O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Relefning ahamiyati sug‘orma dehqonchilik sharoitida juda katta bo‘ladi. Bu yerlarda



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/139
Sana22.12.2022
Hajmi1,25 Mb.
#893977
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   139
Bog'liq
eHevjBJCoB4JqK8WGQNEIXO9KtrvmUduaDRhcMiZ

Relefning ahamiyati sug‘orma dehqonchilik sharoitida juda katta bo‘ladi. Bu yerlarda 
sug‘orish tarmoqlari va sug‘orish uchastkalari relefga bog‘langan holda joylashtiriladi. 
Qishloq xo‘jaligida yerning mahsuldorligi va mehnat unumdorligi zamonaviy texnikani 
qo‘llash imkoniyati bilan bog‘liq, bu yer tuzish yordamida hududni ko‘p quvvat talab etadigan 
mexanizatsiya ishlarini bajarish uchun moslash zaruratini keltirib chiqaradi.
Yerning hududiy xususiyatlaridagi sezilarli farq qishloq xo‘jaligining mintaqaviy xususiyatini 
keltirib chiqaradi. Yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning o‘lchamlari, tarkibi va qishloq xo‘jalik 
yerlarining joylashishi, mehnat resurslari bilan ta’minlanishi hududni va mehnatni, ishlab chiqarishni 
tashkil etish shakllarini ko‘proq oldindan aniqlaydi. 
3. 
 
Tuproq qatlami 
 
 
Yerning ustki biologik faol qobig‘i tuproq deb ataladi.
 
Uning eng ahamiyatli sifati 
unumdorlik hisoblanadi, u yerni o‘simliklarni o‘stirish va shu bilan yerni qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishida asosiy vosita sifatida foydalanish uchun yaroqli qiladi.
Taniqli rus olimi V.V.Dokuchaev tuproq paydo bo‘lishining besh omilini ko‘rsatgan: ona jins, 
o‘simlik va hayvonot organizmlari, iqlim, joyning relefi, mamlakat yoshi. Ularning har xil 
miqdordagi yig‘indisi ko‘p minglab turdagi va guruhlardagi tuproqlarning paydo bo‘lishiga olib 
keladi. 
Tuproqlar sifati ularning fizik ahvoli, mexanik va ximik tarkibi, gumus miqdori va ko‘plab 
boshqa ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi. Ularning yaxshi yig‘indisiga har xil meliorativ tadbirlar 


46 
majmuasini o‘tkazish hisobiga erishiladi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar sifatining bosh 
ko‘rsatkichi ularning unumdorligi, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur suv, havo va 
oziqlanish rejimini ta’minlash qobiliyati hisoblanadi. Unumdor tuproqlar yaxshi suv sig‘imi, faol 
gumus miqdorining ko‘pligi, donador tuproq massasi, foydali mikrofloraga boyligi bilan ajralib 
turadi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yerdan oqilona foydalanishning majburiy talablariga 
tuproq unumdorligini hamda uning boshqa xususiyatlarini kengaytirilgan qayta tiklash kiradi, ularga 
mahsulot hajmi va sifati, xarajatlar miqdori bog‘liq. Resurslarni tejash yondashuvida tuproqlardan 
hosil bilan olib chiqib ketiladigan ozuqa moddalarini to‘la qoplash kerak. Tuproqlar xususiyatlarini 
kengaytirilgan qayta tiklash yerlarning samarali va potensial unumdorligi o‘sishini ta’minlaydi. 
Uning asosiy omillari sifatida hududni to‘g‘ri tashkil etish, dehqonchilikning ilg‘or tizimlari, organik 
va ma’danli o‘g‘itlardan oqilona foydalanish xizmat qiladi.
Yer tuzish uchun nafaqat ayrim tuproq turlarining joylashishi, balki, tuproq qatlamining tarkibi, 
tuproqlarning yer yuzasi bo‘yicha tarqalishi ham katta ahamiyatga ega. Unga qishloq xo‘jalik 
yerlarining joylashishi, konturlar va ishlab chiqarish uchastkalari o‘lchamlari bog‘liq. 
Tuproq qatlamining tarkibi sodda va murakkab, bir xil bo‘lishi mumkin. Shunga mos ravishda 
hududni tashkil etishda yer tuzishning sodda yoki murakkab shakllari qo‘llaniladi. 
Tuproq qatlamining har xilligi birinchi navbatda tuproqni paydo etuvchi jinslarning har xilligi 
bilan bog‘liq. Ular tuproqlarning mineral tarkibini, ularning ishlov berishdagi texnologik 
xarakteristikasini, namni saqlash qobiliyatini, eroziyaga uchrashga moyilligini, organik o‘g‘itlarning 
chirindiga aylanishi tezligini, ya’ni, aynan tuproqning shunday sifatlarini belgilaydiki, ularga yerdan 
foydalanish usullari va uni tuzish bog‘liq. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish