O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Turoperatorlik  sektori.
  Operatorlik  sektorida  takliflar  xususiyatlarini  havo 
transportidan  foydalanib  turistik  safarlar  tashkil  etuvchi  firma  misolida  ko‘rib 
chiqamiz. Ular Yevropada 1950-yillar boshida paydo bo‘lgandi. Bu davrda ko‘pchilik 
aviakompaniyalar  mashina  parklarini  urushdan  qolgan  uchuvchi  texnika  hisobiga 
kengaytirib,  o‘tkaziladigan  o‘rindiqlarni  to‘ldiraolmaslik  muammosiga  duch 
kelishgandi. Yangi sharoitda turoperatorlar aviatashish bozoriga ulgurjichilar sifatida 
chiqishdi.  To‘lmay  qolgan  o‘rinlarni  butun  bloklari  bilan  chegirma  asosida  sotib 
oldilar.  Ularning  narxi  e’lon  qilingan  aviatariflardan  ancha  past  edi  va 
aviakompaniyalar  chiqimlari  o‘zgarishida  past  darajagacha  tushishi  mumkin  edi, 
qaysikim  umumiy  hajmda  ma’lumki,  chiqim  kam.  Har  bir  aniq  vaziyatda  so‘nggi 
qat’iy  narx  turoperatorni  avikompaniya  vakili  bilan  savdolashgan  muzokarasidan 
keyin  e’lon  qilinardi.  Sotish  bozorini  saqalsh  maqsadida  qaysikim  aviabilet  to‘liq 
narxda  realizatsiya  qilinadi,  aviakompaniya  o‘rinlarni  vositachilarga  qayta  sotish 
shartini  qo‘yaboshladi.  O‘sha  shartlardan  ayrimlari  hozirgi  kungacha  ham  amal 
qilayapti. Muhimi shundaki, aviatashish xizmatlar paketiga qo‘shilgan bo‘lishi kerak 
va uning ajralmas qismi sifatida joylashtirish, ovqatlanish, sayr-tomosha va boshqalar 
bilan  birga  sotilishi  lozim.  Bu  turoperatorlarni    pekidj-turlar  tashkil  qilish  bilan 
shug‘ullanishga majbur qildi. Ularni amalga oshirishning barcha  tijoriy qaltisliklarini 
turoperatorlar o‘z zimmalariga oldilar. 


                      
138 
Xizmatlar paketini shakllantirishda turoperatorlar joylashtirish korxonasi bilan 
tijoriy  aloqalarni  yo‘lga  qo‘yadilar.  Ular  bilan  ishlash  tashuvchilar  bilan  ishlash 
singari shartnoma prinsiplariga quriladi. Shartnomaning bir necha tiplari mavjud: 

 
30-80  %  kafolat  bilan  to‘ldiriladigan  o‘rinlar  kvotasi  haqida  shartnoma. 
Bunga  ko‘ra  firma  oteldan  ma’lum  o‘ringa  kvota  oladi.    Kelishilgan 
muddatda ularning ajratilgan soniga to‘ldirilganidan qat’iy nazar 30 % dan 
80  %  gacha  to‘lash  majburiyatini  oladi.  Qolgan  kvotalar  bo‘sh  qolgan 
hollarda bekor qilinishi mumkin. O‘z navbatida otel firma uchun turistlarni 
joylashtirishga imtiyozli narxlar belgilaydi; 

 
o‘rin  kvotalari  kafolatsiz  to‘ldirilgani  haqida  shartnoma,  yuqorida  ko‘rib 
chiqilganidan farqli ravishda bu shartnoma otel va turistik firma o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlarni yumshoqroq shaklda mutahkamlaydi. U uni taqdim 
etilgan  o‘rinlarni  to‘ldirish  majburiyatidan  ozod  etadi  deb,  zarurat  tug‘ilsa 
ularni bekor qiladi, lekin otel bilan odatdagi tariflarda hisob-kitob qiladi; 

 
o‘rinni  to‘liq to‘lagan holda qat’iy  ajratilgan  o‘rinlar kvotasi uchun otelga 
to‘liq 
to‘lovni  kafolatlaydi,  hatto  ulardan  foydalanilmasa  ham, 
joylashtirishning narxini pasaytirish uchun savdolashadi.  
Tomonlar  narxlarni  muhokama  qilish  va  kelishuv  chog‘ida  shuningdek 
mavsumiylik omillarini (mavsumiy va nomavsumiy narxlar o‘rtasidagi farq 20-25 % 
ga  yetadi),  otel  yuklanish  darajasi,  operatsiyalar  umumiy  hajmi,  aloqalar  harakteri 
(bir martali yoki uzoq muddatli hamkorlik) va boshqalarni ham hisobga oladilar. 
Amalda  turistik  xizmatlarni  amalga  oshirish,  ayniqsa  pekidj  turlarni,  turistik 
firmalar  o‘rtasidagi  shartnomalarni  istiqbolli  ko‘rinish  olish  ahamiyatiga  ega. 
Qaysikim, tashabbuskorlik (yo‘naltiruvchi) va resiptivli (qabul qiluvchi) ga bo‘linadi. 
Qabul  qiluvchi  mamlakatlarning  turoperator  bilan  hamkorligi  ko‘pincha  turistik 
korxonalar  bilan  bevosita  aloqalarga  qaraganda  qulayroq  bo‘lib  chiqadi.  Ichki 
bozorda ishlash tajribasiga ega jiddiy mahalliy firma o‘z mamlakatida turstik xizmat 
ko‘rsatish  kompleksiga  juda  jalb  etuvchi  narxlar  taklif  etishi  mumkin,  shuningdek 
vizaviy  qo‘llab-quvvatlanishi  ta’minlaydi.  Pekidj-turni  uzil-kesil  rasmiylashtirishda 
jo‘natuvchi  turtashkilotchiga  faqat  u  sotib  olgan  xalqaro  tashish  xizmatlarini 
to‘ldirishgina  qoladi.  Shartnoma  teroperator  ishini  sezilarli  soddalashtiradi  va  uni 
daromadliroq qiladi. 
Muntazam  reyslarga  o‘rinlar  blokini  sotib  olishni  boshlar  ekan,  turoperator 
asta-sekin  xususiy  charter  dasturini  amalga  oshirish  uchun  butun  samolyotlarni 
ijaraga olishga o‘tdi. Transport vositalarini ijaraga olish haqida shartnoma tuzar ekan, 
ulgurjichilar  aviakompaniyalardan  xalqaro  tashishlarga  sezilarli  chegirma  olishga 
intiladilar.  Aviatarifni  kamaytirish,  ba’zan  safar  qiymatining  2/3  yetadi,  ularga 
raqobatbardosh narxga ega bo‘lish imkonini beradi. 
Shunga  qaramay,  aviacharter  operatsiyalari  yuqori  darajada  qaltislikka  ham 
ega.  Har  bir  turistik  firma,  hamma  vaqt  ham  samolyotni  to‘liq  yo‘lovchi  bilan 
ta’minlay olmaydi, bu esa uning uchun moliyaviy yo‘qotish demakdir. Buning uchun 
keng va barqaror bozor zarur, qaysikim bunga yirik ulgurjichilargina egadir. Ammo 
biroq  kichik  va  o‘rta  turoperatorlar  ham  ma’lum  shartlar  bilan  aviacharterlardan 
foydalanishi mumkin. Ijaraga olingan samolyotning egasi tez-tez mavjud o‘rinlarning 


                      
139 
bir  qismini  pudrat  shartnomasi  asosida  boshqa  turistik  firmalarga  beradi.  Bunda 
tashish bahosi oshsada, baribir pudratga oluvchi uchun foydalidir. 
Muvaffaqiyatli  charter  dasturlari  juda  ko‘p  turoperatorlarga,  ayniqsa 
Buyukbritaniya, Skandinaviya mamlakatlari va Germaniyada samolyotlar sotib olish 
va  dasturlarni  xususiy  aviatransportlarda  davom  ettirish  imkonini  berdi.  Yirik 
turopeatorlar  shuningdek  avtobuslariga  ham  ega  bo‘lishdi,  ular  sayr-tomosha 
ob’ektlari, ba’zan joylashtirish vositalariga ham egalik qilishadi. 
Turistik  xizmatlar  paketiga  narxlar  kalkulyatsiyasi  masalasi  alohida  ko‘rib 
chiqishga  loyiq.  Amalda  turoperatorlar  narx  shakllanishining  uch  usulidan 
foydalanishadi:  chiqim  mo‘ljali  bilan,  talabga  va  raqobatga  qarab.  Birinchi  usul 
bo‘yicha  narx  to‘liq  summa  sifatida  hisoblanadi,  turistik  mahsulot  ishlab  chiqarish 
chiqimli  va  daromad  chiqimdan  ziyod  foiz  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Ikkinchi  usul 
narxni belgilash va talabni baholash va o‘rganishga asoslangan. Bu konkret maqsadli 
bozor uchun ma’quldir. Narxlarni mo‘ljal bilan kalkulyatsiyalashda raqobatga kirish 
o‘xshash  turlarga  narx  darajasi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bunday  yondoshuv  juda  jalb 
qiluvchi va o‘sha turoperatorlar uchun qulaydir.  Chunki ular o‘z xususiy  marketing 
tadqiqotlarini  o‘tkazish  imkoniga  ega  emaslar.  Har  uchala  usul  ham  oqilona 
qo‘llanganda  raqobatga  dosh  beradigan  narx  belgilashga  yordam  beradi,  iste’mol 
talablarini rag‘batlantiradi va sayohat tashkilotchisiga daromadni ta’minlaydi. 
Turistik  mahsulotga  narx  belgilash  bir  qator  qiyinchiliklar  bilan  kechadi,  bu 
noaniqlik omillaridan kelib chiqadi va iste’molchiga ma’lum qilinadi, qaysikim uning 
hamma  jihatlari  ham  ma’lum  emas.  Shuning  uchun  turoperator  taxminiy 
baholashlarga  tayanadi.  U  oldindan  turistlar  tashish  va  joylashish  vositalariga 
yuklanish  foizini  hisoblab  chiqishi,  valyuta  kursini  aniqlashi  lozim.  Valyuta  kursi 
xorijiy  sheriklar  bilan  hisob-kitob  qilishda  e’lon  qilinadi  va  bozordagi  narx  bilan 
muvofiqlashtiriladi.  Yo‘l  qo‘yilgan  noaniqliklar  bevosita  firma  moliyaviy 
ko‘rsatkichlarida  aks  etadi.  Zararga  yo‘l  qo‘ymaslik  uchun  turoperator  boriladigan 
mamlakat pul birligida narx belgilashi mumkin, qonunchilikda ruxsat berilgan bo‘lsa, 
muddatga  valyuta  sotib  oladi,  yoki  boshlanishda  sotish  narxi  uzil-kesil  emasligini 
ko‘rsatadi. Yuklanish koeffitsiyentini aniqlash bilan bog‘liq qaltisliklar qisman narx 
ustiga qo‘yiladi. 
Avia  uchishlar  bilan  safarlarga  ixtisoslashgan  bir  klassik  operator  xo‘jalik 
faoliyati  natijalarini  ko‘rib  chiqamiz.  Aviatashish  va  joylashtirish  harajatlarning 
asosiy statiyasi hisoblanadi. Chiqimning xuddi shu turi turoperator taklifini aniqlaydi. 
Turoperator pekiej turni iste’molchi uchun maqbul keladigan narx belgilabgina 
amalga oshirishi  mumkin. Agar  turistik  xizmatlarni  butun  paketini  sotib olish uning 
tarkibiga  kiruvchi  alohida  xizmatlarni  sotib  olishdan  ma’qulroq  bo‘lsa,  oldi-sotdi 
dalolatnomasi tuziladi. Amalda yutuq 15-40 % ga yetadi, ba’zan esa undanda ko‘proq 
bo‘ladi.  
Pekidj 
–  tur  raqobatbardoshligi  yetkazib  boruvchilar  taqdim  etadigan 
xizmatlarga  ulgurji  chegirmalar  tufayli  ta’minlanadi.  Ammo  vaqti-vaqti  bilan, 
ayniqsa  nomavsumda  aviakompaniyalar  va  joylashtirish  vositalari  belvosita 
kanallardan  foydalanish  rad  etishadi.  O‘z  xizmatlarini  to‘liq  narxda  bevosita 
iste’molchilarga  sotishni  ma’qul  ko‘rishadi.  Tegishli  ravishda  bozorda  turoperator 
xulqi o‘zgaradi. 


                      
140 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish