O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san’at fakulteti sport faoliyati kafedrasi



Download 1,18 Mb.
bet43/121
Sana06.01.2022
Hajmi1,18 Mb.
#324274
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   121
Bog'liq
jt va sb majmua 2021-2022 yangi

Blits – so’rov savollari

1. Sog’ligi zaif o’quvchilarni mashg’ulotlari nimalardan iborat.

2. Sog’ligi zaif o’quvchilarga dars o’tish tartibi

3. Sog’ligi zaif o’quvchilarga sport mashg’ulotlarini shakllantirish



(3.1) 2-ilova

Insert va B/Bx/Bo texnikasini qo’llagan holda ish yuritish qoidalari

  1. “Insert” texnikasidan foydalanib matnni o’qiydi.

  2. Olingan ma’lumotlarni tizimlashtiradi – matnga qo’yilgan belgilar asosida jadvalni to’ldiradi.





Mavzu savollari

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

1













2













3














5-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Reja:

  1. Milliy Olimpiya Qo‘mitasi haqida ma’lumot

  2. Olimpiya sport turlari

  3. O‘zbekistonda Olimpiya sport turlari va federatsiyalari


Tayanch iboralar: Milliy Olimpiya Qo‘mitasi, Olmpiya sport turlari, sport federatsiyalari. Milliy Olimpiya Qoʻmitasi (MOQ) — mamlakat nomidan olimpiada harakatida vakil boʻlib qatnashuvchi tashkilot. MOQni Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tan olmasa, milliy jamoalar Olimpiada oʻyinlariga qoʻyilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1992-yil 21-yanvarda Toshkent shahrida chaqirilgan konferensiya qarori bilan tashkil topgan. 1993-yil sentabr oyida Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi ning 101-sessiyasida tasdiqlangan.Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (MOQ) sport va jismoniy madaniyatni rivojlanitirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Olimpiyadaga oid taʼlim, Olimpiya qadriyatlari ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash ishlarida ishtrok etadi, sport murabbiylari va sport tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlaydi.MOQ bilan Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, Milliy Olimpiya qo‘mitalari jamiyati va boshqa qator xalqaro sport federatsiyalari hamda tashkilotlari o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

MOQning maqsadlari:



  • olimpiada harakati va havaskorlar sportini rivojlantirishga yordam berish;

  • mamlakat sportchilarining Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishini taʼminlash;

  • Oʻzbekiston va butun dunyo sportchilari oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini rivojlantirish.

MOQning oliy organi Bosh assambleya, u odatda, bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Assambleyalar orasidagi davr ichida MOQ ijroiya qoʻmitasi olimpiada harakatiga rahbarlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi MOQ rahbarligida ish olib boruvchi OʻzR Olimpiya akademiyasi tashkil qilingan (1993). U koʻngilli jamoat tashkiloti hisoblanib, olimpiada harakati va olimpiada oʻyinlarining qadriyat va tamoyillarini oʻrganadi va ommalashtiradi. Olimpiada gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida Toshkentda Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etilgan(1996). Muzeyda Oʻzbekiston va xalqaro olimpiya harakati, milliy sport turlari tarixi, mashhur sportchilar erishgan muvaffaqi-yatlardan hikoya qiluvchi eksponatlar toʻplangan.



Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (MOQ) nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, u oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ), Olimpiya Xartiyasi va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Ustavi asosida amalga oshiradi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. MOQning asosiy funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga boʻlish mumkin.

Ichki funksiyalarga quyidagilar tegishli:

  • Oʻzbekistonda OlimpiyaXartiyasida mustahkamlangan tamoyillarasosida Olimpiya Harakatini rivojlantirish;

  • respublika aholisini jismonan va maʼnaviy-ruhiy tarbiyalashga koʻmaklashish;

  • jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy bandlikni rivojlantirishda ishtirok etish;

  • milliy sport turlari, nogironlar oʻrtasidagi sport turlarini rivojlantirishni targʻib qilish, davlat va jamoaviy jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga mamlakat terma jamoalari va sport zahiralarini tayyorlashga koʻmaklashish;

  • yoshlarni halol kurashish, raqibga oʻzaro hurmat munosabatida va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik ruhi tamoyillari asosida tarbiyalash;

  • Oʻzbekistonda Olimpizm gʻoyalarini targʻib qilish, insonlarni Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining muvaffaqiyatlari bilan tanishtirib borish, Olimpiya taʼlimini rivojlantirish;

  • sport kadrlarining malakasini oshirish va tajriba almashish boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, kurslar tashkil etish;

  • sportni qoʻllab-quvvatlovchi fondlar va xayriya tashkilotlari tuzishda qatnashish; sportchilar, murabbiylar, sport hakamlari, sport faxriylarining manfaatlarini himoya qilish.

Tashqi funksiyalar ham bulardan unchalik farq qilmaydi:

  • xalqaro arenalarda Oʻzbekiston Respublikasining tutgan oʻrnini mustahkamlash va nufuzini oshirish;

  • Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, Butunjahon yoshlar va Markaziy Osiyo oʻyinlarida mamlakat delegatsiyalariga boshchilik qilish;

  • XOQ, OOK, boshqa davlatlarning Milliy Olimpiya qoʻmitalari, xalqaro sport birlashmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

  • XOQning „Olimpiya birdamligi“ dasturlarida ishtirok etish;

  • Respublika sport federatsiyalari va tashkilotlariga ularning xalqaro sport uyushmalari ishlarida faol ishtirok etishlariga koʻmaklashish;

  • xorijiy muassasalar, tashkilotlar va firmalar bilan Oʻzbekiston MOQ vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xizmat shartnomalarini tuzish va amalga oshirish;

  • xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Olimpiya Harakati va sport tashkilotlari manfaatlarini taqdim etish;

  • xalqaro (nohukumat) birlashmalarga milliy davlat qonunchiligi asosida aʼzo boʻlish;

  • toʻgʻridan-toʻgʻri xalqaro aloqa va munosabatlar oʻrnatish, mamlakatlar va hududlar sport uyushmalari bilan bitimlar imzolash.

Ichki funksiyalarni bajarish 1992-yil 21-yanvardan, Oʻzbekiston MOQ tuzilganidan boshlab amalga oshirila boshlandi. Xalqaro faoliyatni toʻla amalga oshirish Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi oʻzining 1993-yil sentabr oyidagi 101-sessiyasida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasini tan olgan paytdan boshlagan.

Oʻzbekiston Olimpiyachilarining Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erishgan medallari 




Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish