Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron hujjat almashish tizimlari O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi.
Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali jo‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish, hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standartlashtirilgan shakldagi ish hujjatlarining (buyurtmalar, hisob raqamlari va sh.k.) ma’lum shakldagi elektron almashinuvi elektron hujjat almashinuvi tizimini belgilaydi.
Hurmatli foydalanuvchi!
Yagona portal Sizga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga murojaatlarni elektron shaklda yuborish imkoniyatini taqdim etadi. Shuni Sizga eslatib oʻtamizki, elektron murojaat ERI bilan imzolanishi shart.
ERI – imzoning yopiq kalitini qoʻllagan holda axborotning kriptografik oʻzgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini imzo egasiga taalluqliligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi.
ERI elektron hujjatni imzolagan shaxsni identifikatsiyalash uchun moʻljallangan boʻlib, qoʻlda qoʻyilgan imzoning toʻkis analogi hisoblanadi hamda elektron hujjatda aks ettirilgan axborotning oʻzgartirilmasligi va avtorlikni tasdiqlash uchun qoʻllaniladi. Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasiga muvofiq, ERI bilan tasdiqlanmagan murojjatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.
ERI OLISH TARTIBI
ERI Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2 yilga beriladi. ERIni yaqin atrofdagi tuman Davlat soliq inspektsiyasi (DSI)da toʻlov asosida olish mumkin. ERI uchun eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida to'lov summasi undiriladi.
ERI olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:
- ERI kaliti sertifikati va kalitini olish toʻgʻrisidagi imzolangan hamda zarur hollarda muhr bilan tasdiqlangan ariza (1-ilova);
- arizada koʻrsatilgan jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining pasporti;
- ERI kalitlarini yaratish xizmati uchun toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitantsiya.
Eslatma. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida ERI kalitlarini roʻyxatdan o’tkazish uchun CLICK tizimi orqali toʻlovni amalga oshirish yoʻlga qoʻyilgan. Buning uchun telefonda *880*0113*STIR*toʻlov summasi# USSD-buyrugʻi teriladi. Bunda:
STIR – bu soliq toʻlovchining identifikatsion raqami;
Toʻlov summasi – eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida (2016 yil 1 oktyabr holatiga koʻra eng kam oylik ish haqining 10 foizi 14 977 soʻmni tashkil etadi).
CLICK orqali toʻlov xizmati faqatgina jismoniy shaxslar uchun mavjud boʻlib, u OʻzR DSI va uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan ERI uchun amalga oshiriladi.
Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng yaqin oʻrtadagi DSIga tashrif buyuring. ERI kalitlarini yozish uchun USB flesh-kartasini olib borishni unutmang.
ERI MODULINI O`RNATISH TARTIBI
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) elektron raqamli imzodan (ERI) foydalanilanish uchun E-IMZO maxsus moduli shaxsiy (ish yoki uy) kompyuteriga o’rnatilishi lozim. E-IMZO modulini o’rnatish yo’riqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.
Shuningdek, foydalanuvchi o’zining shaxsiy kompyuterida JRE ning 1.7-versiyasidan kam bo’lmagan versiyasi o’rnatilganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Kompyuterda ORACLE JRE komponentlari mavjudligi qanday tekshiriladi? Agar Sizning kompyuteringizda JRE ilovasi mavjud bo’lmasa, uni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin https://java.com/ru/download/.
Eslatma!!! Elektron murojaatni imzolashda, DSQ tomonidan berilgan ERI (elektron raqamli imzo) "DSKEYS" nomi ostidagi papkada komyuterning C yoki D disk xotirasida (yoki USB fleshkada) saqlangan bo'lishi lozim.
ELEKTRON MUROJAATNI ELEKTRON RAQAMLI IMZO ORQALI IMZOLASH TARTIBI
Murojaatni ERI bilan imzolash uchun elektron murojaatni yuborishning soʻngi qadamida «Imzo chekish» tugmasiga bosing.
1. «Imzo chekish» tugmasi bosilganida dialogli oyna ochiladi, bunda tegishli ERI tanlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |