O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/139
Sana22.12.2022
Hajmi1,25 Mb.
#893977
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   139
Bog'liq
eHevjBJCoB4JqK8WGQNEIXO9KtrvmUduaDRhcMiZ

*
 
melioratsiyalashning yo‘nalishini asoslash va kelajagini belgilash; 
*
 
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini oqilona tashkil etish uchun hududiy sharoit 
yaratish; 
*
tabiiy landshaftlarni saqlash va yaxshilash, tuproqlar unumdorligini tiklash va oshirish, 
yerlarni rekultivatsiyalash, ularni eroziyadan himoya qilish va boshqa buzilish jarayonlarini 
hamda buzilgan yerlarni konservatsiyalash bo‘yicha tadbirlarni ishlash.
2. 
 
Yer tuzishning iqtisodiy mohiyati, huquqiy asoslari va texnikasi 
 
Yer tuzish iqtisodiy, huquqiy va texnik harakatlar yigindisini o‘zida mujassamlashtiradi, lekin 
uning mohiyati hamma vaqt ham uning tashqi ko‘rinishlari orqasidan ko‘rinavermaydi. Yer tuzish 
avvalo iqtisodiy tadbir bo‘lib, huquqiy va texnik harakatlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning 
uchun u ko‘pchilik hollarda toza texnik va huquqiy operatsiyalar yig‘indisiga o‘xshab ko‘rinishi 
mumkin. 
Yer tuzish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning yerning ma’lum uchastkalariga bo‘lgan 
huquqlari paydo bo‘lishi yoki o‘zgarishi mumkin, u texnik (geodezik) harakatlar yordamida 
belgilanadigan chegaralarning o‘rnatilishi yoki o‘zgarishi bilan yakunlanadi. Yer egaliklari (yerdan 
foydalanishlar) chegaralari yer egasining (yerdan foydalanuvchining) yerga bo‘lgan huquqlarining 
hududiy chegarasi hisoblangan chiziqning joylardagi aniq o‘rnini o‘zida ifodalaydi. Yer egaliklari 
yoki yerdan foydalanishlar ichida, geodezik vositalar yordamida, har xil xo‘jalik ahamiyatiga ega 
(dalalar, yer turlari) yer uchastkalarini bir-biridan ajratib turadigan chegaralar o‘tkaziladi. Bu 
chegaralar qishloq xo‘jalik korxonasining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun ham zarur. Yer 
tuzishning tashqi ko‘zga tashlanadigan namoyon bo‘lish shakli shunday, u o‘z o‘zidan juda 
ahamiyatli bo‘lishiga qaramasdan uning mohiyatini aks ettirmaydi. 
Yer tuzishning mohiyati uning iqtisodiy mazmuni bilan aniqlanadi, u avvalo, yerdan ishlab 
chiqarish vositasi va iqtisodiy aloqalar ob’ekti sifatida foydalanishni va muhofazalashni tashkil 
etishdan, hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy masalalarni yechish uchun hududni tuzishdan iborat. 
Yer tuzish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish bilan organik bog‘langan, boshqa 
tarmoqlarda esa kamroq darajada bog‘langan; u ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun 
hududiy asosni ham yaratadi. Nihoyat, har qanday korxona, muassasa, tashkilot, faoliyat ko‘rsatishi 
va o‘z vazifalarini bajarishi uchun yer uchastkasi - yerdan foydalanishi zarur, u yer tuzish yordamida 
tashkil etiladi; shuning uchun yer tuzish iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarishni joylashtirish masalalari 
bilan chambarchas bog‘liq.
Hududni tashkil etishning barcha shakllari va elementlari (chegaralar, maydonlar, shakllar, yer 
uchastkalarining joylashishi, tarkibi va sh.o‘.) ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va talablariga, 
uning rivojlanishi va samaradorligining oshishiga hamda undan oqilona foydalanishni va uni 
muhofaza qilishni albatta ta’minlash bilan ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish texnologiyalariga 
to‘la mos kelishi kerak. Shu maqsadda ayrim uchastkalarga ma’lum maydon va shakl beriladi, 


10 
joylarda qutb tomonlariga nisbatan joylashishi va sh.o‘. belgilanadi. Bular hammasi avvalo yerdan 
foydalanishning turg‘un iqtisodiy natijalariga erishish uchun qilinadi. 
Yer tuzishning ahamiyatli tomonlaridan biri - u hamma vaqt huquqiy mazmunga ega. Yer 
mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning ma’lum yer uchastkalariga huquqlari va 
majburiyatlari hamda bu uchastkalardan foydalanish tartibi va xarakteri, bundan kelib chiqadigan 
shaxslarning o‘zaro majburiyatlari belgilanadi. Qonunda belgilangan tartibda yer uchastkalariga 
huquq beriladi, bu huquqni tasdiqlovchi hujjat tayyorlanadi va beriladi. Yer tuzishni o‘tkazishning va 
unga kiradigan ishlar tarkibinining belgili tartibi ham mavjud. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish