Iqlimiy kurortlar ham iqlimning o‘zi singari xilma-xildir. O‘rmon, yalanglik, tog‘, dengiz bo‘yi, iqlim-qimiz-davo – kabi noyob iqlim – ob-havo omillari (harorat, atmosfera bosimi, quyosh nurlanishi va h.k.) bebaho shifodir. Ulardan davolash – profilaktika maqsadlarida keng foydalaniladi. Bu omillar uyg‘unligiga qarab kurort ixtisosi belgilanadi. Agar o‘rmon kurortlari ular uchun harakterli kontinental iqlim bilan bog‘liq asosan yuqori nafas yo‘llari kasalliklaridan azob chekayotganlarni qabul qilsa (astma, asab tizimi buzilishi), tog‘ kurortlari kamqonlik va tuberkulyoz kasalligi boshlanishida tavsiya etiladi (chizma 3).
Do'stlaringiz bilan baham: |