O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand iqtisodiyot va Servis instituti Z. Niyozov, A. Karimova



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana21.01.2020
Hajmi0,68 Mb.
#36355
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bank-moliya faoliyatiga doir 555 ta atamalar izohli lugati


Kafillik 

–  bu  bir  tomonlama 

majburiyat 

ko’rsatilgan  shartnoma  bo’lib,  kafil  ular  vositasida 

kreditor  oldida  qarz  oluvchining  qarzini  zarurat  bo’lib 

qolganda  to’lab  yuborishi  majburiyatini  oladi.  Bank 

kafillik  beruvchining  moliyaviy  holatini  hamda  uning 

qobiliyatini tahlil etish lozim va ijobiy hol bo’lgandagina 

kafillik  shartnomasini  berayotgan  kredit  ta’minoti 

sifatida qabul qilishi mumkin. 



Kafolat  –  bu  ma’lum  muddat  o’tgach  ma’lum 

miqdordagi  summani  qarzdor  tomonidan  berilishni 

ta’minlaydigan  kafolat  beruvchining  to’la  majburiyatlari 

tushiniladi.  Kredit  olishdan  oldin  xo’jalikyurituvchi 

subyetlar tomonidan kafolat hati banka topshirishi kerak. 

Kafolat  hatini  banklar  yoki  sug’urta  idoralari  berishi 

mumkin. 

Kafolat  hati  -  kafil  bank  orqali  kreditchi 

foydasiga 

qarzdorning 

qarzlarini 

o’z 

vaqtida 


butunligicha to’lashni o’z zimmasiga olganligiga kafolat 

beruvchi hujjat. 



 

38

Kalkulyasiya  -  bank  faoliyatining  zarurligini 

hisoblashdir.  

Kapital  -  deganda,  bank  mijozning  aksionerlik 

kapitali,  uning  strukturasi,  aktiv  va  passivlar  orasidagi 

munosabatlar tushiniladi. 

Kapital 

qo’yilmalarni 

moliyalashtirish 

Deganda,  asosiy  fondlarni  yangilash,  rekonstruksiya 

qilish  va  kengaytirishga  aytiladi.  kapital  qo’yilmalar 

asosan  ban  tomonidan  amalga  oshiriladi,  bu  qo’rilish 

kompleksi  oldiga  qo’yilgan  vazifalarni  bajarishda  katta 

ahamiyatga ega. 



Kapitalar qo’yilmalarning manbalari –  hozirgi 

davrda  asosan  bu  korxona,  birlashmalarning  o’z 

mablag’lari,  byudjet  mablag’lari,  va  bank  krediti 

xisoblanadi. 



Kassa  intizomi  –  Deganda  korxona,  tahkilot, 

muassasalar  tomonidan  naqd  pulni  bank  muassasalariga 

topshirish  va  olish,  sarflash,  hisoblash  hamda  saqlash 

qoidalariga rioya qilish tushiniladi. 



Kassa  hujjatlari  –  naqd  pullarni  qabul  qilish  va 

berish vaqtida tuziladigan hujjatlar. 



Kassa  jurnali  -  kassa  bo’yicha  kirim  va  chiqim 

hujjatlariga 

asoslanib 

yuritiladigan 

hujjat. 

Kassa 


jurnallarida  mijozlarning  shaxsiy  hisobraqamlari,  kassa 

rejasi, kassa prognozining kodi va summasi ko’rsatiladi.  

 

Kassa operasiyalari – bu naqd pullarni vaqtincha 

saqlash,  qabul  qilish  va  berish  bilan  bog’liq  bo’lgan 

operasiyalar tushiniladi.  

Kasod  –  1.  talab  yoki  xaridor  yuqligi  bois, 

mollarning  bozorida  sotilmay  qolishi  natijasida  zarar 

kurish. 2. kasofat, zarar. 


 

39

Kepakiy – chig’atoy honlaridan Kepakxon (1318-

1326) zamonida chiqarilgan oltin qumush tanga. 

Kelishilgan  (shartnomali)  baho  –  bu    tovar 

sotuvchi va tovar oluvchi o’rtasidagi kelishilgan narx. 



Kreditga  qobillilik  –  bu  xo’jaliksubyektlari 

tomonidan kreditlarni o’z vaqtida va to’laligicha qaytara 

olish  qobiliyati  hamda  moliyaviy  ahvoliga  beriladigan 

baho. 


Kredit qiymati – bu qarz oluvchi qarz beruvchiga 

kreditdan foydalanganligi uchun beriladigan % summasi. 

 

Kredit  siyosati  –  bu  banklarning  kredit  faoliyati 

bo’lib,  ssuda  kapitalini  joylashtiri  bilan  amalga 

oshiriladi. Kredit siyosatining elementlariga qo’yidagilar 

kiradi:    kredit  siyosatining  maqsad  va  vazifalari,  kredit 

yo’nalishini  tashlash,  kredit  operasiyalarining  amalga 

oshirish texnologiyasi, kreditlash tartibining nazorati. 

 

Kredit  siyosatining  vazifasi  –  banklarning  kredit 

tarkibini  yahshilash  ularning  aylanishini  tezlashtirish, 

ssudalar hajmini kengaytirish. 

 

Kredit siyosatining maqsadi –mijozlar ehtiyojini 

qondirirsh va qo’shimcha foyda olish. 

 

Kredit  siyosatining  tashqi  omillar  –  bu  siyosiy 

va  iqtisodiy  sharoit:  bank  qonunlarning  rivojlanish 

darajasi,  banklararo  raqobat,  bank  infratuzilmasiing 

rivojlanish darajasi kiritiladi. 

Kredit  siyosatining  ichki  omillar  –  kredit 

siyosatiga  ta’sir  etuvchi  ichki  manba  omillarga:  bank 

resurslarning  baza  va  strukturasi  tuzilmasi,  kredit 

tashkilotlarning 

likvidligi, 

banklarning 

ihtisoslashganligi, maxsus o’qimishli hodimlar miqdori. 


 

40

Kredit  muassasalari    statistikasi  –  bu  kredit-pul 

munosabatlaridagi  muammolarni  ma’lum  bir  vaqtda, 

ma’lum  joyda  hamda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish 

davridagi  holatini  izlanish  orqali  xarakterlaydigan 

muassasa. 



Kredit  subyektlari  –  har  hil  bo’lishi  mumkin. 

Bularga    korxona,  firma,  tashkilot,  davlat  va  turli 

toifadagi aholi kiradi. 

Kredit  summasi  –  bu  qarzga  beriladigan  pul 

birligining hajmi. 

          Kredit liniyasini  ochib  kredit  olish - bu tariqada 

korxonaga ssuda hisobvarag’i ochiladi va limit qo’yiladi. 

Agarda  mijozning  hisobvarag’ida  mablag’  bo’lmasa 

bank  avtomatik  tarzda  kelib  tushgan  pul  hisob  kitob 

hujjatlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshiradi. 

Kredit  liniyasini  ochmasdan  kreditlash    -  bu 

operasiya  bir  marta  kredit  berish  yo’li  bilan  amalga 

oshiriladi. 

 

Kechki kassasi - operasiya kuni tugagandan keyin 

naqd  pullarni  qabul  qilish  uchun  tashkil  etilgan  maxsus 

kassasi. 



Kichik korxona – bu  mulkchilik shaklidan qat’iy 

nazar  sanoat  ishlab  chiqarish  tarmoqlarida  bank  bo’lgan 

hodimlarning  o’rtacha  yillik  soni  40  kishigacha, 

qo’rilish,  qishloq  hujaligi  va  boshqa  ishlab  chiqarish 

tarmoqlarida  20  kishigacha,  ilm-fan,  ilmiy  hizmat 

ko’rsatish,  chakana  savdo  va  noishlab  chiqarish 

sohasining  boshqa  tarmoqlarida  10  kishigacha  qadar 

bo’lgan korxona. 



 

41

Kirim  kassasi  -  operasiya  kuni  mobaynida  naqd 

pullarni  qabul  qilish  uchun  tashkil  etilgan  maxsus 

kassasi. 

 

Kirim  kassa  hujjatlariga  -  bank  kassasiga  naqd 

pullarni  topshirish  uchun  e’lon,  kirim  kassa  orderi, 

inkassator  xaltalariga  ilova  qilingan  qaydnomalar  va 

kvitansiyalar kiradi. 



  Qisqa mudatli  kreditlash statistikasi deganda –

bu  qisqa  muddatga  kreditlar  berishda,  uning  ishlatilishi 

ustidan  nazorat  o’rnatish  va  qaytishini  tekshirishga 

aytiladi


.  

Kredit  –  lotincha  «kredit»  -  «qarz»  so’zidan 

olingan  bo’lib,  pul  mablag’lari,  tovar  va  hizmatlarini 

kelishilgan  foizda  qaytarishi  sharti  bilan  vaqtincha 

foydalanishi uchun pul yoki material mablag’lari  berish  

jarayonida    yuzaga    keladigan    iqtisodiy  munosabatlar 

tizimi. (qarz, nasiya). 



Kredit  pullari  -  kredit  aloqalarida  ishlatiladigan 

pullardir 

(banknotlar, 

veksellar, 

cheklar, 

kredit 


kartochkalari).  Kredit  pullarni  oltin  o’rniga  paydo 

bo’lgan,  qarz  beruvchi  va  qarzdor  o’rtasidagi  hamda 

bank  vositasida  amalga  oshiriladigan  harakatlarda 

qo’llaniladigan pullar. 



Kredit  kartochkalari  -  bu  bank  yoki  maxsus 

kredit  (savdo)  muassasasi  tomonidan  biror  kishi  nomiga 

berilgan  pul  hujjati,  unda  pul  egasi  joriy  hisobidagi 

summa ko’rsatiladi. 



Kredit  obyekti  -  bu  har  qanday  pul  emas,  balki 

faqat  vaqtincha  bo’sh  turgan,  berilishi  mumkin  bo’lgan 

pullar va tovarlardir. 


 

42

Kreditga  layoqatlilik  -  deganda  mijozning  o’z 

qarz  majburiyatlarini  to’liq  va  o’z  vaqtida  hisoblash 

qobiliyati tushiniladi. 



Kreditning    taminlanganligi  -  bunda  ssudaning 

ta’minlanganligi 

kredit 

berilishiga 



asosan 

qarz 


oluvchining 

mulki, 


moddiy 

boyliklar 

zahiralari, 

ko’chmas  mulki  yoki  ishlab  chiqarish  harajatlari 

summasiga  mos  kelishi  bilan  belgilanadi.  Bu  o’z 

navbatida  kreditni  o’z  muddatiga  qaytarilishiga  kafolat 

berilishini tasdiqlaydi. Kredit miqdori garovga qo’yilgan 

mulk  qiymatining  50%dan    80%gacha  miqdorida 

beriladi.  Kontokorrent  -  bank  bilan  mijoz  o’rtasidagi 

barcha  operasiyalarni  hisobga  oladigan  yagona  hisob-

raqam.  Kontokorrent  hisobvarag’i  ochilishi  bilan  

mijozning  hisob-kitob  raqami  yopiladi  va  barcha 

orerasiyalar  kontokorrent  hisobvarag’i  orqali  amalga 

oshiriladi.   



Kontragent  -  shartnoma  bo’yicha  belgilangan 

majburiyatlarni  o’z  zimmasiga  olgan  shaxs  yoki 

muassasa. 

Korxona  –  mehnatkashlar  jamoasi  mulkidan 

foydalanish  asosida  mahsulot  ishlab  chiqarib,  uni 

iste’molchilarga sotadigan yoki sanoat xarakteridagi turli 

xizmat  ishlarini  bajaradigan  yuridik  shaxs  huquqiga  ega 

bo’lgan mustaqil xo’jalik subyektidir. 

Korporativ  plastik  kartochka  –  bu  yuridik 

shaxslarga  xizmat  ko’rsatish  uchun  mo’ljallangan 

kartochkadir.  Korporativ  kartochkadan  ish  haqi  va 

ijtimoiy  xarakterdagi  boshqa  to’lovlarni,  shuningdek, 

naqd  pul  mablag’larini  to’lash  uchun  foydalanish 

taqiqlanadi. 



 

43

Kunlik  balans  –  yig’ma  varaqalarga  asoslanib 

tuziladigan  hujjat.  Balansning  to’g’ri    tuzilgani  aktiv  va 

passiv  tomonlardagi  summalarning  tengligi  bilan 

tasdiqlanadi. 

Kuzatish  dasturi  –    Deganda  o’rganilayotgan 

to’plamning  har  bir  boshlang’ich  unsuri  haqida 

kuzatish  davomida  qayd  qilinishi  lozim  bo’lgan 

belgilar to’plami tushuniladi.  



Kuzatish  obyekti  –  deyilganda  o’rganilayotgan 

hodisa va jarayonlar to’plami tushuniladi.  



Kuzatish  birligi  -    Deyilganda  kuzatilayotgan 

to’plamning  birligi  tushuniladi.  Bu  birlik  ma’lum 

darajada 

mustaqillikka 

ega 

bo’lib, 


kuzatish 

jarayonida undan ma’lumot olinadi.  

 

Qarz  –  1.  tashkilotlarning  xo’jalik  faoliyatlarni 

yuritish  natijasida  vujudga  kelgan,  tegishli  huquqiy  va 

jismoniy  shaxslarga  to’lanishi  lozim  bo’lgan  qarz 

summasi;  2.  qaytarish  sharti  bilan  berilgan  yoki  olingan 

pul, tovar kabilar. Zimmadagi vazifa, burch. 

Qarz  varaqasi  -  bank  yoki  maxsus  muassasalar 

tomonidan  chiqarilgan  yozma  pul  hujjati.  Mijoz  qarz 

varaqasini  ko’rsatib,  savdo  va  xizmat  ko’rsatuvchi 

korxonalar  hisob-varag’iga  qo’l  qo’yadi.  Hisob-kitoblar 

esa  o’sha  qarz  varaqasini  chiqargan  muassasalar 

tomonidan amalga oshiriladi. 



Qarzdor  qarzi  (Debitorskaya  zadoljnost)  –  bu 

korxona,  tashkilot  va  muassasalarga  taaluqli  yuridik  va 

jismoniy shaxslarning qarz summasi.            

Qarz  majburiyatlari  -  bu  qarz  oluvchiga  zayom 

mablag’larni  olganligi  haqida  zayom  egasiga  guvohlik 

beruvchi hujjatdir. 


 

44

 



Qayta  moliyalash  siyosati  –  Markaziy  Bankning 

o’zi  belgilangan  shartlarda  tijorat  banklariga  uch 

oygacha bo’lgan muddatga beradigan kreditlarni tartibga 

solish  siyosati.  M.B.  o’zining  qayta  moliyalash  tizimida 

banklarning ishtirok etish shartlarini e’lon qiladi. 

Qayta  sanash  kassasi  -  kechki  kassadan  kelib 

tushgan  pullarni  qayta  sanashdan  iborat.  Qayta 

sanalgandan  keyin  pullar  bankning  oborot  kassasiga 

topshiriladi. 



Qimmatli  qog’ozlar  -  bu  ularni  chiqargan  shaxs 

bilan  ularning  egasi  o’rtasidagi  mulkiy  huquqlarni  yoki 

qarz  munosabatlarini  tasdiqlovchi,  dividend  yoki  % 

ko’rinishida daromad to’lashni hamda ushbu hujjatlardan 

kelib  chiqadigan    huquqlarni  boshqa  shaxsga  berish 

imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir. 



Qimmatli qog’ozlarning birlamchi bozori –– bu 

qimmatli 

qog’ozlar 

emissiyasini 

va 

birlamchi 



joylashtirilishini  amalga  oshirish,  ya’ni  qimmatli 

qog’ozlarni  emitent  yoki  uning  vakili  tomonidan 

dastlabki sarmoyaga sotish bozoridir. 

Qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozori – bu 

ilgari  chiqarilgan  va  hyech  bo’lmaganda  bir  marta  xarid 

qilingan  qimmatli  qog’ozlar  oldi-sotdisi  (muomalasi) 

amalga oshiriladigan bozordir. 



Qimmatli qog’ozlarning milliy bozori – bu fond 

boyliklari  bilan  davlat  doirasida  oldi-sotdi  qilish  sohasi 

tushuniladi.  Mazkur  bozorda  Rezidentlarning  qimmatli 

qog’ozlar  bilan  (Rezidentlar  hamda  norezidentlar 

tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog’ozlar  bilan)  o’zaro 

savdosini qamrab oladi. 



 

45

Qimmatli  qog’ozlarning  xalqaro  bozori    -  bu 

jahon  miqyosida  qimmatli  qog’ozlar  bilan  savdo  qilish 

(norezidentlar  o’rtasida  qimmatli  qog’ozlar  oldi-sotdisi 

bo’yicha operasiyalar bajarish) sohasidir. 

Qimmatli 

qog’ozlar 

portfeli 

investor 



tasarrufidagi barcha qimmatli qog’ozlar. 

Qiymat  -  bu  tovarda  mujassamlashgan  ijtimoiy 

mehnat  sarfidir.  Faqatgina  ijtimoiy    zaruriy  ish  vaqti 

jamiyat ehtiyojini qondirish uchun kerak bo’lgan vaqtdir. 

Shu  sababli,  bu  vaqtni  anglatuvchi  qiymatni  bozor  tan 

oladi.  

Qimmatli  qog’ozlar  bozori  -  u  daromad 

keltiruvchi  qimmatli  qog’ozlar:  aksiya,  obligasiya, 

veksel,  Chek,  Depozit  sertifikatlarining  oldi-sotdi 

qilinishidir.  Bu  bozor  fond  birjasi  deb  yuritilib,  u  yerda 

yirik  korporasiyalarning,  markaziy  va  mahaliy  davlat 

mahkamalarining  qimmatli  qog’ozlari  sotiladi  va  sotib 

olinadi. 

Qimmatli  qog’ozlarning  nominal  egasi  –  bu 

qimmatli  qog’ozlarni  ushbu  qimmatli  qog’ozlarning 

mulkdori 

bo’lmagan 

holda 

boshqa 


shaxsning 

topshirig’iga  ko’ra  o’z  nomidan  ushlab  turuvchi 

shaxsdir. 

Qisqa  muddatli  kreditlar  -  amal  qilish  muddati 

12  oydan  oshmaydigan  ssuda  bo’lib,  uning  uzaytirilishi 

kreditlanayotgan  tadbirlarni  o’tkazish  muddati,  ularning 

qoplanishi  va  boshqa  shartlardan  kelib  chiqqan  holda 

belgilanadi.  Qisqa  muddatli  ssudalar  kreditlarning  

boshqa turlariga nisbatan likvidliroq hisoblanadi. 



Qoniqarli  kreditlar  -  mijozning  moliyaviy  yoki 

kreditga layoqatliligi zaifligining aniqligi. 



 

46

Qog’oz-pul 



standarti 

oltin 



bilan 

ta’minlanmagan qog’oz pul muomalasiga asoslangan pul 

munosabatlari shakli. 

 

Qoldiq  qiymat  –  bu  aktivning  boshlang’ich 

qiymatidan    yig’ilgan  eskirish  summasini  ayirish  orqali 

aniqlanadigan qiymatdir.  



Qoplash  fondi  -  moddiy  jihatdan  ilgari  sarflanib 

ketgan vositalar o’rnini qoplashga yaraydigan tovarlar va 

xizmatlardan iborat. 

Qoplangan  veksel  –  aniq  bitimlarga  asoslangan 

veksel. 


Qoplanmagan  akkreditiv  -  bank  emitent  bilan 

to’g’ridan-to’g’ri 

vakillik 

munosabatlari 

mavjud 

bo’lganda  ijrochi  bankka  bank-emitentning  unda 



yuritilayotgan  vakillik  hisobvarag’idan  (mol  yetkazib 

beruvchi  tomonidan  akkreditivning  barcha  shartlari 

bajarilgan  holda)  akkreditivning  butun  summasini 

hisobidan  chiqarish  huquqini  berish  yo’li  bilan  ijro 

bankga ochiladi. 

Qo’shma tadbirkorlik  - bu  ikki  yoki  undan ortiq 

yuridik  shaxslar  mulkini  birlashtirish  yo’li  bilan  tashkil 

qilinadigan faoliyat. 

Qo’shilgan  kapital  -  unda  birlamchi  aksiyalarni 

tannarxdan  yuqori  sotishdan  olingan  emissiya  daromadi 

aks ettiriladi.  

Qo’shma  korxonalar  –  bu  MDH  hududida  o’z 

mamlakatimiz 

va 

horijiy 


firmalar 

ishtirokida 

yaratiladigan korxonalar. 

 

 



 

 

47



Limit -  Chegara, cheklash. 

Lisenziya 

davlat 



 

tomonidan 

berilgan  

ruxsatnoma. 



          Likvidlilik  -  1.  bu  qimmatli  qog’ozning  egasi 

uchun  deyarli  zarar  keltirmagan  holda  tez  sotilishi,  pul 

mablag’lariga  aylanishi  qudratidir;  2.  korxonalar, 

firmalar, 

banklar 

aktivlarining 

moliya-kredit 

majburiyatini  va  qonuniy  pul  talabnomalarini  o’z 

muddatida 

uzluksiz 

to’lashga 

imkon 


beruvchi 

harakatchanligi. 



Lizing  -  mashina,  asbob-uskunalar,  transport 

vositalarini,  ishlab  chiqarish  binolarini,  inshootlarini 

uzoq  muddatli  ijaraga berish. U ijaraning  bir turi  bo’lib 

muayyan  davrdan  keyin,  ijara  to’lovlarining    hammasi 

amalga oshirilgandan keyin ijaraga olingan narsa ijarachi  

mulkiga aylanadi. 



Lizing  obyekti  -    tadbirkorlik  faoliyati  uchun 

foydalanadigan,  iste’mol  qilinmaydigan  har  qanday 

ashyolar. 

Shu 


jumladan, 

korxonalar, 

mulkiy 

komplekslar,  binolar,  inshootlar,  uskunalar,  transport 



vositalari  hamda  boshqa  ko’char  va  ko’chmas  mulk 

lizing  obyektlari  bo’lishi  mumkin.  Yer  uchastkalari  va 

boshqa  tabiat  obyektlari  lizing  obyektlari  bo’la 

ololmaydi.  

 

Likvid 

aktivlar 

– 

1

foizli 

daromad 


keltirmaydigan,  shu  bilan  birga  o’z  sohiblariga  joriy  va 

kredit  majburiyatlari  bo’yicha  to’lovlarni  muntazam 

amalga  oshirishga  imkon  beruvchi  oson  sotiladigan 

mablag’lar  (qisqa  muddatli  davlat  qimmatli  qog’ozlari, 

yirik  kompaniyalarning  doimo  xaridorgir  aksiyalari  va 


 

48

obligasiyalari,  naqd  pul);  2.  banklarning  qisqa  muddatli 



qo’yilmasi:  ssuda,  qimmatbaho  qog’ozlar,  faktoring 

operasiyasi va boshqalar kiradi. 

  

Likvid  aktivlarni  diversifikasiya  qilish  - 

sarflangan 

mablag’lar  tavakkalchiligini  eng  kam 

darajaga 

yetkazish 

maqsadida 

tijorat 

banklari 

mablag’larini 

olishga 


qaratilgan 

kredit 


siyosati 

qoidalaridan biri. 



Lombard  ssudasi  -  oson  sotiladigan,  ko’char 

mulkni garovga olib, qisqa muddatga beriladigan qarz. 

 



Majburiyat  -  bu  fuqarolik  huquqiy  munosabati 

bo’lib,  unga  asosan  bir  shaxs  (qarzdor)    boshqa  shaxs 

(kreditor) 

foydasiga 

muayyan 

harakatni 

amalga 

oshirishga,  chunonchi:  mol-mulkni  topshirish,      ishlarni 



bajarish,  xizmatlar  ko’rsatish,  pul  to’lash  va  x.k.,  yoxud 

muayyan  harakatdan  o’zini  saqlashga  majbur  bo’ladi, 

kReditor  esa  qarzdordan  o’zining  majburiyatlarini 

bajarishini talab qilish xuquqiga ega bo’ladi. 

 

Majburiy  zahiralar  siyosati  -  MB  tomonidan 

tijorat  banklarining  depozit  bazasiga  foiz  darajasida 

o’rnatiladigan 

majburiy  zahiralar 

yaratish  talabi. 

Majburiy  zahiralar  siyosati  birinchi  navbatda  tijorat 

banklarining  kredit  berish  qobiliyatini  susaytirib, 

muomaladagi  pul  massasini  tartibga  solishga  xizmat 

qiladi. 

           Marja  -  1.  bankda,  birja  savdosida  va 

sug’urtalash  jarayonida  foiz  stavkalari,  qimmatbaho 

qog’oz  kurslari  bahosi  o’rtasidagi  farqlar    va  boshqa 

ko’rsatkichlarni  anglatish  uchun  qo’llaniladigan    ibora. 


 

49

Bank  terminologiyasida  marja  jalb  qilinayotgan  va 



berilayotgan  qarzlar  summasini  turli  xil  toifadagi  qarz 

oluvchilarga  berilayotgan  kredit  stavkasi  va  h.q.ni 

bildiradi;  2.  Depozit,  garov  ta’minoti  yoki  valyutalar 

kursini  yo’l  qo’yilishi  mumkin  bo’lgan  tebranishlar 

bo’yicha qo’shimcha ulushi; 3. narxlar, kurslar, stavkalar 

o’rtasidagi farq; 4. qarz oluvchi kredit qiymatiga qo’shib 

to’laydigan ustama. 

 

Marjali  ssudalar  -  qarz  oluvchiga  kredit 

qiymatiga ustama qo’shish evaziga beriladigan ssuda. 

Mahak  toshi  –  kumush  va  oltinning  tozaligini 

aniqlab beradigan qora tusli bir tosh. 



Maxsus  ssuda  hisobvarag’i  -  bu  ssuda  hisob-

varaqalar  savdo  bilan  shug’ullanuvchi  tashkilotlarga 

ochiladi. 

         Marketing  -  1.  ishlab  chiqarish  va  mahsulot 

sotishning  muayyan  iste’molchilar  talablarini  imkon 

qadar to’laroq qondirish hamda shu asosda yuqori foyda 

olishga qaratilgan majmuaviy tizim; 2. bu bozor talabiga 

asoslangan 

va 


foyda 

olishni 


maqsad 

qilgan 


korxonalarning  maishiy  va  savdo  faoliyatini  boshqarish 

tizimi. Banklarda asosiy tovar sifatida pul mablag’lari va 

bank xizmatlari tushuniladi. 

 


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish