Turistik agentlik (agentlar). Ular vatandoshlari yoki chet ellik sayohatchilarga shaxsiy notijoriy iste’mol uchun turistik xizmatlarni chakana sotuvchilar sifatida chiqishadi. Chakana turagentlik turoperatorning turistik mahsulotlarini realizatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, ular juda ko‘p boshqa xizmatlar–masalan, mehmonxonaga joylashtirish, restoranda ovqatlantirish, transportda tashish, teatr – tomosha tadbirlari bilan shug‘ullanadilar. Ularning asosiy daromad manbai bo‘lib sotilgan xizmatlarga yetkazib beruvchilar to‘laydigan komission taqdirlash hisoblanadi.
Turagentliklar turli mamlakatlarda amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxs sifatida rasmiylashtiriladi. Ular hududi bo‘yicha uncha
katta bo‘lmagan bozorda ishlashadi. Katta bo‘lmagan aborotga ega bo‘lishadi turistik bozor konyukturasi va turoperatorlar hamda transport kompaniyalari siyosatiga kuchli bog‘liq bo‘ladi.
Turoperator va turagentlikning turistik bozordagi o‘rni quyidagi 27 jadvalda namoyish etilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |