Piyodalarga qarshi minalar
Bu minalar dushmanning tirik kuchlarini shikastlash maqsadida qo‘llaniladi. Ular ikki xil: fugasli va oskolkali bo‘ladi.
Umumiy tuzilishi. Mina korpusi, yondiruvchi zaryad zarrachalari va portlatish oldindan saqlagichning tuzilishi bo‘yicha xavfsiz joylashtirilishidan iboratdir. Ba’zi bir minalar o‘rnatish uchun maxsus moslamaga joylashtirilgan.
Harakatlanish holati. Minaning cheki uzib tashlangandan keyin metal elementi (vaqtinchalik saqlagich) ikki yarim daqiqa o‘tishi bilan jangovar holatga keladi. Jangovar holatda turgan mina bosib olinganda, uning qopqog‘i tushishi bilan «Ò» shaklidagi chekni portlagich surib yuboradi. Zarb bo‘shab, jangovar prujinalar zapalga qadalib, portlashni yuzaga keltiradi. Piyodalarga qarshi minalar portlash natijasida fugasli va oskolkali holatlari bilan shikastlash ta’sirini ko‘rsatadi. Fugasli minalar portlash tartibiga ko‘ra, bir kishini shikastlaydi. Oskolkali minalar bir holatning o‘zida bir qancha kishini shikastlaydi.
Minalarni joylashtirish. Tank va piyodalarga qarshi minalar dushmanning harakatlanish yo‘llariga o‘rnatiladi. Mudofaada turganda esa, eng oldindagi hududlarga, ayniqsa, yon tomonlarni to‘sish va ikki narsa orasidagi masofalarga va uning ichkarisiga hujum qilish vaqtida, oldingi maydondagi dushmanning hujumga o‘tishini qaytarish uchun o‘rnatiladi. Tanklar va piyodalarga qarshi minalar joylarga maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlangan vertolyotlarda va to‘siqlarni o‘rnatuvchilar yordamida qo‘lda o‘rnatiladi. Minalarning qo‘lda o‘rnatilishida chuqurni mina hajmida belgilab, shunday o‘lchamda kovlanadi. O‘rnatilgan mina bir qancha tuproqni yuqori qismidan chiqib turishi bilan portlagichni aylantirib, portlagich jangovar holatga keltiriladi. Qo‘riqlagich chekini uzib olib niqoblantiriladi. Òankka qarshi mina tuproq qatlamidan 5—8 sm.da, piyodalarga qarshi mina esa,
qatlamdan 1—2 sm.da niqoblanadi. Òankka qarshi minalarni chiqarib olish taqiqlanadi, ularni portlash zaryad zarrachalari kovlab olinishi yoki boshqacha turlar bilan yo‘qotiladi.
Belgilab qo‘yilgan hudud joylariga o‘rnatilgan minalardan maydon tashkil qilinadi. Minali maydonlar tankka, piyodalarga qarshi va aralashma holatida o‘rnatiladi. Yashirilmagan mina belgilari do‘ng va tepaliklarda yoki ulardan keyin, yig‘ishtirilmagan yerlarda, qishda esa, zichlangan qorda, yerning cho‘kkan joylarida yoki yerni tig‘izlab berkitilgan joylarga tashlab yuborgan asboblar yoki kerakli jihozlarga minalar o‘rnatiladi. Mashinalar va odamlarning yo‘lida mina to‘siqlarini ko‘rsatuvchi belgilarni uchratish mumkin. Ayrim yashirilmagan minalar belgilarining tavsifi 81-rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |