O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi pastdarg’om


Umumqo‘shin jangining asosiy turlari



Download 23,7 Mb.
bet52/151
Sana31.12.2021
Hajmi23,7 Mb.
#279518
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   151
Bog'liq
5. Mavzular to'plami

Umumqoshin jangining asosiy turlari

Umumqo‘shin jangining asosiy turlari bo‘lib, mudofaa va hujum hisoblanadi.



Mudofaa — dushman hujumini qaytarish, unga zarar yetkazish va o‘z qo‘shinlarimizni hujumga o‘tishi uchun sharoit yaratib berish maqsadida ataylab yoki majburan amalga oshiriladi. Mudofaa oldindan yoki jang sharoitida dushman bilan yuzma-yuz kelinganda tayyorlanishi mumkin. Mudofaa dushman qo‘llagan barcha qurollar zarbini qaytara oladigan, barqaror va faol bo‘lishi kerak.

Hujum dushmanni tor-mor etish (yo‘q qilish) va joyning muhim marralari (obyektlari)ni egallash maqsadida o‘tkaziladi. U dushmanni mavjud bo‘lgan barcha vositalar bilan zararlash, qat’iy hamla, dushmanning jangovar tartibi ichiga bo‘linmalarning shiddatli kirib borishida, jonli kuchini yo‘q qilish va asir olishda, qurol-aslaha, texnika hamda belgilangan hududlar (marralar, joydagi obyektlar)ni egallab olishda ifodalanadi. Mudofaadagi dushmanga guruh (seksiya)ning hujumi, unga to‘g‘ridan

to‘g‘ri yaqinlashishda yoki ichkaridan harakatlanib kelganda (birdan, yo‘lyo‘lakay) amalga oshiriladi. Motoo‘qchi guruh o‘z qurolini, joy va undagi muhandislik jihozlarini hamda to‘siq va g‘ovlarni mohirona ishlatib, hujumga o‘tgan dushmanga katta talafot yetkazgan holda egallab olgan pozitsiyalarini ushlab qolish qobiliyatiga ega. U qoidaga ko‘ra, vzvod tarkibida mudofaaga kirishadi, batalyon rezervida turib jangovar qo‘riqlashga, jangovar razvedka kuzatuviga va o‘t ochuvchi pistirmaga belgilanishi, kuchlarining bir qismi yoki to‘laligicha batalyon (vzvod)ning zirh guruhi tarkibiga kirishi mumkin. Motoo‘qchi guruh front bo‘yicha 200 m.gacha va ichkariga 200 m.gacha

bo‘lgan tayanch punktini mudofaa qiladi. Motoo‘qchi guruhining mudofaasi o‘ziga: guruhning jangovar tartibini, guruh tayanch punktini va o‘t ochish tizimini oladi. Guruhning jangovar tarkibi qo‘yilgan vazifa va joy sharoitiga bog‘liq holda quriladi. Motoo‘qchi guruhning seksiyalar pozitsiyasi, qoidaga ko‘ra, bitta transheyada chiziqda bo‘ladi. Motoo‘qchi guruhning tayanch nuqtasi seksiyalar pozitsiyasidan, piyodalarning jangovar mashinalari va ixtiyoridagi o‘t ochish vositalari hamda o‘t ochish pozitsiyalaridan iborat. Guruhning mudofaadagi o‘t ochish tizimi guruh mudofaasi old chegaralarida tayyorlangan yig‘ilgan olov uchastkasini; mudofaaning oldingi chegarasi oldida, oraliqlarida, qanotlarda va mudofaa ichkarisida piyoda jangovar mashinasining tankka qarshi zonasi va guruhning boshqa barcha o‘t ochish vositalari ko‘p qavatli olovini; xatarli yo‘nalishlarda tayyorlangan

piyodaning jangovar mashinasi va boshqa o‘t ochish vositalarining tayyorlangan olov manyovrini o‘z ichiga oladi.




Askarning jangdagi majburiyatlari. Askarning shaxsiy quroli va anjomlari (ekipirovkasi). Motoo‘qchi seksiyasining tashkiliy tarkibi, hal etiladigan jangovar vazifalari, uning qurol-aslahasi va imkoniyatlari

Har bir askar:

- guruhning, o‘z seksiyasi (tanki)ning va o‘zining jangovar vazifalarini bilishga;

- dushman tanklarining, boshqa zirhlangan mashinalar va tankka qarshi vositalarning jangovar imkoniyatlarini, ularning kuchli va zaif tomonlarini, ayniqsa, eng zaif joyini bilishga;

- istehkom inshootlarining jihozlash hajmi va jihozlash tartibini doimo kuzatib borishga, dushmanni o‘z vaqtida topib olishga va darhol bu haqda komandirga bildiruv berishga;

- hujumda qat’iyat va qo‘rqmasdan harakatlanishga, mudofaada bardam va tirishqoq bo‘lishga, dushmanni barcha usul va vositalar bilan yo‘q qilishga, jangda matonat, zukkolik ko‘rsatishga, o‘rtog‘iga yordam berishga;

- joydan, individual himoya vositalaridan va mashinaning himoya xususiyatlaridan mohirona foydalanishga; okop va pana joylarni tezda jihozlashni bilishga, niqoblanishni amalga oshirishga, to‘siq-g‘ovlardan va zaharlangan joylardan o‘ta olishga, tankka qarshi minalarni o‘rnatish va chiqarib olishni bilishga; maxsus ishlov berishni o‘tkazishni bilishga;

- havodagi dushmanni tanib olishga va uning samolyotlari, vertolyotlari va boshqa nishonlarga o‘qotar qurollardan o‘t ochishni bilishga, ularning eng zaif qismlarini bilishga;

- jangda komandirini himoyalashga, agarda u jarohat olsa yoki halok bo‘lsa, qo‘rqmasdan bo‘linma qo‘mondonligini o‘ziga olishga;

-jangda komandirning ruxsatisiz o‘z joyini tashlab ketmaslikka, jarohatlanganda yoki radioaktiv zaharli moddalar, bakterial (biologik) vositalar hamda yondiruvchi qurol bilan zararlanganda, o‘ziga va o‘zaro yordam chora-tadbirlarini ko‘rishga hamda vazifani bajarishni davom etishga; agar tibbiy punktga jo‘nash buyurilgan bo‘lsa, o‘zi bilan shaxsiy qurolini olishga; tibbiy punktga borishga iloji bo‘lmaganda, quroli bilan pana joyga o‘rmalab borib, sanitarlarni kutishga;

- o‘q-dorilar, BMP (BTR) va tank yonilg‘ilari sarfini kuzatib turishga, o‘z vaqtida komandiriga o‘q-dorilar va yonilg‘i zaxirasi bo‘yicha bildiruv berishga;

- BMP (BTR), tank buzilganda, ularni tuzatish chora-tadbirlarini ko‘rishga majburdir.




Download 23,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish