O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi pastdarg’om



Download 23,7 Mb.
bet9/151
Sana31.12.2021
Hajmi23,7 Mb.
#279518
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   151
Bog'liq
5. Mavzular to'plami

Fanlar bilan bog’liqligi: Jismoniy tarbiya, tarix, huquq. Adabiyotlar: YOCHT 2017.

T/r

Darsning elemenlari

Davomiyligi

1.

Tashkiliy qism

15- min

2.

Yangi mavzu bayoni

40 min

3.

Yangi mavzuni mustahkamlash

10- min

4.

Darsni yakunlash va baholash

10- min

5.

Uyga vazifa berish

5- min

Jami:

80 min

Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.

O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.

Yangi mavzu bayoni:

2.1. O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuni. Umumiy harbiy majburiyat tushunchasi va uning mohiyati. Harbiy xizmat turlari Mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish Respublika Qurolli Kuchlarida ham muhim o‘zgarishlar qilishga sabab bo‘ldi. Chunonchi, 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunni ko‘rish mumkin. Unga binoan, Qonun fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarligidan iborat bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safini to‘ldirishni va ularning rezervini tayyorlashni ta’minlash maqsadida joriy etiladi. Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi tajovuz bo‘lgan taqdirda, aholini muhofaza etish chora-tadbirlarini qamrab oladi.

«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, xususan:

-harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar — chaqiriluvchilar;

-haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar — harbiy xizmatchilar;

-Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslar — harbiy xizmatga majburlar;

-turli sabablarga ko‘ra, harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan, shu jumladan, iste’fodagi shaxslar — harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar,deb ataladi.

Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi. Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi xalqi va Prezidentiga sodiqlik to‘g‘risida Harbiy qasamyod qabul qiladilar. Muqaddam harbiy qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar yig‘inlarga jalb etilganlarida yoki safarbarlik bo‘yicha chaqirilganlarida, harbiy qasamyod qabul qiladilar. Harbiy xizmat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir. «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga binoan, harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etilgan:

— muddatli harbiy xizmat;

— safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;

— kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;

— O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati.

Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli erkak fuqarolar

chaqiriladi. Muddatli harbiy xizmatda chaqirilishi yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek, muqaddam harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlarning qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatdir. Muddatli harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobida:

-muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun – o‘n ikki oy(oliy ma’lumotli shaxslar uchun — to‘qqiz oy);

-muddatli harbiy xizmatni chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan ofitserlar uchun to‘qqiz oy qilib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002-yil 12-dekabrda yangi qabul qilingan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga asosan, fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, yiliga ikki marta: aprel-may va oktabr-noyabr oylarida o‘tkazilib kelingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-noyabrdagi «Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada takomillashtirish maqsadida yiliga bir marta — fevral-mart oylarida chaqirilish belgilandi.

2.2. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish. Fuqarolarning harbiy ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha majburiyatlari. Harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish. Harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Prezidentning qarori e’lon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar, jumladan, vaqtincha ro‘yxatda turgan chaqiriluvchilar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir bo‘lishi shart. Muddatli harbiy xizmatni yoki

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tamagan va harbiy ro‘yxatda turmagan chaqirilish yoshidagi fuqarolar, shuningdek, doimiy turar joyidan vaqtinchalik boshqa joyga jo‘nab ketgan va o‘sha yerda harbiy ro‘yxatda turmagan chaqiriluvchilar mudofaa ishlari organlarida hozir bo‘lishi shart. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va yoshi o‘n sakkizdan oshgan chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxatdan turish joyini o‘zgartirishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruv to‘g‘risidagi qarori e’lon qilingunga qadar yo‘l qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilingandan keyin chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatda turish joyini faqat quyidagi hollarda o‘zgartirishi mumkin:

— boshqa ishga o‘tkaziladigan bo‘lsa;

— yangi turar joyiga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa;

— ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan va ta’lim olishni davom ettirish uchun ketayotgan bo‘lsa. Ushbu ko‘rsatilgan asoslarning mavjudligi mudofaa ishlari organiga taqdim etiladigan hujjatlarda tasdiqlanishi lozim. Fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan belgilangan muddatlarda chaqiruv uchastkalarida hozir bo‘lmaganda, quyidagilar uzrli sabab hisoblanadi:

-fuqaroning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan kasalligi;

- yaqin qarindoshining (otasi, onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, xotini, bolasi) vafot etganligi yoki og‘ir kasalligi;

-fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan holda uning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan tabiiy ofat yoki boshqa holatlar. Hozir bo‘lmaganlik sabablari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Òinchlik davrida quyidagi fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqirilmaydi:

1) chaqiriluvchining ota-onasi mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib, ularni boqish shart bo‘lgan mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa;

2) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli yolg‘iz onasi yoki otasi bo‘lib, ularning qaramog‘ida o‘n olti yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lgani holda mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa;

3) chaqiruv kunida chaqiriluvchining tug‘ishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa;

4) chaqiriluvchining onasiz tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan bir farzandi bo‘lsa;

5) chaqiriluvchining birinchi yoki ikkinchi guruh nogiron xotini va voyaga yetmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lsa;

6) ishi yuzasidan surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan shaxslar. Chaqiriluvchini uning ota-onasi vafot etganligi, ular uzoq muddat betobligi munosabati bilan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra, kamida besh yildan buyon o‘z qaramog‘ida saqlayotgan shaxslar uning ota-onasiga tenglashtiriladi. Umumta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi. Òa’lim muassasalaridan o‘qishdan chiqarilgan shaxslar chaqirilish muddatini kechiktirish huquqidan mahrum bo‘ladilar. Chaqirilish muddatini kechiktirish asoslarini yo‘qotgan chaqiriluvchilar, shuningdek, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga yoxud chaqirilishdan ozod etish uchun asoslarga ega bo‘lmagan va turli sabablarga ko‘ra, muddatli harbiy xizmatga yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chiqarilmagan shaxslar chaqirilish kuni yigirma yeti yoshga to‘lgunga qadar, Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi chaqiruv paytida chaqiriladilar. Òinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladi:

1) salomatligiga ko‘ra, harbiy xizmatga yaroqsiz, deb topilgan chaqiriluvchilar;

2) yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;

3) ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar. Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar o‘z roziliklari bilan harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin. Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida harbiy xizmat talablariga javob beruvchi quyidagi fuqarolar ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha):

-o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan, harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlik ko‘rmagan harbiy xizmatga majburlar va ayollar — oddiy askarlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;

-muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar,

shuningdek, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;

- o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majbur ayollar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;

-o‘n yetti yoshdan yigirma bir yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan, o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek, harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan, o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar — harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari tariqasida harbiy xizmatga;

-qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar — ofitserlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga kiradilar. Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik, Davlat qo‘mitasi va idora bilan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzadilar.


Download 23,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish