O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/139
Sana22.12.2022
Hajmi1,25 Mb.
#893977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   139
Bog'liq
eHevjBJCoB4JqK8WGQNEIXO9KtrvmUduaDRhcMiZ

*
 
yerda aniq ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik maqsadlarga maksimal 
darajada mos keladigan tartib o‘rnatish; 
*
 
yerni tabiiy resurs va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar ob’ekti sifatida tuzish; 
*
 
yerni boshqa u bilan bog‘langan ishlab chiqarish vositalari bilan birgalikda tuzish; 



*
 
yerdan foydalanish jarayonida xalq xo‘jaligi umumiy manfaatlarining saqlanishiga 
hamda mintaqaviy va lokal (mahalliy) dasturlarda ko‘zda tutilgan qoidalarga rioya qilish. 
 Yer tuzish o‘z ichiga o‘zining asosiy vazifasi sifatida yerdan foydalanishni tashkil etishni 
oladi. Yer tuzishning uni yechish bilan bog‘liq asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 
*
 
yerdan foydalanish va yerga egalik qilishning barcha shakllarini takomillashtirish, 
tashkil etish, tartibga solish; 
*
 
hududni xo‘jaliklararo va xo‘jaliklar ichida tashkil etish; 
*
 
yer fondlarini tashkil etish; 
*
agrosanoat majmuasini hududiy tashkil etish, tabiiy landshaftlarni yaxshilash va boshq.
Bizning mamlakatimizda yer tuzish o‘zida, avvalo, barcha davlat tadbirlari tizimini ifodalaydi. 
Bu tizimga davlat yer tuzish organlari tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy, huquqiy, texnik va 
ekologik ishlar; bashoratlash, rejalash va hududni tashkil etishni loyihalash; hozirgi vaqtda, yaqin va 
uzoq kelajakda butun mamlakat va ayrim mintaqalar bo‘yicha yerlar toifalari va yerdan 
foydalanishlar, yer turlari va ayrim uchastkalar yer resurslaridan foydalanishni va uni muhofaza 
qilishni tashkil etish. Bu tizimga yer kadastri materiallaridan foydalanib har xil chizmalar, 
loyihalarni tuzish ham kiradi. 
Yer tuzish o‘z mohiyati bo‘yicha iqtisodiy tadbir bo‘lib, huquqiy, texnik va boshqa ishlar bilan 
bir tizimda o‘tkaziladi. Bunda yerdan foydalanishni tashkil etishga bog‘liq har xil iqtisodiy, 
ekologik, huquqiy va texnik masalalar ishlanadi, ular «yer tuzish» tushunchasini ilmiy ta’riflashda 
o‘z aksini topishi kerak. Axir har qanday ta’rif qisqa, bir so‘z bilan, murakkab hodisaning mazmuni 
va mohiyatini tavsiflaydi, uning eng umumiy va eng xarakatli belgilarini ko‘rsatadi. Shu vaqtning 
o‘zida deyarlik har qanday ta’riflash, aynan o‘zining qisqaligi sababli yetarlik darajada to‘la 
bo‘lmaydi, bu ko‘pchilik hollarda uning yangidan-yangi turlari paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Adabiyotlarda yer tuzish rivojlanishining har xil bosqichlariga xos ko‘plab ta’riflarni uchratish 
mumkin. Ularda har xil to‘lalik darajasida uning texnik, huquqiy yoki iktisodiy tomonlariga urg‘u 
berildi. Bular hammasi tabiiy hol edi, sababi, tarixiy rivojlanish jarayonida yer tuzishning o‘zi, uning 
mazmuni va vazifalari o‘zgardi va ta’riflar har xil darajadagi aniqlikda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar 
mohiyatini aks ettirishga harakat qilishdi.
Prof. F.G.Nekrasovning 1926-y. chop etilgan «Yer tuzish asoslari» kitobidayoq o‘ndan ortiq yer 
tuzishga har xil mualliflar - O.A.Xauke, A.A.Kofod, I.Ye.German, P.N.Rudin, P.N.Pershin, 
A.V.Chayanov va boshq. tomonidan berilgan ta’riflar keltirilgan. Qator keyingi ta’riflar 
S.A.Udachinning «Yer tuzishning ilmiy asoslari» darsligida (1965-y.) keltirilgan.
Ayrim mualliflar yer tuzish yer munosabatlarini tartibga soladi va o‘zgartiradi deb hisoblashadi, 
bunday yondashuv bilan kelishish mumkin emas, sababi, yer tuzish o‘zi ijtimoiy munosabatlar tizimi 
ta’siri ostida rivojlanadi va amalga oshiriladi. Shu vaqtning o‘zida yer tuzish, yerdan foydalanish va 
unga egalik qilish bilan bog‘liq munosabatlarni o‘zgartirishda so‘zsiz qatnashadi; biroq aniqrok qilib 
aytsak, yer munosabatlarini emas, balki yerdan foydalanishlarni va yer egaliklarini tartibga soladi. 
Boshqa ta’riflarda yer tuzish - bu yerni ma’lum xo‘jalik maqsadlariga moslash deb aytiladi. 
Bizning davrimizda bunday yondashuv bir tomonlama hisoblanadi. Insonning o‘ziga doimo yerga 
moslashishga, mavjud yer resurslari va ekologik cheklashlarga qarab eng yuqori ishlab chiqarish va 
ijtimoiy samara olish uchun o‘z maqsadlarini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.
Yer tuzish fani va amaliyoti ma’lumotlariga asoslanib, hamda yuqorida ko‘rib chiqilgan yerdan 
foydalanishni tashkil etish tushunchasini e’tiborga olib, zamonaviy yer tuzishga quyidagi qisqa 
ta’rifni berish mumkin. 



Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish