O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 0,65 Mb.
bet54/209
Sana16.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#373080
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   209
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Jadval 10




Turizmda statistik kuzatish joyini tanlash


































Kuzatish joyi













Territoriya













Yopiq













Ochiq




Katta




Kichik




Katta

Kichik




Mam-

Orol




Turistlar




Rayon




Shahar

Turistlar




lakat







ko‘proq













ko‘proq













boradigan










boradigan joy













joy
















Kirish (chiqish)

ha

ha




yo‘q




yo‘q




yo‘q

yo‘q

punktlari




























Transport

ha

ha




yo‘q




yo‘q




yo‘q

yo‘q

vositalari




























Joylashtirish

yo‘q

ha




yo‘q




ha




ha

yo‘q

vositalari




























Ko‘rsatish

yo‘q

ha




ha




ha




ha

ha

ob’ektlari




























Manba: A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004.
Yo‘llarda tekshirish masalalari uchun kuzatuv joyi boshqacha hal etiladi. Bunda kuzatuv chog‘ida o‘tayotgan yo‘lovchi avtoransport hisobiga olinadi. Ularning raqam belgilariga qarab qaysi mamlakatga tegishli ekanliklari aniqlanadi va sayohatchilarni anketalashtirish amalga oshiriladi. Bu jarayonda markaziy muammo shundan iboratki, yo‘llarda ushlanib qolishni minimum darajaga tushirish talab etiladi. Bunday kuzatuvlar dam olish uchun to‘xtash joylarida, yonilg‘i qo‘yish shahobchalarida, avtostansiyalarda, avtoturistlar ovqatlanadigan punktlarda, mashinalar to‘planib qoladigan joylar (ko‘priklar, transmilliy tiqinlari hosil bo‘lgan va h.k.) da tashkil qilinadi.
Statistik kuzatuv natijasida qayta ishlanishi, har xil ma’lumotlarni tekshirib, taqqoslab ko‘rish, birlashtirish, zarur bir uyum xom ashyo hosil bo‘ladi. To‘plagan statistik axborotlar sistemalashtiriladi, klassifikatsiya (guruhlanadi). Umumiy va guruhiy yakunlar chiqariladi (o‘rtacha, nisbatan kattalik). materiallarni ishlashni ilmiy tashkil etish, ma’lumotlar bo‘yicha kuzatuvning alohida birliklarini, umumiy ko‘rinishlarini harakterlashga imkon beradi. Qayta ishlangan axborotlar keyin tahlil

75


etiladi. Tahlil chog‘ida dalillarga mustahkam poydevor qo‘yiladi, xulosalar chiqarish va aniq amaliy takliflarni ishlab chiqish uchun zamin yaratiladi. Ba’zan statistik tadqiqotlar statistik ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi.
Statistik kuzatuv xatolari va kuzatuv materiallari ustidan nazorat. Statistik kuzatuvlarning sinchiklab ishlab chiqilgan rejasi turizm haqida ishonchli ma’lumotlar olishning garovidir. Lekin u qanchalik ikir-chikirigacha puxta o‘ylanmasin va hisobchilar yo‘l – yo‘riqga amal qilishga qanchalik intilishmasin har qanday statistik kuzatuvda xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Xato va kamchiliklar turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Jamlangan kelishuv natijasida, umumlashtirishda, formulyarni notug‘ri to‘lg‘azilganda, so‘raluvchilar eslatgan dalillar yoddan chiqqanda va h.k.
Statistikada hamma xatolar oldindan ko‘zda tutilgan va ko‘zda tutilmaganlarga bo‘linadi. Keyingisi o‘z navbatida tasodifiy xol yoki sistematik harakter kasb etadi. Tasodifiy xato javob beruvchi aybi bilan ham, qayd etuvchining yozuvda adashishi, kelishuvi, bilimsizligi va boshqalar oqibatida ham ro‘y beradi. Bular kuzatuv natijalariga jiddiy ta’sir o‘tkazmaydi. Chunki bunday xatolar ko‘pincha bir xilda kamaytirib ko‘rsatishda ham, ko‘paytirib, bo‘rttirib ko‘rsatishda ham uchraydi va keng qamrovli kuzatuvda yutilib ketib, betaraflanib qoladi.
Ko‘zda tutilmagan sistematik nuqsonlar, xatolar asosan so‘rovlarda umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar hisobiga paydo bo‘ladi (tashrif buyuruvchining yoshi, uning daromadi, tunash sonlari va shunga o‘xshashlar). Ko‘pincha yoshni qayd etishda oxiri 0 yoki 5 bilan tugaydigan umumlashtirishlar ko‘zga tashlanadi. Misol uchun, yozuvlarda 40 yoshli turistlar 39 va 41 yoshlilardan ko‘p uchraydi. Bu hodisa statistikada yoshlarning akkumulyatsiyasi deb nom olgan. Bu xatolar to‘plangan statistik materiallarni qayta ishlashda tuzatilmoqda.
Ko‘zda tutilgan xatolar, nomidan ham ko‘rinib turibdiki, so‘raluvchining ongli ravishda haqiqatni yashirishidan paydo bo‘ladi. Bu xatolar bir yo‘nalishda ma’lumotlarni uning kattalik ko‘rsatkichlarini buzib, pasaytirib ko‘rsatadi (masalan, turistik firmalar oboroti). Ko‘zda tutilgan xatolar statistik tadqiqotlar uchun juda xavfli. Ularni aniqlash va tuzatish uchun ozmuncha kuch talab etilmaydi.
Statistik formulyarlardagi axborotlarning to‘g‘riligi mantiqiy va arifmetik yo‘llar bilan tekshirib ko‘riladi. Mantiqiy nazorat chog‘ida qo‘yilgan savollarga javoblarning mosligi yoki dasturning turli savollariga javoblar o‘rtasidagi moslik aniqlanadi. Masalan, «Safardan maqsad» grafasida «Amerikalik» deyilgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan tushunarliki javob savolga to‘g‘ri kelmaydi, xato esa, boshqa grafaga yozuv tufayli kelib chiqqan.
Umumiy yig‘indi sifatida olingan javoblar, xilma-xillik yozuvlari yoki boshqa ko‘rsatkichlar qismi (turistik harajatlar va ularni statiyalar bo‘yicha bo‘linishi, shuningdek sayohat kunlari bo‘yicha) mantiqiy nazorati hisoblashning to‘g‘riligini tekshirish orqali tahlil etiladi.
Hammasini emas (tanlangan) tadqiqotlar paytida ularning xususiyatiga ko‘ra, yuqorida ko‘rib chiqilgan qayd qilingan xatolardan tashqari, reprezentativ (taqdim etilgan) xatolar ham uchraydi. Ular kuzatuv birligini noto‘g‘ri tanlash chog‘ida paydo bo‘ladi.

76


Aniqlangan barcha xatolar iloji boricha tuzatilishi kerak. Buning uchun ko‘pincha nazorat so‘rovlari o‘tkazishga telefon, pochta orqali so‘rovlar olishga to‘g‘ri keladi. BTT ekspertlarining fikricha, qimmat turadigan tekshirishlar chog‘ida xatolar 5 % dan, pilotaj tadqiqotlar chog‘ida 13 % dan oshmasligi zarur.
To‘plangan axborotlar solishtirib ko‘rilgandan keyin keyingi qayta ishlashlarga tayyorlanadi. Ular jadvallarga ko‘chiriladi. So‘ngra boshqa statistik ko‘rsatkichlarning asosiy ahamiyati va o‘rtacha kattaligini hisoblashda foydalaniladi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish