Fanlar bilan bog’liqligi: Jismoniy tarbiya, tarix, huquq. Adabiyotlar: YOCHT 2017.
T/r
|
Darsning elemenlari
|
Davomiyligi
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
15- min
|
2.
|
Yangi mavzu bayoni
|
40 min
|
3.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10- min
|
4.
|
Darsni yakunlash va baholash
|
10- min
|
5.
|
Uyga vazifa berish
|
5- min
|
Jami:
|
80 min
|
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.
Yangi mavzu bayoni:
3.1. Kuzatish uchun joy tanlash. Ko‘rinish cheklangan sharoitda joy va joydagi predmetlarni o‘rganish
Joy va dushman razvedkasini olib borish uchun askar kuzatuvchi qilib tayinlanishi va kuzatish posti tarkibida harakatlanishi mumkin. Kuzatish posti yashirincha jihozlanadi, niqoblanadi va dushmanni kuzatish uchun kerak bo‘lgan barcha vositalar bilan ta’minlanadi. Kuzatish punkti uchun joy, joyni va dushmanning postdagi predmetlarini, o‘z qo‘shinlari harakati ko‘rsatilgan polosada imkon qadar, uzoqlikdan kuzatish imkonini ta’minlashi kerak. Odatda, kuzatish uchun polosa dushmanni razvedka qilishdan tashqari, o‘z qo‘shinlari harakatini kuzatib borish; sektor faqat dushmanni va o‘ta kesishgan sharoitli joyni kuzatish uchun belgilanadi. Kuzatuv postida okopda, transheyada, snaryad (bomba) portlagan chuqur maxsus jihozlangan inshootda, jangovar mashinada yoki kuzatish qulay bo‘lgan joyda bo‘lishi mumkin.
Kompas — ufq (gorizont) tomonlarni to‘g‘ri aniqlash uchun kerak.
Yirik masshtabli xarita — 1:25000, 1:50000 unga kuzatuv posti shartli belgisining kuzatuv sektorini, dushman paydo bo‘lib qoladigan yo‘nalishni, dushman mudofaasining old chegarasini, uning o‘t ochish vositalari joylashuvi va boshqalarni chizish uchun ishlatiladi.
Durbin — bu kuzatish vositasi bo‘lib, uning yordamida joy va dushmanni kuzatuvchi kuzatadi. Durbinning optika tizimi shunday qurilganki, undan kuzatilganda barcha predmetlar haqiqiy joylashuvchidan 2 dan 15 marotabagacha yaqin masofaga keltiriladi.
Kuzatish jurnali — kuzatish natijalari haqida barcha ma’lumotlarni kiritishga mo‘ljallangan.
Soat — aniq vaqtni bilish uchun foydalaniladi.
Òelefon (radiostansiya) — komandir bilan aloqa bog‘lab turish hamda kuzatuv natijalarini yuborish uchun foydalaniladi.
Ofitser chizg‘ichi va qalami — xaritada ishlash uchun mo‘ljallangan. Kuzatuv punkti 64-rasmda ko‘rsatilgandek bo‘lishi kerak.
Kuzatuv posti plansheti — dala sharoitida dushman va joyni razvedka bilan kuzatuv olib borishni shaxsiy tarkibga yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |