16
o‘zgarishlarini, boshqa umumdavlat ahamiyatiga ega iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarni amalga
oshirishda katta rol o‘ynadi.
Ishlab chiqarishning o‘sishi, qishloq xo‘jaligining va boshqa tarmoqlarning rivojlanishi,
ijtimoiy rivojlanish manfaatlari hududni tashkil etishning mavjud shakllarini hamda yer egaliklari va
yerdan foydalanishlar shakllarini doimiy ravishda takomillashtirib borishni talab etadi. Mos ravishda
yer tuzish organlarining vazifalari ham o‘zgaradi. Bu qoidani, xususan, yer tuzishning sovet davrida
rivojlanishi tajribasida ko‘rsatib berish mumkin (u V bobning 3 paragrafida batafsil yoritilgan; bu
yerda biz uchun ahamiyatlisi, faqat yer tuzishning iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi umumiy
muammolar bilan o‘zaro yaqin aloqasini aniqlashdir).
Avvalo, ko‘rinib turibdiki, yer tuzish bu yillarda o‘ta samarasiz, oxir-oqibatda qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishini tushkunlikka va yerlardan nooqilona foydalanishga olib keluvchi davlat siyosatiga
majburiy amal qildi, lekin, amalda u, ayrim, judayam buzilish jarayonlariga to‘sqinlik qildi. Yer
tuzuvchi mutaxassislar o‘z burchlarini halol bajarib, asosan, o‘zlarining kasbiy vazifalarini
zamonaviy ilmiy asosda, yerda ishlayotgan odamlar manfaatlari uchun yechishga harakat qilishdi.
Bevosita Oktabr revolyusiyasidan keyin yer tuzish birinchi navbatda yer to‘g‘risidagi Dekretni
amalga oshirish bilan bog‘liq qayta tuzishlarni o‘tkazishdan iborat bo‘ldi. Bu davrda sovet hukumati
yerga egalik qilishning xususiy shakllarini tugatdi, yerni dehqonlarga foydalanishga berdi, jamoa
yerdan foydalanishlarini tuzdi va mustahkamladi. Natijada mamlakat qishloq xo‘jaligida asosiy
o‘rinni yangi hokimiyatdan yer olgan va shu sababli uni qo‘llab-quvvatlaydigan o‘rta hol dehqon
egalladi.
20-chi yillarda yer tuzishning mazmuni yetti yilga yaqin davom etgan uzluksiz urushdan
keyingi xalq xo‘jaligini tiklash vazifasidan kelib chiqib aniqlandi. Bu davrda yer tuzish asosan,
dehqon yer jamoalari va yakka dehqon xo‘jaliklarida o‘tkazildi. U ko‘p polosalikni, uzoqdagi
yerlarni va boshqa noqulayliklarni tugatish yo‘li bilan dehqon yerdan foydalanishlarini tartibga
solishga qaratildi. Shunday qilib qishloq xo‘jaligining samaradorligini oshirish uchun sharoit
yaratildi. Bu vaqtda asosiy ish turlari qishloqlararo va qishloqlar ichida yer tuzish bo‘ldi.
20-chi yillarining oxiri va 30-chi yillarning boshida qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish bilan
bog‘liq kolxozlar yerdan foydalanishlarini tashkil qilish vazifasi qo‘yildi. Mazmunan, butun
mamlakat miqyosida yerdan foydalanishni tubdan qayta qurish amalga oshirildi. Shaxsiy dehqon
uchastkalari tugatildi; ular o‘rnida nisbatan yirik kolxozlar yerdan foydalanishlari paydo bo‘ldi.
Barcha ishlar tezkorlik bilan, ko‘p vaziyatlarda favqulodda va malakasiz, yer ko‘rsatish deb
nomlangan shaklda o‘tkazildi. Bunday yerdan foydalanishlar ko‘plab kamchiliklarga ega va shu
sababli judayam turg‘un emas edi.
Kollektivlashtirish dehqonlarga va mamlakat qishloq xo‘jaligiga unda yo‘l qo‘yilgan qo‘pol
xatolar natijasida yanada kuchayadigan katta buzg‘unchilik ta’sirini ko‘rsatdi. Barcha jarayonlarni
boshqarish ma’muriy usullar bilan, ko‘pchilik hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuch ishlatish yordamida
amalga oshirildi. Bu vaqtda
щ
unday tarzda ko‘plab sovxozlarning yerdan foydalanishlari tashkil
etildi.
Yer tuzish 30-chi yillarning o‘rtalarida va ikkinchi yarmida yerlarni kolxoz va sovxozlarga
huquqiy va texnik biriktirishga qaratilgan vazifalarni bajardi. Ular yerdan foydalanishlari
turg‘unligini ta’minlash zarur edi, shu sababli 1932 y. hukumat maxsus qaror qabul qildi. 1935
yildan boshlab bir necha yillar davomida kolxozlarga yerdan muddatsiz (umrbod) foydalanish uchun
Davlat Aktlarini berish bo‘yicha ishlar bajarildi, ularda yerdan foydalanishlarning maydonlari va
aniq chegaralari ko‘rsatildi. Shu bilan bir qatorda, yerlarning joylashishidagi noqulayliklar sababli
ishlab chiqarish zararlarini kamaytirish uchun, ularni tartibga solish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi;
Bunga 1935 - 1937 y. yer tuzish xizmatining asosiy e’tibori qaratildi. Mamlakatda bu vaqtda 235
mingga yaqin kolxozlar bo‘lganligi uchun, ishlarning umumiy hajmi juda katta edi.
Do'stlaringiz bilan baham: