O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/51
Sana13.01.2022
Hajmi5 Mb.
#358634
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51
Bog'liq
arxitektura tarixi

QADIMGI RUS ARXITEKTURASI 
 
X  asrda  Sharqiy  Yevropada  slavyanlar  davlati  -  Qadimgi  Rus  tashkil  topdi. 
Slavyanlarning pravoslav dinini qabul qilishi Vizantiya bilan bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy  aloqalarning  kengayishiga  olib  keldi.  Qadimgi  Rus  madaniyati  va  arxitekturasi 
Vizantiya ta‘siri ostida shakllandi. 
X  -  XI  asrlarda  asosan  daryolar  bo‘ylarida  yog‘och  devorlar  bilan  o‘ralgan  Rus 
shaharlari shakllandi. Shahar ichida turarjoy uylari, knyazlar palatalari va boshqa imoratlar 
yog‘ochdan quriladi. Yog‘och Qadimgi Rus arxitekturasi uchun asosiy qurilish materiali 
bo‘lgan. 
Qadimgi Rus ibodatxonalari ham X asrgacha asosan yog‘ochdan qurilgan. X asrdan 
boshlab  Vizantiya  arxitekturasi  ta‘siri  ostida  salb-gumbazli  ibodatxonalar  qurilishi  keng 
tarqaladi va ular pishiq g‘isht va tabiiy toshdan quriladi. 
X - XI asrlar Kiyev Rusi madaniyati va arxitekturasining rivojlanish davriga aylandi. 
Bu rivojlanish asosan knyaz Yaroslav Mudriyning 1019 — 1054-yillarda davlatni oqilona 


 
35 
boshqarishi bilan bog‘liq. Bu davrda, ya‘ni 1037-yilda Kiyevda Sofiya sobori, 1036-yilda 
Chernigovda  Spaso-Preobrajenskiy  sobori  va  1045—1052-yfflarda  Novgorodda  Sofiya 
soborlari  qurilgan.  Bu  ibodatxonalarning  hammasi  salb-gumbazli  kompozitsion  usulda 
qurilib,  asosiy  gumbaz  yelkanli  konstruksiya  asosida,  yon  xonalar  (neflar)  silindrik 
gumbazlar  bilan  yopilgan.  Gumbazlar  asosan  ustunlar  va  tashqi  devorlarga  qo‘yilgan. 
Tashqi  devorlardagi  pilyastralar  gumbazlarni  tutib  turgan.  Binoning  sharqiy  tomonida 
yarim aylana shaklida apsidalar qurilgan. 
Kiyevdagi  Sofiya  ibodatxonasi  eng  mahobatli  va  yirik  imorat  bo‘lib, 
Konstantinopoldagi  Sofiya  ibodatxonasi  ta‘siri  ostida  qurilgan.  Bu  ibodatxona  salb-
gumbazli  turda  bo‘lib,  besh  nefdan  tashkil  topgan.  Bino  atrofi  arkali  galereyalar  bilan 
o‘ralgan. Binoning tashqi ko‘rinishi zinali shaklga ega bo‘lib, markaziy gumbazga qarab 
ko‘tarilgan. Binoning ichki ko‘rinishlari freska va mozaika bilan bezatilgan. 
Novgorod  shahridagi  Sofiya  ibodatxonasi  ham  mahobatli  va  oddiy  shakllardan 
tashkil topgan. Bu imorat ham salb-gumbazli kompozitsiyaga ega bo‘lib, planda 5 nefdan 
iborat.  Bino  asosan  simmetrik  tarzda  baland  doiralarga  o‘rnatilgan  besh  gumbaz  bilan 
yopilgan. 
XII - XIII asrlarda Rus arxitekturasi asosan uch hududiy maktablar xususiyatlari bilan 
ajralib  turadi:  shimoliy-g‘arbiy  maktab  (Novgorod  va  Pskov),  janubiy-g‘arbiy  (Dnepr 
bo‘yi va Golisk-Volinsk) va shimoliy-sharqiy (Vladimir va Suzdal). 
Bu  davrda  arxitektura  rivojlanishida  2  yo‘nalish  ajralib  turadi:  birinchisi-  yangi 
konstruktiv  usullardan  foydalanish  natijasida  binolarning  hajm-fazoviy  tuzilishiga 
o‘zgartirishlar kiritish; ikkinchisi — salb-gumbazli kompozitsiyani yanada rivojlantirish va 
alohida  qismlarni  o‘zgartirish.  Birinchi  yo‘nalish  Dnepr  bo‘yi  maktabiga  xos  bo‘lib, 
Chernigovda XII  -  XIII  asrlarda qurilgan Pyatnitskiy cherkovi bunga misol bo‘la oladi. 
Bu bino planda uch nefdan iborat bo‘lib, baland doira ustiga o‘rnatilgan bir gumbaz bilan 
yopilgan.  Ibodatxona  tashqi  kompozitsiyasi  vertikal  o‘q  bo‘yicha  rivojlangan  minora 
shaklida bajarilgan. 
Ikkinchi yo‘nalish Vladimir - Suzdal maktabiga xos bo‘lib, Nerli daryosi bo‘yidagi 
Pokrov  ibodatxonasi  (1165-yilda qurilgan),  Vladimir  shahridagi  Dmitriy  sobori  (1194—
1197-yillarda  qurilgan)  va  Uspenskiy  sobori  (1158-1189-  yillarda  qurilgan)  misol  bo‘la 


 
36 
oladi. Nerlidagi ibodatxona o‘zining yetuk kompozitsion tuzilishi, vertikal yo‘naltirilgan 
pilyastrlar va chiroyli gumbazi bilan ajralib turadi. 
Vladimir shahridagi Dmitriy sobori ham baland doira ustiga o‘rnatilgan gumbaz va 
vertikal yo‘nalishda tuzilgan kompozitsiyaga ega. Dmitriy sobori tashqi ko‘rinishda tosh 
o‘ymakorligi va bezaklari bilan xarakterlanadi. 
Umuman olganda, bu davrdagi rus arxitekturasi oq rangli tabiiy tosmardan qurilgan 
va  gumbazlari  tilla  qoplangan  kompozitsion  tuzilishi  bilan  ajralib  turadi.  Ammo 
shaharlarning  asosiy  qismini  tashkil  qiluvchi  turarjoy  qadimgi  an‘analar  asosida 
yog‘ochdan qurilgan. 
 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish