xorijga  safarning  har  to‘rtinchisi  Yevropa  mamlakatlariga  to‘g‘ri  keladi,  ammo 
ko‘hna dunyoga jo‘nab ketishdagi ularning ulushi qisqarmoqda.  
90-yillar boshida Yevropa turistik komissiyasi «Ameriken  Ekspress», «Nyu-
York tayms», SAS (Skandinaviya aviayo‘nalishi) va Daniya, Fransiya, Finlyandiya, 
Ispaniya  va  Buyukbritaniya  bilan  hamkorlikda  AQSH  turistik  chiqish  bozorida 
maxsus  tadqiqot  o‘tkazdilar.  Bundan  maqsad  amerikaliklarning  Yevropaga  safarini 
nega  orqaga  surishayotgani  sababini  aniqlashdan  iborat  edi.  So‘rovda  2000  kishi 
qatnashdi, ulardan 200 kishi ko‘hna dunyoga sayohat qilgan. 46 % so‘raluvchi bosh 
ushlab  turuvchi  iqtisodiy  omil  sifatida  ajratildi,  ular  Yevropaga  dam  olish  uchun 
borish  juda  qimmatga  tushishini  ta’kidlashdi.  Ularni  ayniqsa  mehmonxonalarda 
yashash,  transport  va  ovqatlanish  narxlarining  balandligi  tashvishlantiradi.  Amerika 
va  Yevropa  o‘rtasida  intensiv  turistik  almashinuvlarga  to‘sqinlik  qilayotgan  boshqa 
muhim omillar qatorida, yetarli bo‘sh vaqtning yo‘qligi tilga olinadi.                                                                                                              
Odatda  amerikaliklarning  okean  ortiga  safari  uzoq  muddatli  va  bir  yo‘la  bir 
necha  Yevropa  davlatlariga  tashrif  buyurish  hisobga  olinib  uyushtiriladi.  6  % 
so‘raluvchilar bosh sabab qilib terroristik aktlar xavfini ko‘rsatdilar. Xalqaro turizm 
taraqqiyoti  boshlanishida  ana  shunday  muammolar  mavjudligiga  qaramay, 
amerikaliklarning Yevropaga qiziqishlari ortmoqda. So‘ralganlarning faqat 5% (1988 
y. 11 % qarshi) bunday qiziqishlari yo‘qligini bildirishdi.  
AQShda shakllanayotgan boshqa turistik oqimlar yo‘nalishlari orasida Osiyo-
Tinch  okeani  hududi  ajralib  turadi.  Bu  hudud  Amerikaliklarda  xuddi 
yevropaliklardagi singari  ommaviy  e’tibor  qozongan. Lekin  Amerikadan  kelayotgan 
turistlarni  mamlakatlar  (hududlar)  bo‘yicha  taqsimlanishi  biroz  boshqacharoq. 
Amerikalik turistlar ko‘proq Xitoyga tashrif buyurishadi, bunga Syangan (Gonkong) 
Yaponiya, shuningdek Koreya Respublikasi, Singapur ham qo‘shildi. Sharqiy Osiyo, 
Janubi-Sharqiy  Osiyoga  nisbatan  amerikaliklar  uchun  ko‘proq  jozibali.  Jahonning 
boshqa  qolgan  turistik  hududlari  –  Afrika,  Yaqin  Sharq  va  Janubiy  Osiyo 
amerikaliklar tomonidan juda sust o‘zlashtirilgan. AQShdan kelayotgan turistlarning 
maqul  ko‘radigan  hududlari  G‘arbiy  yarim  shardagi  chiqish  turizmi  manzarasini 
belgilab  beradi.  Boshqa  mamlakatlarda  chiqish  birinchiligiga  intilgan  hudud 
o‘zgacharoq  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  kanadaliklar  orasida  amerikaliklarga 
qaraganda  ko‘p  darajada  ichki  hududiy  turizm  mashhurroq.  Janubiy  Osiyoning  olis 
yo‘nalishlari ichida esa Hindiston alohida ajralib turadi.  
BTT prognozlari bo‘yicha 2020 yilga borib, jahonning boshqa hududlari bilan 
Amerika  o‘rtasida  turistlar  almashinuvi  jadalligi  ortadi.  Amerika  bozorida  kirish 
turizmida  Yevropa, Osiyo-Tinch okeani hududi va  Yaqin  Sharq  yaxshi  istiqbollarga 
ega.  
Dam olish va ko‘ngil ochish maqsadidagi Osiyo-Tinch okeani hududi turizmi, 
xalqaro turizmda nisbatan yoshroq hodisa – 80 yillarda shakllana boshlagan. Bu vaqt 
ichida hududda keyingi 20 yilda o‘z aktualligini saqlab qolgan kirish turizmi vujudga 
keldi.  Osiyo  –Tinch  okeani  hududlararo  turistlar  kelishining  katta  ulushi  (18  %) 
Yevropa  va  Amerkaga  to‘g‘ri  keladi.  Afrika,  Yaqin  Sharq  va  Janubiy  Osiyodan 
kelishlarning umumiy ulushi 3% dan oshmaydi. Ular Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo, 
Okeaniya  bo‘ylab  nisbatan  bir  tekis  taqsimlanadi.  Asosiy  turistik  oqimlar  Sharqiy 


                      
146 
Osiyoga  qarab  yo‘naladi.  Barcha  kelishlarning  yarimidan  ko‘pi    shu  subregionga 
to‘g‘ri keladi. Ahamiyati jihatdan ikkinchi subregion – Janubi-Sharqiy Osiyodir. Bu 
hududga 90 % turistik kelishlar qayd etildi. Avstraliya va Okeaniya unchalik sezilarli 
bo‘lmagan ulushga egadir.  
Osiyo  –  Tinch  okeani  hududida  turistik  kelishlar  tarkibi  keng  miqyosi  va 
sezilarli me’yori Xitoyning xalqaro turizm bozori ahvoliga bog‘liq. Hududda barcha 
kelishlarning  uch  qismi  uning  ulushiga  to‘g‘ri  keladi,  agar  Syangan  (Gonkong)  va 
Tayvan hududini qo‘shsak – 50 % dan ziyodrog‘i to‘g‘ri keladi. 
Xitoyda  turizm  to‘liq  parvozlar  va  qulashlardan  iborat.  1923  yil  tijoriy 
banklaridan birida turizm bo‘limi ochiladi. Keyinchalik u mustaqil korxona  – Xitoy 
turistik  byurosi  sifatida  ajralib  chiqadi.  U  Xitoyning  yirik  shaharlarida  20  dan  ortiq 
bo‘limlar  ochdi.  Shuningdek,  ayrim  Janubi-Sharqiy  Osiyo  mamlakatlarda  uning 
filallari  mavjud  edi.  Ammo  bo‘lajak  iqtisodiy  qoloq  mamlakat,  buning  ustiga 
fuqarolar  urushi  holatida  bo‘lgan  Xitoy  turistik  yo‘nalishlarda  jalb  etuvchi  davlat 
bo‘lolmasdi. 
Xitoy  Xalq  Respublikasi  e’lon  qilinganidan  (1949  yil)  so‘ng  Xitoy  turizmi 
tarixida yangi davr boshlandi. Xitoyliklarning xorijdan qaytish oqimi jadal o‘sdi, ular 
asosan  Gonkong  va  Makaodan  qaytib  kela  boshlashdi.  Ular  XXRga  qarindoshlari 
bilan  uchrashish,  ekskursiyaga  va  mamlakatdagi  vaziyat  bilan  tanishish  maqsadida 
kelishardi.  Bundan  tashqari  sobiq  SSSR  va  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlari  bilan 
turizm  sohasida  hamkorlik  kengaydi.  Fransiya  turistik  tashkilotlari,  ayrim  g‘arbiy 
mamlakatlar  bilan  ishchanlik  aloqalari  o‘rnatildi.  1956-1958  yillarda  XXRga  10 
mingdan  ortiq  turistlar  tashrif  buyurdilar.  60-yillar  Xitoy  uchun  siyosat  va 
iqtisodiyotda  o‘sish,  xalqaro  maydonda  ijobiy  o‘zgarishlar  davri  bo‘ldi.  1964  yil 
XXR  davlat  kengashi  boshlig‘i  Chjou  Enlay  Yevropa,  Osiyo,  Afrika  bo‘ylab  14 
mamlakatga  safar  uyushtirdi.  Xitoy  va  Fransiya  diplomatik  munosabatlar  o‘rnatildi. 
Xitoyni  Pokiston  bilan  bog‘lovchi  avialiniya  ochildi.  Bularning  barchasi  turistik 
kelishlar o‘sishiga imkon berdi. 1965 yil Xitoyda bo‘lgan xorijiy turistlar soni rekord 
darajasiga  – 13 ming kishiga yetdi. 
«Madaniy  inqilob»  (1966  yil)  turistik  almashinuvlarning  qisqarishiga  olib 
keldi.  Faqat  1971  yilda  Xitoy  Ruminiya  va  Yugoslaviya  bilan  turizm  sohasidagi 
hamkorlikni  qayta  tiklashga  muvaffaq  bo‘ldi.  Xuddi  o‘sha  yili  Xitoyga  birinchi 
Amerika turistlari – bor – yo‘g‘i 30 kishi tashrif buyurdi.  
 Xitoy turizmining haqiqiy uyg‘onish davri 70-yillar bo‘ldi. Xitoy ochiqlik va 
islohatlar sari qadam qo‘ydi. Mamlakat jahon turistik bozoriga chiqdi. Avval boshda 
Milliy  turistik  ma’muriyat  keng  reklama  kompanisi  olib  borgani  yo‘q.  Shunga 
qarmasdan, Xitoyga tashrif buyurishni xohlovchilar juda ko‘p bo‘lib chiqdi.  
1979-1988  y.y.  Xitoyga  yo‘naltirilgan  asosiy  turistik  oqim  AQSH  va 
Yaponiyada  shakllanadi.  Tashrif  buyuruvchilarning  har  uchinchi  yapon,  har 
beshinchisi  amerikalik  edi.  Xitoyga  turistik  kelishlarning  barchasining  yarimini 
ularning  ulushi  tashkil  qilardi.  Keyinchalik  ular  qatoridan  G‘arbiy  Yevropa 
mamlakatlari  –  Fransiya,  Buyukbritaniya,  GFR  va  Janubiy-Sharqiy  Osiyoda  – 
Tailand,  Singapur  va  Filippin  joy  oldi.  Ulardan  keyin  Avstraliya  va  Kanada  keladi. 
1989  yil  Xitoyga  kelishlar  soni  keskin  kamaydi.  Bir  vaqtning  o‘zida  turistlarning 
kirish  oqimi  tarkibida  o‘zagarishlar  ko‘zga  tashlandi.  Ikki  yil  o‘tib  turistik 


                      
147 
almashinuv  yangilandi.  Xitoyga  turistik  oqimlarni  ta’minlab  turgan  mamlakatlar 
qatoriga  Malayziya,  Koreya  Respublikasi,  Mo‘g‘iliston  va  MDH  mamlakatlari 
qo‘shildi. 
Xitoy  asta-sekin  ichki  hududiy  turizm  ustunligiga  erishishni  mo‘ljallab  bordi. 
Bu  tendensiya  90-yillar  oxirida  ayniqsa  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  O‘shanda 
mamlakatga tevarak-atrofdan kirish turistik oqim 60 % ni tashkil etdi. 
O‘zgarishlar  nafaqat  XXP  dagi  turizm  geografiyasida,  balki  xorijiy  turistlar 
talablarida  ham  ro‘y  berdi.  Agar  ilgari  amerikaliklar  va  yevropaliklar  Pekin  - 
Shanxay – Sian – Gumlin yo‘nalishida sayohat qilishgan bo‘lsalar, XXR sarhadlarini 
tark  etgan  ba’zilari  Syangan  (Gonkong)  orqali  yana  Guanjouga  ham  tashrif 
buyurdilar.  Keyingi  yillarda  Pekindan  boshqa  bu  shaharlarga  qiziqish  sezilarli 
pasaydi.  Ammo  Xitoy  yovvoyi  tabiatdan  bahra  olish,  mamlakatda  o‘tkazilayotgan 
islohatlar  bilan  tanishish,  xitoyliklar  turmush  tarzi  bilan  tanishishini  istovchilar 
safarlari  ko‘paymoqda.  Xitoyning  mashhurligi,  turizm  industriyasini  har  qanday 
tashrif buyuruvchining xilma-xil istak – xohishlarini qondira olishi tufayli keluvchilar 
soni  yil  sayin  ko‘payib  bormoqda.  Agar  Xitoy  1990  yil  turistik  kelishlari  bo‘yicha 
dunyoda  12-o‘rinni  egallagan  bo‘lsa,  1995  yilda  8-o‘ringa  chiqdi,  1999  yilda  esa 
birinchi beshlikka kirdi. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda 1999 yili 14 mln. kelish 
qayd etildi. Syangan (Gonkong) qo‘shib hisoblanganda esa – 21 mln. ni tashkil qildi. 
Hozirgi paytda Xitoy bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Osiyo mamlakatlari ruyxati boshida 
turibdi. Uchinchi ming yillik boshida nafaqat Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, balki 
butun dunyoda yetakchilik qilish sari qadam tashlayapti. BTT prognozlari bo‘yicha, 
2020 yilga borib Xitoyda kirish oqimi (Syanganni qo‘shib hisoblanganda) 196 mln. 
ga yetadi, bu AQShga va Fransiyaga nisbatan 2 marta, Ispaniyaga qaraganda 3 marta, 
Italiya va Buyukbritaniyaga nisbatan 4 marta ko‘pdir. 
Xitoydan  tashqari  Osiyo-Tinch  okeani  hududida  Osiyo  yangi  industrial 
mamlakatlari  Syangan  (Gonkong),  Malayziya,  Singapur,  Tailand,  Koreya 
respublikasi,  Indoneziya  va  Tayvan  mamlakatlari  mashhur  turistik  yo‘nalishlarga 
aylanayapti. 
Ularning 
iqtisodiy 
yuksalishi 
keyingi 
paytlarda 
mintaqaga 
ishbilarmonlik  yuzasidan  tashrif  buyuruvchilarning  keskin  ko‘payishiga  imkon 
bermoqda. Xuddi ana shu ish yuzasidan turizm sohasi kengayishi mehmonxonalar va 
ko‘ngil ochar industriyaning taraqqiy etishiga turtki berdi. 
Bugungi kunda bu mamlakatlar (hududlar) eng avvalo o‘zining ekzotik tabiati, 
cho‘milish – plyajda dam olish imkoniyatlari bilan turistlarni jalb etmoqda. Bundan 
tashqari,  Syangan  va    Sigapur  a’lo  shopping  taklif  qilmoqda.  Tayland  eng  gavjum 
turistik  yo‘nalish  bo‘lib  qoldi.  Ayniqsa,  mamlakat  shimolida  ommaviy-madaniy 
safarlar  tashkil  etilishi  va  janubiy  qirg‘oq  buylarida  yangi  plyajlar  zonasi 
o‘zlashtirilishi  tobora  ko‘proq  sayyohlarni  chorlamoqda.  Koreya  Respublikasi, 
Tailand va Tayvanda ko‘ngilochar turizm yaxshi rivojlangan. 
Tashrif  buyuruvchilar  bo‘yicha  Yaponiya  hududning  o‘nlik  mamlakatlari 
qatoriga  kiradi.  U  turli  maqsadlarda  kelayotgan  turistlar  oqimini  dam  olish  va 
ko‘ngilxushliklar  uchun  keluvchilarni  ham  Yaponiya  ko‘ngil  ochish  industriyasi 
dunyoda  Amerikadan  keyin  ikkinchi  deb  tan  olingan.  Shuni  ta’kidlash  kerakki, 
hududda turistik biznes rivojlangan va industrial mamlakatlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan 


                      
148 
hamda  muvaffaqiyatli  faoliyat  ko‘rsatayapti.  Vetnam,  Laos,  Kambodja,  Mug‘iliston 
barcha urinishlariga qaramay juda kam bozor ulushiga ega. 
Osiyo  –  Tinch  okeani  mintaqasida  turizmning  chiqish  va  kirish  bozori  ba’zi 
to‘xtalishlar  bilan  yetakchilar  ro‘yxatida  o‘rnini  boy  bergan  mamlakatlarda 
shakllanmoqda.  Turistlar  jo‘nab  ketishi  soni  bo‘yicha  birinchi  o‘rinni  uzoq  vaqtdan 
buyon  Yaponiya  egallab  kelmoqda.  Osiyo  –  Tinch  okeani  mintaqasidan  va 
chiqishlarning uch qismi uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Har yili yaponlar xorijga 30 
mln.  safar  uyushtirishayapti.  Jumladan,  turli  baholashlar  bo‘yicha,  60  %  dan  80  % 
gacha ko‘ngilxushlik – harid, tabiat qo‘ynida dam olish, tarixiy – madaniy, diqqatga 
sazovar joylar bilan tanishish, madaniy – tomosha tadbirlari, sport bilan shug‘ullanish 
uchun safarga chiqilayapti. 
Dam olish va ko‘ngil ochish ehtiyojlarini qondirishni yaponlar mamlakatni tark 
etmasdan  amalga  oshirishayapti  yoki  yaqin  msofada  Xitoy,  Syangan,  Koreya 
respublikasi,  Singapurda  sayohat  bilan  o‘tkazishapti.  Bir  vaqtning  o‘zida 
Yaponiyaning  hududlararo  turistik  aloqalari  mustahkamlanayapti.  Yaponiyadan 
AQShga  qit’alararo  turistik  oqim  eng  intensiv  hisoblanadi.  Ammo  biroq,  umumiy 
olganda uzoq safar, ayniqsa Yaqin Sharq mamlakatlari, Afrika yoki Janubiy Osiyoga 
borish  aholi  o‘rtasida  unchalik  mashhur  emas.  BTT  ma’lumotlariga  qaraganda, 
Osiyo-Tinch  okeani  hududida  ichki  yo‘nalishdagi  o‘nlikka  kiruvchi  Yaponiyadan 
turistik oqimlar kattaroq qismni tashkil qiladi. 
Aholi  o‘rtasida  muntazam  o‘tkazilayotgan  so‘rovlar  Yaponiyada  uzoq 
turizmning  rivojlanishiga  to‘sqinlik  qilayotgan  omillarni  aniqlash  imkonini  beradi. 
Amerikaliklar  singari  kunchiqar  mamlakat  aholisi  uzoqqa  safar  qilishga  pul 
mablag‘lari  yetarli  emasligi,  shaxsiy  xavfsizligiga  tahdid  mavjudligini  sabab  qilib 
ko‘rsatadilar. Ammo yaponlarda sayohat yo‘nalishini tanlashda milliy pazandalikdagi 
farq va mavjud til to‘siqlari ko‘proq tashvish uyg‘otadi. So‘rovlar chog‘ida 37 va 36 
% so‘raluvchilar ana shuni bosh to‘siq sifatida vaj qilib ko‘rsatishgan. 
Hududdagi  ayrim  mamlakatlarda  aholining  yaqin  joylarga  safarni  ma’qul 
ko‘rishlari  Yaponiyaga  qaraganda  yanada  yorqinroq  aks  etgan.  90-yillar  oxirida 
Malayziya chiqish turistik bozorining 90 % safarini qo‘shni Singapurga borish tashkil 
etgan. Keyingi 15-20 yillar davomida Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo va Okeaniya 
ichki  hududiy  turistik  oqimi  mamlakatlar  o‘rtasida  iqtisodiy-madaniy  aloqalarning 
mustahkamlanishi natijasida og‘ishmay kengayib borayotir. 
XX  asr  oxirida  har o‘n  safarning  yettitasi hudud ichida    amalga  oshirilgan va 
faqat uchtasi – undan tashqariga, asosan Yevropa va Amerikaga uyushtirilgan.  
1997-1998  yillar  Osiyo-Tinch  okeani  mintaqasi  uchun  juda  og‘ir  davr  bo‘ldi. 
Jahon  moliyaviy  inqirozi  –  krizisining  asosiy  zarbasi  Osiyo  mamlakatlari  boshiga 
tushdi.  Turizm  sohasida  ichki  hududda  turistik  almashinuvda  faol  ishtirok  etgan 
mamlakatlar  ayniqsa  kuchli  jabr  ko‘rdilar.  Singapur,  Syangan,  Avstraliya, 
Indoneziya, Yangi  Zelandiya, Yaponiyada kelishlar soni qisqardi. 
Shu bilan birga olis xorijdan turistlar qabul qilishni mo‘ljallangan mamlakatlar 
yangi sharoitlarga oson ko‘nikdilar. Turistik paketlarga maxsus narx belgilashib, ular 
Yevropa va Shimoliy Amerikadan ko‘proq turistlarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lindi. 
Janubiy  Koreya  esa  milliy  valyuta  devalvatsiyasidan  keyin  shop-turistlar  uchun 
haqiqiy savdo jannatiga aylandi. Tailandda hukumat darajasida o‘ylangan va qo‘llab-


                      
149 
quvvatlangan  global  reklama  aksiyasi  yaxshi  natijalar  berdi.  Osiyo  –  Tinch  okeani 
hududida  xalqaro  turizm  bozorining  bir  tekis  rivojlanmaganligi  uning  holatini 
prognoz  qilishni  qiyinlashtiradi.  Shunga  qaramasdan,  BTT  ekspertlari  ichki  va 
hududlararo  turistik  almashinuvlarning  jonlanishiga  umid  bildirmoqdalar.  Ular 
uchinchi ming yillikning birinchi o‘n yilligida Sharqiy va Janubiy – Sharqiy Osiyo va 
Okeaniya jahonda eng tez o‘sayotgan turistik hudud sifatida o‘z o‘rnini saqlab qoladi 
deb hisoblamoqdalar. 
 
Xalqaro turizm tarkibida eng jiddiy o‘zgarish keyingi 10 yilda Afrika qit’asida 
ro‘y berdi. 80-yillarda mustahkam aloqa o‘rnatilgan hududlardan, avvalo Yevropadan 
tashrif  buyurayotgan  turistlar  kelishi  ichki  hududiy  safarlar  ulushidan  yuqori 
bo‘lgandi. 90-yillarda Afrikada ichki hududiy almashinuv Yevropa bilan mustahkam 
yaqinlik asosida  ustunlikda davom etdi. 2000 yilda Afrikaga kelishlar soni 25 mln.ni, 
shu jumladan, Afrikaning o‘zidan 10,5 mln., Yevropadan 9 mln. va jahonning boshqa 
hududlaridan 5,5 mln. ni tashkil etdi. 
Xalqaro turizm bozoriga Shimoliy-Sharqiy va Janubiy Afrika – Misr, Tunis va 
Marakko mamlakatlari jalb etildi. Bunda cho‘milish – plyaj va olamni bilish turizmi 
qo‘l  keldi.  Zimbabve  va  Keniya  ko‘p  sonli  milliy  parklarga,  qo‘riqxonalar,  ov 
rezervatlariga  va  Janubiy  Afrika  respublikasiga  safarlar  uyushtirdi.  Irqchilik  rejimi 
qulagach, «qora qit’a» turistik yo‘nalishlarga aylandi. 
Uning  yumshoq  tropik  va  subtropik  iqlimi,  quyoshning  mo‘lligi  hayratomuz 
go‘zal  manzaralari  hech  kimni  befarq  qoldirmaydi.  Ayrim  ma’lumotlar  bo‘yicha 
JARning  tugab  borayotgan  oltin  zahiralari,  qazilma  boyliklari  sanoati  keltirayotgan 
daromadning o‘rnini mamlakatga turizmdan kelayotgan valyuta oqimi to‘ldiradi. 
Afrika  boy  tabiati  va  madaniy  potensiali  bilan  xalqaro  turizmning  bundan 
keyin  ham  rivojlanishiga  katta  umid  bog‘layapti.  Ammo  xalqaro  turistik 
almashinuvda  o‘z  ishtirokini  kengaytirishni    istagan  mamlakatlar  tomonidan 
infratuzilmada  turistik  xizmat  ko‘rsatishdagi  qoloqliklarni  bartaraf  etishlariga, 
terrorizm xavfiga, jinoyatchilik darajasini kamaytirishga qaratilgan choralar ko‘rilishi 
kerak. 
Yaqin Sharq dam olish va ko‘ngil ochish turizmi bozorida ikkinchi darajali rol 
o‘ynaydi.  Keyingi  vaqtlarda  turistik  kelishlar  tez  o‘sayotganiga  qaramay,  uning 
rivojlanish  istiqbollari  noaniqligicha  qolmoqda.  Bu  ko‘p  jihatdan  arab-isroil 
nizolarining  tinch  yo‘l  bilan  hal  etilishiga  va  xududda  siyosiy  barqarorlikka 
erishilishiga bog‘liq. 
Janubiy  Osiyo  uchun  prognozlarni  ham  unchalik  umidbaxsh  deb  bo‘lmaydi. 
2020 yilgacha bu yerda mavjud qoloqlikni bartaraf qilib bo‘lmaydi. BTT ekspertlari 
Janubiy  Osiyo  mamlakatlariga  hududlararo  Yevropa,  Shimoliy  Amerika,  Osiyo  – 
Tinch  okeani  hududi  yirik  chiqish  turizmi  tajribalari  asosida  uzoq  safarlar 
marketingini kuchaytirishga e’tibor berishni tavsiya etadi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish