O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/101
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#357777
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101
Bog'liq
arxivshunoslik(1)

O’zbekiston Respublikasi 

Milliy arxiv fondi 

(O’zR MAF) 

Муаммоли савол: ЎзР Миллий Архив Фонди ва давлат 

архив фонди ўртасида қандай умумийлик ва 

тафовутлар бор? 


 

28 


tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, sotish va sotib olish mumkin emas. DAF 

hujjatlari  muassasa  va  tashkilotlarga,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  belgilangan 

tartibda faqat vaqtincha foydalanish uchun beriladi. 

Nodavlat  arxiv  fondlarining  hujjatlari  nodavlat  yuridik  shaxslar  –  fond 

egalarining mulki hisoblanadi. 

Jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari shu shaxslarning xususiy mulkidir. 

Vafot  etgan  fuqarolarning  hujjatlari  ularning  merosxo’rlari  tasarrufiga  o’tadi. 

Qonun  bo’yicha  yoki  vasiyatnoma  bo’yicha  merosxo’rlar  bo’lmasa,  shuningdek 

arxivning  egasini  aniqlashning  imkoni  bo’lmasa,  bu  holda  hujjatlar  davlat  mulkiga 

o’tadi. 


 

Davlat  arxiv  fondini  turkumlashtirish  deganda 

ularni  eng  muhim  belgilariga  qarab  guruhlarga 

bo’lish  tushuniladi.  Hujjatlarni  turkumlashtirish 

arxiv  ishini  to’g’ri  tashkil  etish  hamda  ulardan 

hartomonlama foydalanish uchun zarurdir. 

DAF hujjatalrining turkumlashtirish uch bosqichda amalga oshiriladi: 1) DAF 

hujjatlarini  umumiy  tarzda  turkumlash;  2)  hujjatlarni  arxiv  doirasida  turkumlash;  3) 

hujjatlarni arxiv fondi doirasida turkumlash. 

Birinchi  bosqchida  DAFning  barcha  hujjatlari  turkumlanadi  va  qaysi  hujjat 

qaysi  arxivda  saqlanishi  aniqlanadi.  Ikkinchi  bosqichda  har  bir  arxivga  taalluqli 

hujjatlar turkumlanib, har bir hujjatning qaysi fondda saqlanishi aniqlanadi. Uchinchi 

bosqichda  har  bir  fondga  taalluqli  hujjatlar  turkumlanadi  va  ularning  fond  ichida 

saqlanish tartibi belgilanadi. 

DAF  hujjatlarini  umumiy  tarzda  turkumlash    ularni  davlat  arxivlariga  to’g’ri 

taqsimlash maqsadida amalga oshiriladi. Arxivshunoslikda hujjatlarni umumiy tarzda 

turkumlash chog’ida quyidagi asosiy belgilar hisobga olinadi: 

1.

 



hujjatlarning ma’lum bir davrga mansubligi

2.

 



hujjatlarning  respublika  yoki  mahalliy  muassasalar  faoliyati  bilan 

bog’liqligi; 

3.

 

hujjatlarning davlat va jamiyat hayotining ma’lum sohasiga mansubligi; 



4.

 

hujjatlarning yaratilish uslubi va texnikasi. 



Hujjatlarning tarixiy davrlarga mansubligini e’tiborga olib, ularni uch guruhga 

– 1917 yildan oldingi hujjatlar, sovet davri hujjatlari va mustaqillik davri hujjatlariga 

bo’lish mumkin. 

DAF  hujjatlari  turli  idora  va  muassasalarda  yaratilgan.  Shuni  e’tiborga  olgan 

holda  ularni  umumdavlat  (respublika)  va  mahalliy  (viloyat,  tuman  va  shaharlar) 

ahamiyatiga  molik hujjatlar  guruhiga  bo’lish  mumkin.  Respulika  idoralari  hujjatlari 

markaziy davlat arxivlarida, viloyat ahamiyatiga ega hujjatlar viloyat davlat arxivlari 

va ularning filiallarida saqlanadi. 

Hujjatlarning  davlat  va  ijtimoiy  faoliyatning  ayrim  sohalariga  mansubligi 

ularning  mazmunini tahlil qilish  yo’li  bilan  amalga  oshiriladi.  Lekin  O’zbekistonda 

davlat va jamoat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli davlat arxivlari yo’q. Boshqa 

davlatlarda bunday arxivlar mavjud. Masalan, Rossiya federasiyasida Xalq xo’jaligi 

arxivi, Xarbiy-tarixiy arxiv, Adabiyot va san’at arxivlari bor. 


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish