O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. B. Mirzajonova



Download 19,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/136
Sana26.02.2022
Hajmi19,02 Mb.
#473090
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136
Bog'liq
fayl 2083 20211108 (1)

Pechni ishga tushirish
. Pech bo’shlig’iga shixta materiallari ma’lum 
tartibda yuklangandan keyin uning kanallaridagi gorelkalarga bosim ostida 
kizdirilgan yonuvchi gaz va havo yuborilib kamerada yondiriladi. Yonish 
mahsulotlari o‘z yulida shixta materiallarini qizdirib borib, qarama - qarshi 
tomondagi kallaklari kanallari orqali sovuq regeneratorlarning katak - katak 
kanallaridan o‘tib pech devorlarini qizdirib mo‘riga yoki bug‘ qozonlariga 
chikariladi. 
Chap tomondagi 1250 – 1280
o
C qizigan regeneratorlarga sovuq gaz va havo 
haydaladi - da, ular qizigan regeneratorlarning vertikal kanallaridan o‘ta borib,
800 – 900
o
C temperaturagacha qiziydi, keyin u erdan o‘z kallaklari orqali pech 
kamerasiga o‘tib yonadi. Yonayotgan gaz va havo oqimi shixtani qizdira borib, 
qarama - qarshi tomondagi kallaklar orqali sovigan juft regeneratorlarga utib ularni 
ham qizdiradi. Gaz va havo oqimining harakat yo’nalishi klapanlar 13 orqali har 20 
- 25 minutda avtomatik ravishda boshqariladi. Agar marten pechlarida suyuq 
yoqilgi (mazut) da ishlasa, faqat havoni qizdrish regeneratorigina o’rnatilgan 
bo’ladi. 
Asosli marten pechlarida shixta tarkibiga ko’ra po’latlarni skrap - rudali va 
skrap usullarda olinadi.
 
 
8.5. Po’latlarni skrap - rudali usulda ishlab chiqarish 
Bu usuldan domna pechlari bo’lgan po’lat ishlab chiqaruvchi metallurgiya 
zavodlarida foydalaniladi, chunki bunda shixtaning 60 - 75% temir - tersak (skrap) 
chiqindilardan, qolgani suyuq cho’yandan iborat bo’ladi. Flyus sifatida esa 
ohaktoshdan foydalaniladi. 
Bu usulda ishlovchi pechni ishga tushirishdan avval uning ish qismining 
ishga yaroqliligi kuzatiladi.Basharti avvalgi ishlovlarda yorilgan, emirilgan joylari 


255 
bo’lsa, ular maxsus mashina yordamida magnezit yoki dolomit kukunlari bilan 
qoplanadi. Keyin pechning shlak va po’lat chiqaradigan teshigi o’tga chidamli tiqin 
bilan berkitiladi. Jarayon quyidagicha kechadi: pechga shixta materiallar 
yuklanadi. Bunda yuklash mashinasi yordamida ma’lum miqdorda temir ruda, 
ohaktosh, keyin metall chiqindi, mul’da deb ataluvchi metall yashikda pechning 
old devoridagi yuklash darchasi orqali solinadi. 
Ular obdan qizigach pechga qayta ishlanuvchi cho’yan quyiladi. Suyuq 
cho’yan tarkibidagi Si, P, Mn, va qisman S lar temir ruda kislorodi bilan 
oksidlanadi, hamda bu oksidlar ohak bilan o’zaro birikib shlak ajrala boshlaydi. 
Metalldagi S ni shlakka o’tkazish uchun shlak pechdan chiqarilgach pechga 
ma’lum miqdorda boksit ko’shilgan ohaktosh kiritiladi. Bu sharoitda yuqorida 
ko’rilgan reaksiya bo’yicha metalldagi S shlakka o’tadi. Jarayon ohirida vaqti - 
vaqti bilan namunalar olib, uning tarkibi va hossalari ekspress laboratoriyada 
kuzatib boriladi. Kutilgan tarkibga kelgach, pechga qaytaruvchilar kiritilib, so’ngra 
nov teshigi ochilib u kovshga chiqariladi. Bu variantda faqat sifati pastroq 
uglerodli po’latlar olinadi. Lekin temirning temir rudadan qaytarilishi hisobiga 
po’lat miqdori bir oz ortadi. 
Bu usuldan domnalari bo’lmagan kichik metallurgiya va mashinasozlik 
zavodlarida foydalaniladi. Bunda shixtani 55 - 75% temir - tersak chiqindilar, 
qolgani qayta ishlanadigan qattiq (chushka) cho’yandan iborat bo’ladi.Jarayonni 
tezlatish maqsadida pechga ozroq temir ruda, flyus sifatida ma’lum miqdorda 
ohaktosh kiritiladi. 
Jarayon yuqorida ko’rilgan skrap - rudali usuliga o’xshash kechadi. Pechni 
ishga tushirishdan avval unga temir - tersak chiqindi (skrap) larning yarmi, keyin 
esa metall massasining 3 - 5% hisobida ohaktosh, qolgan temir - tersak chiqindilar 
va qattik cho’yan solinadi. 
Shixta to’la suyuqlangach pech gazlaridagi kislorod hamda metalldagi erigan 
FeO ning kislorodi hisobiga Si, P, Mn lar oksidlanadi. SiO
2
, MnO, CaO oksidlar 
birikib, natijada shlak hosil bo’ladi. Vanna temperaturasi zarur temperaturaga 
ko’tarilgach S jadal oksidlanib metall gazlardan va nometall qo’shimchalardan 


256 
tozalana boradi. Yuqoridagidek metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchilar yordamida 
qaytariladi.Kutilgan tarkibli po’lat pechdan kovshlarga novlari orqali chiqariladi. 

Download 19,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish