225
6.13-rasm. Qo’shimcha metallar konsentratsiyasining anionit hajmiga ta’siri.
Rasmda ko’rinib
turibdiki, qo’shimcha metallarning konsentratsiyasi ortishi
bilan anionit hajmi kamayib boraveradi, bu esa oltinni sorbsiyasi kamaytiradi.
Kelayotgan eritmada oltinning konsentratsiyasi 2-10 mg/l bo’ladi, chiqadigan
ya'ni chiqindiga yuboriladigan eritmada oltinning konsentratsiyasi 0,02-0,03 mg/l
bo’lishi kerak. Shuning uchun xam ishlatiladigan anionit yukori ishchi xajmiga ega
bulishi kerak. Anionitlarning yana bir muhim xarakteristikasi bu uning
selektivligidir. Olib borilgan ilmiy ishlar shuni ko’rsatadiki aralash asosli
anionitlarni selektivligi kuchli asosli anionitlarga nisbatan ancha yuqori.
Anionitning selektivligi qancha yuqori bo’lsa uning
ishchi hajmi ham shuncha
yuqori bo’ladi.
Bifunksional xossaga ega bo’lgan anionitlar ichida AM-2B markali anionit
yuqori ishchi hajmga va selektivlikka egadir.
Amaliyotda sorbsiyalash jarayonini tezligi uncha ham yuqori emas, qatron
va oltin saqlagan eritma o’trasidagi ta'sir bir necha o’n
soatlab vaqt davomida
boradi. Birinchi o’rinda ionitga kam yutiladigan anionlar yutiladi (temir, mis,
kumush). Jarayon vaqtining uzayishi davomida bu anionlar yutilish darajasi yuqori
bo’lgan anionlar bilan siqib chiqariladi (oltin, rux, nikel). Shuning uchun ham
226
anionit tuyinish vaqtida uning ishchi hajmi oltinga, ruxga va nikelga nisbatan ortib
boradi.
Ionalmashinuv jarayoni tezligi ionlarning difuziyasi tezligiga bog’liq bo’lib,
bu ionlarning suyuqlik qavatida erish tezligiga va ionitga birikishi bilan izohlanadi.
Ba’zi hollarda ikki holatda ham jarayonni nazorat qilishi mumkin.
Sian anionlarini sorbsiyalash jarayoni tezligi ko’p hollarda anionitning ichki
diffuziyasi tezligi bilan aniqlanadi, geliy kinetikasi.
Bu esa anionitlarning
o’lchamining [Au(CN)
2
]
-
kichiklashishi bilan sorbsiyalash ham tezlashishini
ko’rsatadi (6.14-rasm).
6.14-rasm. Turli xil qatronlarda oltinni sorbsiyalash: 1 - AM-2Б qatroni; 2 - AM geliyli
tuzulish.
Ya’ni AM-2B anionitlari yordamida sorbsiyalash jarayoni AM geliy tuzulishli
anionitlarga qaraganda tez va ishonchli amalga oshadi. Bunga asosiy sabab AM-2B
qatronining oltin va kumushga nisbatan yuqori tanlovchanlikka ega ekanligi,
mexanik va kimyoviy jihatdan mustahkamligi va
shuningdek oltinga nisbatan
hajmi yuqoriligidir.
Sianli eritmalardan oltinni boshqa anionitlar bilan sorbsiyalanish tezligi
6.13
-
rasmda tasvirlangan. Oltinni ajralish jarayoni boshlanishida tez amalga
oshadi: 1-soat ta’sirlashishda umumiy ajralishning 50-60% ajralib chiqadi, 2-4 soat
227
mobaynida 70-80% ajralsa, undan so’ng jarayon zudlik bilan sekinlashadi. Eng
yaxshi qatronlardan yana biri АP-2 dir.
6.15-rasm. Sian eritmalaridan oltinni qatronlarga sorbsiyalash tezligi.1 - АP-2-p; 2- АN-18-4p.
Oltinni sian eritmalaridan sorbsiyalashda anionitni oltinga nisbatan hajmi sian
eritmalaridagi nodir bo’lmagan qo’shimcha metallar miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Jarayonga ta’sir etuvchi metallardan biri bu rux anionlari, shuningdek ko’p
miqdorda nikel, kobalt, mis va temir anionlaridir.
Anionitni oltinga nisbatan
hajmida qo’shimcha anionlarning konsentratsiyasi muhim rol o’ynaydi. Eritmada
oltin anioni [Au(CN)
2
]
-
ko’p bo’lsa qatronning oltinga nisbatan hajmi oshadi,
aksincha eritmada qo’shimcha metallar konsentratsiyasi ko’p bo’lsa anionnining
oltinga nisbatan hajmi qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: