O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi


ERON, OZARBAYJON VA AFG’ONISTON ARXITEKTURASI



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/51
Sana13.01.2022
Hajmi5 Mb.
#358634
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
Bog'liq
arxitektura tarixi

 
ERON, OZARBAYJON VA AFG’ONISTON ARXITEKTURASI 
 
Eron,  Ozarbayjon,  Afg‘oniston  va  O‘rta  Osiyo  davlatlari  arxitekturasi  sohasida 
qadimdan  boy  an‘analar  va  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  edilar.  IX  asrdan  boshlab  bu 
davlatlar Arab xalifaligi ta‘sir doirasidan chiqib, mustaqillikni qo‘lga kiritdilar. 
Bu davlatlarda islom dinining qabul qilinishi bilan islomgacha bo‘lgan davrdagi turli 
diniy sajdagohlar masjidlar sifatida qayta quriladi. Ilk musulmon masjidlari gumbaz bilan 
yopilgan  kvadrat  shaklidagi  ochiq  ayvonlardan  iborat  edi.  Bunday  inshootlarning  bir 
tomoni  devor  bilan  yopilib,  mehrob  joylashtirilgan.  Keyinchalik  bunday  inshootlar 
bo‘ylama o‘qi bo‘yicha ustunli keng ayvon va xonalar qurilgan- Shunday qilib, gumbazii 
inshoot  va  ustunli  xonalar  uyg‘unlashib  birlashgan  va  yangi  turdagi  diniy  bino  hosil 
bo‘lgan. 
Isfaxon shahrida IX asrda qurilgan Juma masjid shu turdagi binolar ichida eng yaxshi 
namunalaridan hisoblanadi. Umumiy o‘lchamlari 170x140 metrni tashkil qiluvchi masjid  
kompleksi  to‘g‘ri  to‘rt  burchakli  ichki  hovli  atrofida  qurilgan  gumbazii  masjid,  masjid 
atrofidagi  ayvon,  madrasa  va  boshqa  binolardan  tashkil  topgan.  Aspsiy  masjid 
kompozitsion  jihatdan  bosh  simmetriya  o‘qi  bo‘yicha  joylashib,  katta  mehrob  tokchasi 
bilan bezatilgan. Kompleks tarkibida XI asrda qurilgan Gumbegi-Xoki kichik masjid o‘z 
tuzilishi  bilan  Eron  arxitekturasining  durdonalaridan  hisoblanadi.  Bu  bino  tektonik  aniq 
tuzilishi,  uyg‘unlashgan  mutanosibliklar  va  ravoqli  shakllar  nafisligi  bilan  ajralib  tutadi. 
Uch  qator  qilib  ishlangan  ravoqli  tokchalar  konstruktiv  jihatdan  gumbaz  aylanasidagi 
kuchlanishlarni to‘rt burchak asosga o‘tkazish uchun xizmat qilib. kompozitsion jihatdan 
binoning asosiy badiiy ifodalanish vositasi sifatida xizmat qiladi. 


 
69 
Ichki hovli atrofini ayvonlar bilan o‘ralgan kompozitsion usul masjidlardan tashqari 
madrasa va karyonsaroy binolarida hamda boshqa turdagi imoratlarda keng qo‘llaniladi. 
Maqbaralar kompozitsion tuzilishi esa asosan markaziy-gumbazli kompozitsion usul 
asosida shakllanyapti 305-yilda Sultoniya shahrida qurilgan Uljayt Xodabendi maqbarasi 
shu  turdagi  eng  mashhur  binolardan  hisoblanadi.Uning  tarh  tuzilishi  sakkizburchak 
shaklga ega va diametri 24,5 metrli gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ikki qobiqdan tashkil 
topgan va ravoqlar orqali asosiy sakkizburchak ustiga o‘rnatilgan. 
Temuriylar  davri  yodgorliklaridan  Mashhad  shahrida  1419-yilda  qurilgan 
Gavharshod  masjidi  o‘zining  maftunkor  koshinli  bezaklari  bilan  ajralib  turadi.  Isfaxon 
shahrida I6l2-1637-yillarda Shoh Abbos tomonidan qurilgan Masjidi Shoh Erondagi eng 
yirik va mashhur yodgorliklardan hisoblanadi. 
Eronda  joylashgan  jamoat  binoljiridan  Raboti  Sharaf  karvonsaroyi  eng  mashhur 
yodgorliklardan hisoblanadi. Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan bu bino 1114— 1154-yiliarda 
qurilgan bo‘lib, ikkita to‘rtburchak ayvonli ichki hovli atrofida joylasitirilgan xonalardan 
iborat. 
Jamoat  binolaridan,  shuningdek,  Shoh  Abbos  davrida  bunyod  qilingan  Isfaxon 
yaqinidagi Ali Qopi saroyi va Chihil Sutun saroyini ko‘rsatib o‘tish joizdir. XVII asrda 
qurilgan  bu  saroylar  chorbog‘  o‘rtasida  qurilgan  bo‘lib,  ularning  shakli  va;andozalari 
Temuriylar bog‘-saroy ansambllariga o‘xshatilgan. 
Ozarbayjon arxitekturasi asosan Eron an‘analari asosida shakllanadi. Boku shahrida 
joylashgan  Shirvon  Shoh  kompleksi  XV  -  asr  o‘rtalarida  qurilgan  bo‘lib,  shoh  saroyi, 
masjid, minora va maqbaradan tashkil topgan- Kompleks tarkibidagi Devonxona alohida 
e‘tiborga  loyiqdir.  Ochiq  ayvonlardan  iborat  bo‘lgan  sakkizburchakli  imorat  baland 
gumbaz va chiroyli peshtoq bilan bezatilgan. 
Boku  shahrida  joylashgan  yodgorliklardan  yana  balandligi  26  metr  bo‘lgan  Qizlar 
minorasini  ko‘rsatib  o‘tish  mumkin.  Bu  minora  XII  asrda  qurilgan  bo‘lib,  o‘ziga  xos 
tuzilishga ega. 
Tarixiy va geografik jihatdan Afg‘oniston butun tarixi bo‘yicha O‘rta Osiyoda tashkil 
topgan  davlatlar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan.  Shuning  uchun  Afg‘oniston  arxitekturasi  O‘rta 


 
70 
Osiyo davlatlari arxitekturasiga xos bo‘lgan bino va inshootlar turlaridan tashkil topgan va 
arxitekturaviy kompozitsion shakllar umumiyligi bilan baholanadi. 
Afg‘onistonda  bunyod  etilgan  arxitekturaviy  yodgorliklardan  quyidagilarni  alohida 
ko‘rsatib  o‘tish  mumkin.  Balx  shahrida  IX  asrda  qurilgan  No‘h  Gumbaz  masjidi, 
Temuriylar  davrida,  ya‘ni  1460-yilda  qurilgan  Abu  Nasr  Porso  masjidi.  Hirot  shahrida 
qurilgan  Gavharshod  madrasasi  1437-yilda  qurib  bitkazilgan.  Jom  shahrida  XII  asr 
oxirlarida qurilgan minora balandligi 65 metrni tashkil qiladi. 
 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish