O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand iqtisodiyot va Servis instituti Z. Niyozov, A. Karimova



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana21.01.2020
Hajmi0,68 Mb.
#36355
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bank-moliya faoliyatiga doir 555 ta atamalar izohli lugati


Bank Resurslari - banklarning  ixtiyorida  bo’lgan 

va  ular  tomonidan  kredit,  investisiya  va  boshqa  aktiv 

operasiyalari  uchun  foydalaniladigan  mablag’larning 

yig’indisi. 

 

Bank  trattasi  -  tashqi  savdoda  foydalaniladigan 

bank o’tkazma vekseli.  



Bank  resurslari  –  banking  o’z  mablag’lari  va 

qarzga  olingan  hamda  jalb  etilgan  mablag’laridan, 

hamda  emitentlashgan  mablag’laridan  iborat  bo’lgan 

mablag’lardir. 



Bank   tizimining  bosh  maqsadi – jahon  talabiga 

mos  keluvchi  rivojlangan  kredit  tizimiga  ega  bo’lish, 

xo’jaliklar  va  aholining  bo’sh  turgan  mablag’larini  jalb 

qilish  va  uni  samarali  taqsimlash  asosida  aholining 

talabini  qondirish  uchun  zamin  yaratish  va  yashash 

sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. 

 

Bank  vekseli  –  bu  biror  korxonaning  mazkur 

bankga 


vekselda 

ko’rsatilgan 

summada 

depozit 


ko’chayganini tasdiqlaydigan qimmatli qog’ozidir. 

 

Bank  filiali  –  bu  bank  tomonidan  bank 

operasiyalarining hammasini yoki bir qismini, jumladan, 


 

14

vakil  vazifalarini  amalga  oshiruvchi  alohida  bank 



bo’linmasi. 

  

Bank  menejmenti  –  bu  bank  faoliyati  va  uning 

hodimlari  faoliyatiga  maqsadli  ta’sir  etish  jarayoni  

hisoblanadi 

 

Bank  hatar  siyosati  –  bu  banklarning  maqsadga 

erishish  yo’lida  qilgan  tadbirlari  hisoblanadi.  Har  bir 

bank o’zining xavsizligini ta’minlash maqsadida himoya 

tadbirlarini o’tkazadi. 



Bank  statistikasining  o’rganish  obyekti    bo’lib, 

kredit  muassasalarida  bo’ladigan  yalpi  voqyea  va 

hodisalar  xisoblanadi.  kredit  muasassalariga  yuklatilgan 

funksiya  ular  bajaradigan  jami  operasiyalari  bilan 

bog’liqdir. 

Bankning vakillik hisobvarag’i (korschyot) - bu 

tvga  mb  hududiy  bosh  boshqarmalarining  hisob-kitoblar 

markazlarida ochilgan hisobvaraqdir. u banklararo hisob-

kitoblarni o’tkazishga mujallangan. 



Banklararo  oborotlarning  mazmuni  shundan 

iboratki, 

bir 

bank 


xizmatidan 

foydalanuvchi  

korxonaning 

talab 


qiluvchiga 

saqlanadigan 

hisobvarag’idan 

boshqa 


hisobvarag’iga 

hujjatda 

ko’rsatilgan  summa  buxgalteriya  yozuvlari  orqali 

o’tkaziladi. 

 

Bankning  foiz  stavkasi  –  kreditning  “narxidir”. 

kredit  uchun  haq  to’lash  korxonalarni  xo’jalik  hisobiga 

shu  jumladan,  resurslarni  ko’payishiga  hamda  jalb 

qilingan  mablag’larda  foydalanishga  ta’sir  etadi.  Bank 

muassasalari kredit foizi hisobidan xarajatlarni qoplaydi.  


 

15

Bankomatlar  –  bu  ko’p  vazifalarni  bajaruvchi 

avtomatlar 

yoki 


magnitli 

plastik 


kartachkalarni 

boshqaruvchi avtobankdir. 



Bankni  tugatish  –  boshqa  yuridik  va  jismoniy 

shaxslarga  huquqiy  vorislik  tartibida  va  majburiyatlar 

o’tmagan holda bank faoliyatini tugatish tushiniladi. 

Bank o’tkazmasi – bu bir shaxs hisob varag’idan 

boshqa shaxs hisobvarag’iga ma’lum summani o’tkazish 

to’g’risida topshiriqni bajarish tushiniladi. 

Balans  –bank  mablag’lari  va  ularning  tashkil 

topish  manbalari  holatini  pul  shaklida  guruhlash  va  aks 

ettirish usulidir.  

Baho  –  1.  narsaning,  mol-mulkning  pul  bilan 

ifodalangan  kiymati.2.  ahamiyat,  qadr-qiymat.  3.xozirgi 

vaqtda:  o’quv  yurtlarida  o’zlashtirish  darajasiga  qarab 

qo’yilanadigan  ball.  4.tovarlarni  pulga  ayirboshlash 

me’yoridir. 

Baholash  -  bank  farmoishida  bo’lgan  mulkni  va 

har bir xo’jalik operasiyani pul shaklida baholash. 



BarTer  bitimi  –  bu  bitta  shartnoma  asosida  turli 

hil tovarlarni pulsiz almashtirish. 



Bek-ofis  -  bu  HKKM  (hisob-kitob  kassa 

markazlari)ning 

tarkibiy 

qismi 


bo’lib, 

front-ofis 

(sm.front-ofis)  mas’ul  hodimlari  tomonidan  markaziy 

bank mijozlaridan qabul qilingan yoki markaziy bank va 

hududiy bosh boshqarmalar tegishli tarkibiy bo’linmalari 

tomonidan  moliyaviy-xo’jalikfaoliyat  bo’yicha  taqdim 

qilingan  va  dastlabki  nazoratdan  o’tgan  pul  hisob-kitob 

hujjatlarining  asl  nusxasi  asosida  yakuniy  bank 

operasiyalarini  amalga  oshiruvchi 

mas’ul 


ijrochi 

buxgalterlar guruhi. 



 

16

Benefisiar  bank  -  bu  to’lov    operasiyasini 

yakunlovchi bank. 

Bir  hudud  ichidagi  hisob-kitoblar  -  bu  hisob-

kitob  markazida    vakillik  hisob  varag’iga  ega  bo’lgan 

banklar orasidagi hisob-kitoblardir. 

 

Birja  dileri  -  qimmatli  qog’ozlar,  mollar  va 

valyuta birjasida oldi sotdi savdo bitimlarida vositachilik 

qiluvchi shaxs yoki firma. 



Birlamchi  diler  -  qimmatli  qog’ozlar  bitimlarni 

amalga oshiruvchi birlamchi taqsimot ishtirokchisi. 



Biznes  (biddines)  –    daromad  keltiradigan  yoki 

boshqa naf beradigan xo’jalik faoliyati yoki sohibkorlik–

tijorat  ishlari  bilan  shug’ullanish,  pul  topish  maqsadida 

biror  ish  bilan  band  bo’lish.  biznes  mahsulot  ishlab 

chiqarish    va  uni  sotish,  xizmat  ko’rsatish,  transport  va 

boshqa sohalardagi faoliyatdir. 



Biznes-reja    -  bu  hujjat,  unda  aniq  vaziyatda 

biznesning  mohiyati,  boshlanish  imkoniyati,  davomi  va 

uning kengaytirilishi aks etadi. 

Bimetalizm  -  bu  pul  tizimida  mustaqil  unsur 

bo’lib,  bunda  ikki  metalga:  oltin  va  kumushga  qonuniy 

tartibda  umumiy  ekvivalent  roli  biriktirib  qo’yiladi.  Bu 

metallardan erkin  ravishda tangalar zarb  qilinadi  va  ular 

muomalada erkin harakatda bo’ladi. 

Boj  –  o’lpon,  soliq,  to’lov.  o’rta  osiyoda  ilk  o’rta 

asrlardan 

boshlab 

bir 


mamlakatdan 

ikkinchi                                          

mamlakatga,  ichki  nizolar  kuchaygan  vaqtda  bir 

viloyatdan  utish  uchun,  shuningdek,  ichki  bozorlarda 

savdogarlardan olingan maxsus to’lov, o’lpon. 

Bolish – mug’ullar va qisman turklar orasida (XIII 

- XIV asrlar)  muomalada bo’lgan tilla yoki qumush pul. 



 

17

1bolish  75  dinorga  teng  bo’lgan.  Ba’zi  manbalarda  esa 



1bolishni  300  dinorga  barobar  bo’lgan  deb  ko’rsatilgan. 

Bolishning  vazni 150  miskoldan 600  misqolgacha kelib, 

oltin  va  qumush  bolishning  muhri  va  yozuvlari 

bo’lmagan. 



Boshlang’ich  filiallararo  oborot    bu  -  boshqa 

bank muassasalariga topshiriq  berish. 



Boshlang’ich  qiymati  –  bu  asosiy  vositani  sotib 

olish  uchun  yoki  uni  qurish  bilan  bog’liq  barcha 

harajatlar,  shu  jumladan  to’plangan  soliqlar  bojxona 

bojlari  va  yig’indilari,  hamda  yetkazib  berish,  mantaj, 

o’rnatish  va  ishga  tushirish  bilan  bog’liq  bevosita 

aktivdan  belgilangan  maqsadda  foydalana  olish  uchun 

uni ishchi holatiga keltirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa 

barcha harajatlarning summasidir. 



Boshlag’ich  narx  deb  -    sotib  olingan  asosiy 

vositalarning  qiymati  va  obyektlarni  ekspluatasiyagacha 

topshirilgan harajatlari hisoblanadi. 

Boshlang’ich 

bank 

oborotlari 

– 

bu 



operasiyalarni boshlangan bankdagi  oborotlar. 

Bozor  (market)–  sotuvchi  bilan  xaridor  o’rtasida 

mahsulotni  ayirboshlash  munosabati;  masulotlar  bilan 

oldi-sotdi  munosabatlari,  mahsulot    ishlab  chiqarish, 

mahsulot  ayirboshlash  va  pul  muomalasi  qonunlariga 

binoan  amalga  oshiriladi.  Bozorda  ikki  jarayon  amalga 

oshadi:  biri  mahsulotlarni  sotish,  bunda  mahsulot  pulga 

almashadi.  Ayirboshlash  ixtiyoriy  va  erkin  shakllangan 

narxlarda  olib  boriladi.  Ayirboshlash  obyektining 

moddiy shakl jihatidan olganda, iste’mol mahsulotlari va 

xizmatlar,  ishlab  chiqarish  vositalari,  investisiya, 

qimmatbaho  qog’ozlar,  ilmiy  g’oyalar,  Texnikaviy 


 

18

ishlanmalar  va  mehnat  bozorlari  mavjud.  Ayirboshlash 



miqyosi  jihatidan  mahalliy,  hududiy,  milliy  va  jahon 

bozori, ichki va tashqi bozorlarga ajratiladi.  



ByudJet  –  bu  davlat  va  mahaliy  o’z-o’zini 

boshqarish  vazifalari  va  funksiyalarini  moliyaviy 

ta’minlash 

uchun 


muljallangan 

pul 


mablag’lari 

jamg’armalarini to’lash va sarflash shaklidir. 



ByudJet  tizimi  –  turli  darajadagi  byudJetdlar  va 

byudjet  mablag’lari  oluvchilar  yig’indisi,  byudJetlarni 

tashkil  etish  va  tuzish  prinsiplarini,    byudJet  jarayonida 

ular  o’rtasida,  shuningdek,  byudJetlar  hamda  byudjet 

mablag’lari  oluvchilar  o’rtasida  vujudga  keladigan 

o’zaro munosabatlarni ifoda etadi. 



ByudJet  tasnifi  –  bu  davlat  byudJeti  tuzilmasiga 

kiruvchi 

byudjetlar 

daromadlari 

va 

harajatlarini, 



shuningdek, 

uning 


taqchilligini 

moliyalashtirish 

manbalarini guruhlashdir. 

ByudJetni Rejalashtirish – bu davlatning moliya 

siyosati 

talablariga 

muvofiqlashtirilgan 

moliyaviy 

rejalashtirishning  muhim  tarkibiy  qismini  tashkil 

qilishdir. 

ByudJet  harajatlari  –  davlat  va  mahaliy 

hokimiyat 

vazifa 

va 


faoliyatini 

moliyaviy 

yo’naltiriladigan pul mablag’laridir. 

ByudJet  schyotlari  -  bu  byudJet  kassasini  ijro 

etish  operasiyasini  bajarish,  to’lovlarning  tushishi  va 

harajatlar aks ettirish uchun ochiladigan schyotlar. 

Buxgalter  -  buxgalter    qonun  qoidalariga  rioya 

qilgan  holda  savdo  va  hisobga  olish  daftarlarini 

yurituvchi shaxs. 


 

19

Buxgalteriya  hisobi  -  korxonaning  xo’jalik 

yuritish  hujjatlari  asosida,  uzluksiz  va  o’zaro  bog’liq 

holda  xo’jalik  faoliyatini  qiymat  ifodasi  aks  ettirish. 

Buxgalterlik  hisobining  predmeti  korxonaning  pul 

shaklda  ifodalangan  xo’jalik  mablag’lari,  ularning 

tashkil  topish  manbalari  va  xo’jalik  jarayonlari 

hisoblanadi.  



Buxgalteriya  hisobining  obyetlari  -  asosiy  va 

joriy  aktivlar,  majburiyatlar,  o’z  kapitali,  rezerv, 

daromad, harajatlar va h.q. 

Buxgalteriya  hisobining  subyektlari  -  davlat 

boshqaruv organlari, boshqarmalar, O’z.R.da ro’yhatdan 

o’tgan yuridik shaxslar. 

Buxgalteriya  hisobining  Registrlari  -  jurnallar, 

vedomostlar,  kitoblar,  ikki  yoqlama  yozuv  orqali  olib 

borish uchun  tasdiqlangan blankalar. 

Buxgalteriya  jurnali  -  bankda  operasion  kun 

davomida  hamma  operasiyalarning  debeti  va  krediti 

bo’yicha  oborotlarni  qayd  etish  uchun  muljallangan 

jurnaldir.  Operasion  kuni  tugagandan  so’ng  bir  balans 

schyoti  bo’yicha  oborotlar  yig’indisi  hisoblab  chiqiladi. 

Bu  yerda  debet  bo’yicha  barcha  schyotlar  kredit 

oborotlariga to’g’ri kelishi kerak. 

Buxgalteriya  hisobining  metodi  -  bu  banklarda 

buxgalteriya  hisobini  olib  borishning  asosiy  qoidallari 

tushuniladi.  

Buxgalteriya  hisobining  schyotlari  -  bankning 

xhshash  operasiyalarini  guruhlash  uchun  ishlatiladigan 

schyotlar.  

 

Buxgalteriya  balansi  -  ma’lum  bir  muddatga 

xo’jalik  mablag’lari  holati  haqida  pul  shaklida 


 

20

umumlashgan  ma’lumotlar  olish  uchun  hizmat  qiladi. 



Balansda  bank  (korxona  va  tashkilot)  mablag’larining 

joylanishi  va  tarkibi,  mablag’lar  manbalarining  tashkil 

topishi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. 

Buxgalteriya nazorati – aktivlarning saqlanishini 

va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga 

yo’naltirilgan,  muayyan  tarzda  shakllantirilgan  hujjat 

hisoblanadi. 



Buxgalteriya  hisobining  usullari  -  deb,  uni 

o’rganishga  qaratilgan          usullar  yig’indisiga  aytiladi. 

Ayrim 

usullar 


uning 

elementlari 

deb 

atalib, 


qo’yidagilardan  iborat  bo’ladi:  hujjatlashtirish  va 

invertarizasiya  qilish,  baholash  va  kalkulyasiya  qilish, 

schyotlar  tizimi  va  ikki  yoqlama  yozish  usuli, 

buxgalteriya balansi va hisobot. 



Broker  -  qimmatli  qog’oz,  mol-mulk  va  valyuta 

birjalarida  bitim  tuzish  paytida  vositachilik  bilan 

shug’ulanuvchi shaxs yoki firma. 

Brokerlik  operasiyalari  –  o’z  mijozlarining 

topshiriqlariga  binoan  banklar  komissioner  sifatida 

harakat qilib, komission operasiyalarini amalga oshirishi, 

ya’ni  o’z  nomidan  mijozning  hisobidan  qimmatli 

qog’ozlar  oldi-sotdisiga  oid  bitimlarni  tuzish  mumkin. 

Bunda 


bank 

mijozning 

hamma 

ko’rsatmalarini, 



jumladan,  bitim  tuzish  va  uning  joyiga  kursini 

cheklashga  oid  ko’rsatmalarini  bajarishi  lozim  hamda 

komission 

haq 


olishga, 

mijozning 

topshirig’ini 

bajarishda 

qilingan 

qo’shimcha 

sarf-harajatlar 

kompensasiyasiga haqlidir. 



Brokerlik  jamg’armalari  -  mijoz  va  broker 

o’rtasida  shartnoma  tuzish  asosida  vujudga  kelgan 



 

21

jamg’armalar.  Bunday  shartnomalar  asosan  uzoq 



muddatli hisoblanadi. 

Brokerlik firmasi - qimmatli qog’ozlar yoki mol-

mulklar oldi-sotdisida vositachilik qiluvchi firma. 

          



Valyuta 

- 

ital.so’zidan 

olingan 

bo’lib, 


«qadrlanmoq,  qiymat»  degan  ma’noni  anglatadi.  Baho, 

qiymat belgisi bo’lib,  mamlakatlarning  milliy pul birligi 

hisoblanadi. 

Valyuta brokeri -  valyuta birjalarida bitim tuzish 

paytida  vositachilik  bilan  shug’ulanadigan  shaxs  yoki 

firma. 

Valyuta  Devalvasiyasi  -  milliy  valyuta  kursining 

xorijiy valyutaga nisbatan rasmiy tarzda pasaytirish. 



Valyuta  kotirovkasi  -  joriy  qonun  asoslari  va 

amaliy  faoliyatidan  kelib  chiqqan  holda  banklarda  chet 

el valyutasi kursininig belgilanishi. 

Valyutaning  to’g’ri  kotirovkasi  –  Chet  el 

valyutasini milliy valyutadagi ifodasi tushuniladi. 



Valyutaning  teskari  kotirovkasi  –bu  milliy 

valyutaning chet el valyutasidagi ifodasi tushuniladi 



Valyuta  kursi  -  bir  pul  birligi  bahosining  boshqa 

pul  birligida    ifodalanishi,  bir  mamlakat  valyutasini 

ikkinchi 

mamlakat 

valyutasiga 

real 


almashish 

proporsiyasi. 



Valyuta 

bozori 

moliya 



bozorining 

bir 


ko’rinishidir. 

Bunday 


bozorda 

turli 


mamlakatlar 

valyutasi  oldi-sotdi  qilinadi.  Bozorda  korxona,  firma, 

davlat  idoradari  va  fuqarolar  qatnashadi.  O’zbekistonda 

valyuta  oldi-sotdi  qilish  operasiyalari  bilan  Respublika 



 

22

Markaziy banki, Respublika tashqi iqtisodiy milliy banki 



va  shunday  faoliyat  uchun  ruxsat  berilgan  boshqa 

banklar shug’ullanadi. 



Valyuta munosabati  - bu bir davlat valyutasining 

boshqasiga 

ayirboshlashdir. 

Valyuta 


munosabati  

ma’lum valyuta kursi asosida amalga oshiriladi.  



Valyutani  sotish  kursi  –  bu  bank  kotirovka 

qilingan valyutalarini kurs bo’yicha sotish. 



Valyutani  sotib  olish  kursi  -  bu  bank  kotirovka 

qilingan  valyutalarini  kurs  bo’yicha  sotib  olish 

tushiniladi. 

Valyuta  hatari  –  milliy  valyutaning  chet  el 

valyutasigi  nisbatan  bahosini  foiz  stavkasi  harakatining 

kelajakdagi  noaniqligi  ilan  bog’liq  bo’lib,  chet  el 

valyutasi bilan olib boradigan qarzdor, kreditor, investor 

va savdogarlarga ta’sirini ko’rsatadi. 

Valyuta hisob-kitoblar – bu banklarda yuridik va 

jismoniy  shaxslarning  chet  el  valyutasidagi  hisob-

kitoblar. 

Varrant  -  1.tovar  egasi  uni  omborga  topshirishda 

beriladigan  hujjat.  2.o’z  sohibiga  qimmatli  qog’ozlarni 

muayyan  davr  mobaynida  belgilangan  narxda  harid 

qilish huquqini beruvchi guvoxnoma. 



Varrantli  zayom  -  varrant  garovi  asosida 

beriladigan bank kredit turi.  



Vasiqa  -  Yaqin  va  O’rta  Sharq  mamlakatlarida 

mol-mulk  oldi-sotdisi  to’g’risida  tuzilgan  rasmiy  hujjat 

(shartnoma). 

Vaucherlar  –  bu  sertifikatlar  yoki  oldindan 

beriladigan  guvohnomalar  bo’lib,  ular  aholi  o’rtasida 

taqsimlanadi  va  o’z  egalariga  ular  uchun  kimoshdi 


 

23

savdosida  sotuvga  qo’yiladigan  davlat  korxonalarning 



aksiyalarini 

olish 


yoxud 

 

ularni 



vaucherlardan 

foydalanish 

bo’shyicha 

vositachilik 

vazifalarini 

bajarishga  tayinlangan  investisiya  fondlariga  qo’yish 

huquqini beradi. 

Veksel  -  1.bu  Nemischa  «wyechsel»  so’zidan 

olingan  bo’lib,  bu  veksel  beruvchidan  yoki  vekselda 

ko’rsatilgan  boshqa  to’lovchining  vekselda  ko’rsatilgan 

muddat  kelganda  veksel  egasiga  ma’lum  miqdordagi 

summani 

to’lash 


haqidagi 

so’zsiz 


majburiyatini 

tasdiqlovchi  qimmatli  qog’ozidir.  2.qat’iy  belgilangan 

shakldagi  yozma qarz majburiyati. 

VekSelni 

akseptlash 

veksel 



qiymatini 

to’lanishga rozilik berish. 



VekSel  portfeli  -  muayyan  davrda  bank  yoki 

korxona ihtiyorida jamlangan veksellar majmuai. 



Voris  –  meros  olish  huquqiga  ega  bo’lgan  shaxs, 

merosxo’r,  bulg’usi  meros  egasi.  Bobolardan  meros 

qolgan  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarga  egalik 

qiluvchilar. 



Vorislik  huquqi  –  meros  qoldirilgan  mol-

mulkning  vorislar  qo’liga  utishini  ta’minlaydigan  shariy 

va huquqiy me’yorlar majmui. 

 



 

Garov  –  1.  u  aniq  bir  majburiyatini,  shartni 

bajarish, 

qarzni 

belgilangan 



vaqtda 

qaytarishni 

kafolatlash maqsadida qimmatbaho buyum yoki boylikni 

qarz  beruvchiga  qoldirish.    2.biror  narsa  yoki  hodisa 

haqida bahslashuvchi ikki tomon o’rtasidagi shart. 


 

24

Gumonli kreditlar - mavjud ma’lumotlarga ko’ra 

ssudaning  to’liq  qaytishi  gumonli.  Ssuda  va  muddatiga 

nisbatan  haqiqiy  qaytish  darajasi  hali  aniq  emas.  Zarar 

ko’rish  ehtimoli  yuqori,  lekin  kelgusida  bu  aktivlarning 

sifatiga  ijobiy  ta’sir  etadigan  omillarning    mavjudligi 

uchun  ularni  zarar  keltiruvchi  deb  tasniflash  holatining 

aniqlashuvigacha kechiktiriladi. 



Guruhlarga  ajratish  –  bu  asosan  guruh 

belgilariga  qarab  hodisalarni  (ma’lumotlarni)  ajratish 

demakdir.  Guruxlashni  amalga  oshirishda  guruxlar  soni 

va  intervali  aniqlanadi.  Masalan,  gurux  intervali  bu 

belgining  maksimal  va  minimal  darajasi  o’rtasidagi 

farqidir. 



 

 

Davlat  byudJeti  -  davlatning  o’z  funksiyalarini 

amalga  oshirish  uchun  mo’ljallangan  daromadlari  va 

harajatlarining  pul  bilan  ifodalangan  yillik  majmui. 

Davlat  byudJeti  bir  yilga  tuzilib,  uning  daromadlar 

qismida  soliqlar,  bojxona  to’lovlar  hamda  boshqa 

tushumlar,  harajatlar  qismida  esa  davlatning  ta’lim, 

sog’liqni saqlash, mudofaa harajatlari va turli hil ijtimoiy 

to’lovlar aks etadi. 

 

Davlat  qisqa  muddatli  obligasiyalari  -  foiz 

stavkasi  bozoridagi  talab  va  taklif  bilan  belgilanadigan, 

uch  oylik  muddatga  qoplanadigan  qimmatli  qog’oz 

bo’lib,  investorlarni  o’ziga  jalb  qiladi,  ya’ni  pulning 

qadrsizlanishi  va  nisbatan  uzoq  muddatli  kreditlar  bilan 

bog’liq xavfdan holi bo’lib, belgilangan daromadni olish 

imkoniyatini beradigan qimmatli qog’oz. 



 

25

Davlat  qimmatli  qog’ozlari  –  davlat  qarz 

majburiyatlari,  obligasiyalar  vash  u  kabilar  majmuidan 

iborat  bo’lib,  aholi  va  xo’jalikyurituvchi  subyektlarning 

vaqtinchalik bo’lib turgan mablag’larini jalb qilish uchun 

hukumat tomonidan chiqariladigan qimmatli qog’ozlar.   



Davlat  statistika  tashkiloti  -  bu  O’zbekiston 

Respublikasida  joylashgan  va  faoliyat  ko’rsatilayotgan 

barcha  yuridik  va  jismoiny  shaxslarni  ro’yhatdan 

o’tkazish,  ularning  moliyaviy-xo’jalik  faoliyati  bo’yicha 

statistik ma’lumotlar olish ishlarini olib boradi



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish