Yer tuzish yechimlarini qabul qilishdagi xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan yondashuv,
xususan, quyidagilarni nazarda tutadi:
*
joylashtirilayotgan ob’ekt va uning yerdan foydalanishining hududga va atrof muhitga
kelajakdagi ta’siri bilan birgalikda taklif etilayotgan yerdan foydalanish usulining ijobiy va
salbiy natijalarini to‘la hisobga olish;
*
sanoat va boshqa qurilish ob’ktlari tagiga ishlab chiqarish kuchlarining hozirgi
rivojlanish darajasi chegarasida minimal hudud ajratish.
Yer tuzish chizmalari va loyihalarida ishlanadigan umumiy va xususiy yechimlar xo‘jaliklar va
mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi kelajagi, yer resurslaridan foydalanish va uni
muhofaza qilish rejalari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak. Boshqacha aytganda, xo‘jaliklararo va
xo‘jalikda ichki yer tuzishda yerda joylashtiriladigan va yerdan foydalanadigan qishloq xo‘jalik va
boshqa korxonalarning, hamda ular hududida joylashtiriladigan mintaqalarning kelajakdagi iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash uchun tashkiliy-hududiy asos yaratilishi kerak. Shuning uchun
korxonalarning (mintaqalarning) kelajakdagi rivojlanish ko‘rsatkichlari barcha yer tuzish loyihalarini
(chizmalarini) ishlashda asos sifatida olinadi.
Masalan, xo‘jaliklararo yer tuzishda ob’ektlarning kelajakdagi rivojlanish ko‘rsatkichlariga mos
tarzda yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning o‘lchamlari, tarkibi va joylashishi aniqlanadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida xo‘jalikda ichki yer tuzishda ularning rivojlanish rejalarini hisobga
olib tarmoqlar, fermerlar, yer turlari maydonlari, o‘lchamlari aniqlanadi, almashlab ekishlar
loyihalanadi.
Bu avvalo, qishloq xo‘jalik korxonalariga, belgili darajada - boshqa tarmoqlar korxonalariga
ham taalluqli. Bunday masala hududni maqsadi va sharoiti o‘zgarib turuvchi ishlab chiqarishga
moslash va optimal tashkil etish hisobiga yechiladi. Yer tuzish yordamida ilg‘or texnologiyalarni,
xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllari va usullarini joriy etish asosida tarmoqni samarali rivojlantirish
uchun hududiy asos yaratiladi. Boshqacha aytganda, xo‘jaliklararo va xo‘jalikda ichki yer tuzish
loyihalarida ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi ilg‘or texnologiyalari va usullari hisobga
olinishi kerak. Xususan, ASMda har xil mulkchilik shakllaridagi yangi korxonalarni yaratishni
(avvalo fermer xo‘jaliklarini), samarali agrotexnik usullarni va qishloq xo‘jalik shirkatlarida
xo‘jalikda ichki ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllarini tarqatishni ko‘zda tutish kerak.
Noqishloq xo‘jalik yerdan foydalanishlarini oqilona joylashtirish yordamida yer tuzish transport va
xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari samarali ishlashiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |