Turist-sayyohning o‘tadigan mamlakati. Uning ijtimoiy-madaniy qiyofasi sayyohning harid xohishiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, sayyoh o‘tadigan mamlakat bilan «valyuta almashinish samarasi» degan gap bog‘liq. U ko‘p hollarda u yoki bu mamlakatda bo‘lish istagini belgilaydi. Agar allaqachon tanilgan bo‘lsa, sayyoh tomonidan rivojlantirilgan harajatlar hajmini belgilaydi. Bu avvalo dollar, yoki yevro muomilada bo‘lgan mamlakatlarga, yaqindan buyon esa
Yaponiyaga taaluqlidir;
Rayon va dam olish joyi. Italiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, san’at shaharlari bo‘ylab safar turistlarga dengizda, tog‘ yoki ko‘lda dam olishga nisbatan qimmatga tusharkan. Harajatlar kattaligi shuningdek turistik markazlar bo‘yicha ham farqlanadi. Venesiyada u odatda Paduye va Veronga nisbatan yuqori;
Joylashtirish tipi. Harajatlar hajmi joylashish turiga (otel, kemping, sayyohlar qishloqchasi va boshq.) va uning kategoriyasi – toifasiga bog‘liq;
Do'stlaringiz bilan baham: |