O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san’at fakulteti sport faoliyati kafedrasi



Download 1,18 Mb.
bet66/121
Sana06.01.2022
Hajmi1,18 Mb.
#324274
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121
Bog'liq
jt va sb majmua 2021-2022 yangi

Blits – so’rov savollari

1. Sog’ligi zaif o’quvchilarni mashg’ulotlari nimalardan iborat.

2. Sog’ligi zaif o’quvchilarga dars o’tish tartibi

3. Sog’ligi zaif o’quvchilarga sport mashg’ulotlarini shakllantirish



(3.1) 2-ilova

Insert va B/Bx/Bo texnikasini qo’llagan holda ish yuritish qoidalari

  1. “Insert” texnikasidan foydalanib matnni o’qiydi.

  2. Olingan ma’lumotlarni tizimlashtiradi – matnga qo’yilgan belgilar asosida jadvalni to’ldiradi.





Mavzu savollari

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

1













2













3















8-Mavzu: O’zbekistonning xalqaro sport aloqalari

Reja:

  1. Sobiq Ittifoq davrida sportcbilarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishi

  2. Mustaqillik davrida O’zbekistonning xalqaro sport aloqalarining rivojlanishi

  3. Bugungi kunda O’zbekistonning jahon arenalarida tutgan o’rni

0‘zbekistonda jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirishda sport tashkilotlarining xalqaro aloqalari muhim ahamiyat kasb etish bilan biigalikda, ular tarixiy jarayon sifatida tilga olinmoqda.

Spoitchilaming bu sohadagi asosiy faoliyati haqida professor A.Yaroskiy va 0‘zbekiston Respublikasi Davlat sport qo‘mitasining mas’ul xodimi A.Poddubniy (1980-yil), keyinchalik esa 0‘zbekiston Respublika olimpiya qo'mitasining Prezidenti S.Ro‘ziyev, professor E.Shatemikov va MOQning bosh direktori I.Barabanlar (2001-yil) tomonidan yaratilgan ommabop va uslubiy qo‘llanmalarda bayon etilgan.

O'zbekistonning xalqaro sport uchrashuvlariga 1931-yil 4-oktabrda futbolchilar, yengil atletikachilar, suzuvchilardan iborat jamoalaming Norvegiya ishchi-sport delegatsiyasi bilan uchrashuvi natijasida asos solingan edi. Keyinchalik esa boshqa mamlakatlarining sportchilari bilan aloqalar bog‘langan edi. Lekin Ikkinchi jahon urushi arafasidagi xalqaro vaziyatlaming keskin o'zgarishi va urushlar tufayli bunday faoliyatlar uzilib qoladi.

1948-yilda respublika hukumati tomonidan «0‘zbekistonda jismoniy taibiya va sport ishlarini yaxshilash choralari to‘g‘risida» qaror qabul qilinadi. Bunda respublika sportchilarining xalqaro aloqalarini qayta tiklash masalalari ham qayd etiladi. Shunga asosan sport aloqalari yana boshla- nadi. Ulardan ba’zi bir e’tiborga loyiq dalillami eslash mumkin. Ya’ni 1955-yilda «Paxtakor» futbol jamoasining Efiopiya jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi bo'ldi. 1958-yilda «Paxta-

kor»chilar Xitoy Xalq Respublikasi, 1960-yilda Yaponiya fut- bolchilari bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Shu yillari Yaponiya, Finlyandiya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Vetnam Demokratik Respublikasi va boshqa mamlakatlaming sport- chilari yurtimizga tashrif buyurishgan edi.

O'zbekistondan sobiq Ittifoq terma jamoalari tarkibiga sportchilar jalb etila boshlandi. 1947-yil A.Kashayev Yevropa va Finlyandiya birinchiligida qatnashib, ilk bor mam- lakatimizga bronza medalini hadya etdi. 1950-yilda G.Gamamik kurash bo'yicha jahon chempioni unvoniga sazovor bo'ldi. 1952-yil G.Shamray XV Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, sovrinli (jamoada) o'rinni egalladi. V.Ballod balandlikka sakrash bo'yicha XVI—XVII Olimpiya o'yinlarining qatnashchisidir.

1966—1970-yillarda O'zbekiston sportchilaridan 283 kishi chet mamlakatlardagi sport musobaqalarida ishtirok etadi. O'z navbatida chet ellik sportchilarning 360 dan ortiq vakili 0‘zbekistonda boiadi.

Tokioda o'tkazilgan XVIII olimpiya o'yinlarida 4 kishi, Monrealda (XXI Olimpiya o'yini) 11 kishi qatnashadi. Boks bo'yicha jahon chempioni R.Risqiyev olimpiadaning kumush medali, fUtbolchi V. Fedorov bronza medalini qo'lga kiritadi.

Keyingi yillarda O'zbekiston sportchilari Yevropa va jahon chempionlari ro'yxatiga kiradi. Ulardan A.Alimov va (stendga otish), S.Quibonov (sambo), R.Prokopenko, Salimova, (basketbol), O.Rudenko (kamondan otish), KFatxulin (klassik kurash), M.Ismoilov (ot sporti), AAbduramonov (klassik kurash) kabilami ko'rsatish mumkin.

Shuningdek, S.Diomidov (gimnastika), M.Kolyushev (velotrek), A.Prokopenko (basketbol), R.Kazakov (klassik kurash), S.Xodiyev (sambo kurashi), S.Ro'ziyev (qilichbozlik), S.Quibonov (sambo) va boshqalar jahon chempioni unvoniga sazovor bo'lishdi.

1965-yildan boshlab respublika sportchilari Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Birina, KXDR, Suriya, Keniya' Efiopiya, Marokash, Nigeriya, Senegal 4va boshqa mamlakatlaiga boiishdi.

1971-yil 0‘zbekiston yengil atletikachilari Tunisda bo'lib, yaxshi natijalami namoyish etadi.

1976-yil voleybol bo'yicha respublika jamoasi Afg‘onistonda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi va sport mahoratlarini namoyish qiladi. Shuningdek, basketbolchilar ham Birmada boiib (1975-yil) o'zlarining tajribalarini yuqori saviyada ko‘rsatgan. Bokschilar, erkin kurashchilar Nigeriya va Qobulda uchrashuvlar o‘zkazib kelgan. Har bir safardan keyin chet mamlakatlarining rahbarlari yurtimizga maktub yoilab, yaxshi taassurotlar olganliklarini qayd qilish bilan biigalikda yana uchrashuvlar o'tkazishni taklif qilishgan.

Turkiya, Birma, Suriya Arab Respublikasi va boshqa mamlakatlarning hukumat doiralari 0‘zbekiston bilan (SSSR ruxsati orqali) turli shartnomalar tuzishadi. Shu asosda iqtidorli mutaxassislar Sh.N.Zokirov (boks) bilan A.Koshyev Suriya Arab Respublikasida, A.Granatkin (boks) bilan M.Muhitdinov (shohmot) Afg‘onistonda boiib, ulaiga murabbiylik va boshqa sohalar bo'yicha tajribalar o'rgatib qaytadilar. Bu an’analar keyinchalik yana davom etadi. Z.G‘.G'afforov (qilichbozlik, sport psixologiyasi) 1989— 1991-yilda Aljirda, R.A.Akramov (futbol, olim) 1991—1992- yil Aljirda boiishdi.

1966—1976-yfflarda xalqaro sport aloqalarining ba’zi ko‘rsatkichlari

O‘zbekiston Respublikasining milliy sport jamoasi xalqaro maydonlarda mustahkam va baland cho‘qqilarni zabt etgan holda o‘z tarkibiy sonini yildan-yilga ko‘paytirib bormoqda. Sportchilarimizning yuqori cho‘qqilarga erishishi yosh respublikamizning xalqaro maydondagi obro‘sini mustahkamlashda shubhasiz ko‘maklashadi. Nufuzli anjumanlarda milliy bayrog‘imizni himoya qiluvchi yoshlar mahsus yakka va o‘yin sport turlarining professionallari o‘z tayyorgarliklarini va mahoratlarini namoyish etib mamlakatimizning boy sport ana’nalariga egaligini namoyon etmoqdalar va tasdiqlamoqdalar.

Jismoniy tarbiya va professional sport sohasida yuqori cho‘qqilarga erishish jiddiy yondoshishni, katta mehnatni va moddiy xarajatlarni talab qiladi. Mana shularning barchasi mavjud bo‘lgandagina sportning bir me’yorda doimiy rivojlanishiga erishish mumkin.

Ko‘pgina mamlakatlarning tajribalariga qaraganda, milliy sport va jismoniy tarbiya taqdirlari haqida davlat tomonidan g`amxo‘rlik qilinishi hech shubxasiz juda katta foyda keltirmoqda. Ijtimoiy sohadagi ushbu moddalarni qo‘llab-quvvatlashda birinchi navbatda o‘smir bolalarni va jamiyatning yosh muhitini ruhiy-jismoniy sog`lomlashtirish maqsadida barcha qulay sharoitlarni yaratmoqda.

Shuni ta’kidlash muhimki, O‘zbekiston mazkur yo‘nalish bo‘yicha uning yuksak ahamiyatini tushunadigan mamlakatlar qatoridan joy egallagan va uni tark etmay kelmoqda. Mamlakatning hukumat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari va sport muassasalari sport va jismoniy tarbiya sohasida moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ommaviylikka erishish, professional sportni kuchaytirish kabi muhim muammolarni har doim birgalikda yechishda hamjihat faoliyat olib bormoqda.

Sportni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar o‘zining samarasini bermoqda. Mustaqillik yilarida O‘zbekistonning sport delegatsiyasi jami 5ta Olimpiya va 9 ta Osiyo o‘yinlarida vatanimiz sporti sha’nini munosib himoya qildilar. Olimpiya o‘yinlari davomida O‘zbekiston vakillari tomonidan 6 ta oltin, 5 ta kumush va 11 bronza medallari, Osiyo o‘yinlarida esa 54 ta oltin, 76 kumush va 93 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi. Bu yutuqlar shundan dalolat beradiki, O‘zbekiston yil sayin sport sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar qatoridan joy olmoqda.

Respublikada sportni rivojlantirish bo‘yicha asosiy faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport vazirligi olib boradi va muvofiqlashtiradi. Shu bilan bir qatorda olimpiya xarakatini kelgusida rivojlantirish tadbirlarini va ularda respublika sportchilarini ishtirok etishini ta’minlash 1993-yilda Xalqaro Olimpiya xarakatiga a’zo bo‘lgan Milliy Olimpiya Qo‘mitasi zimmasidadir.

Bugungi kunda O‘zbekiston milliy sport federatsiyalari 32 sport turi bo‘yicha xalqaro federatsiyalarning a’zosi hisoblanib, ular xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti amalga oshiradi. Unda har yili 2 mingga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Oliy o‘quv yurti jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini va sport bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchilarni tayyorlamoqda.

Respublikada keyingi yillarda sportning alohida turlari rivojlanmoqada, hamda ularning moddiy-texnik bazasi jahon talablari asosida mustahkamlanmoqda. Shu qatorda 36 nafar jamoadan iborat o‘zbek futbolining bazasini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Uning ixtiyorida 231 ta stadion, 5231 futbol maydonlari, shuningdek kichik-futbol va futzal o‘ynaydigan ko‘p sonli maydonlar mavjud. Respublikada keng tarqalgan sportning ushbu turi bo‘yicha O‘zbekistonda Chempionati va birinchiligi, hamda Respublika kubogi o‘tkaziladi.

Sportning katta tennis turi ommaviylig bo‘yicha «birinchi o‘rin»dagi sport turidan qolishmaydi. Respublikada tennisining rivojlanganlik darajasini O‘zbekiston tennischilarning muvaffaqqiyatlari orqali ko‘rish mumkin. 1994 yildan buyon mamlakatning barcha yirik shaharlarida har yili jahonning kuchli tennischilari ishtirokida xalqaro turnirlar o‘tkazilmoqda. Respublika poytaxtining asosiy tennis musobaqasi «Prezident sovrini» bo‘lgan yillik turniri hisoblanadi.

O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiya chempionati, taekvando bo‘yicha Osiya va Okeaniya chempionati, erkin kurash bo‘yicha «A» darajali xalqaro turnir kabi nufuzli musobaqalar va turnirlarning o‘tkazish joyi bo‘lib kelmoqda.

Olimpiya o‘yinlari turkumiga kiruvchi sport turlari bo‘yicha terma jamoalar oily sport ta’lim muassasalarida tayyorlanmoqda. Bu sport dargohlarida oily toifali 2000 nafar sportchilar 150 nafar malakali mutahassislar qo‘l ostida tayyorlanishmoqda. Ular 32 ta sport turlari bo‘yicha milliy jamoa asoslarini tashkil etadilar. Mazkur maktablar qoshidagi Olimpiyaga tayyorlov markazlarida istiqboli porloq va iqtidorli atletlar shug‘ullanmoqdalar.

Yosh mamlakatning hayotida katta miqdordagi 6,5 mln aholi band bo‘lgan jismoniy tarbiya o‘ziga hos o‘rin tutadi. Ular 145000 jamoa asoslarini tashkil etadi.

Respublikada paraolimpiya sportlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Uning bazasini kengaytirishda nafaqat muassasa va jamoat tuzilmalari, balki O‘zR ijtomoiy taminoti Vazirligi, Respublika nogironlar jamiyati, Xalqaro Qizil Xojning hududiy vakolatxonalar faoliyatlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lmoqda.

Milliy sport

O‘zbek halqi ko‘p asrlardan beri o‘zining O‘zbekiston Milliy sporti bo‘lmish kurash, belbog‘li kurash, turon va boyqo‘rg‘on asoschilari bo‘lgan jangchi polvonlari va afsonaviy chavandozlari bilan fahrlanadi. Mustaqillik tufayli, jahonga bizning madaniy merosimiz bo‘lgan milliy sport turlarimizni tanishtirish imkoniyati tug‘ildi.

Agarda Yaponiya millionlab sport ishqibozalari uchun dzyudo, karate, sumo, Hitoy – ushu va kung-fu, Korea – taekvondo va sirim, Angliya – futbol, Kanada – shaybali hokkey, AQSh – beysbol, basketbol, amerika futbolining vatani deb hisoblansa, endi O‘zbekiston milliy sport turlari – kurash, belbog‘li kurash, turon, boyqo‘rg‘on va boshqalar xalqaro sport arenasida bizning davlatimizni dunyo ahliga tanitadi.

Hozirgi kunda Kurash dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida taraqqiy etdi, shuningdek, chempionatlar va jahon birinchiligi hamda qit’alararo musobaqalar o‘tkazilmoqda. Quvonch bilan shuni ta’kidlash lozimki, Kurashni Osiyo o‘yinlari dasturiga qo‘shilishi, nafaqat O‘zbekistonning balki butun jahon sport taraqqiyotidagi yana bir muhim hodisalardan biri hisoblanadi.




Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish