O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/139
Sana22.12.2022
Hajmi1,25 Mb.
#893977
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139
Bog'liq
eHevjBJCoB4JqK8WGQNEIXO9KtrvmUduaDRhcMiZ

2. 
 
Yer tuzish to‘g‘risidagi fanning sovet davrida rivojlanishi. 
 
Zamonaviy yer tuzish fanining asosiy yutuqlari, uning mazmuni va izlanish usullari, asosan, 
revolyusiyadan keyingi davrda bo‘lgan uzoq rivojlanishining natijasi hisoblanadi. 
1917 yilning Oktabrida boshlangan tub agrar o‘zgarishlar mamlakatdagi butun yer 
munosabatlari tizimini o‘zgartirdi. Jamiyat mulkiga aylangan katta yer boyligidan oqilona 
foydalanish va uni tuzish muammosini ilmiy hal etish zarurati tug‘ildi. 
U vaqtdagi yer tuzishning nazariy asoslari - yerni natsionalizatsiyalash to‘g‘risida, ishlab 
chiqarish vositasi sifatidagi yer to‘g‘risida, tuproqlarning iqtisodiy unumdorligi to‘g‘risida, qishloq 
xo‘jaligida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida, yer 
tuzishning hukmron sinf quroli sifatidagi roli to‘g‘risidagi ta’limot va boshqalar marksizm 
nazariyasidan olingan edi. Ular o‘sha yillardagi yer qonunchiligining va yer tuzish amaliyotining 
uslubiy asoslari bo‘lib qoldi. Sovet yer tuzumining tamoyillari yer to‘g‘risidagi Dekretda va unga 
aniqlik kirituvchi grajdanlar urushi vaqtidagi me’yoriy aktlarda ifodalangan. 
Aynan shu vaqtda, sovet yer tuzishining ijtimoiy-iqtisodiy nazariyasiga asos solindi. U o‘sha vaqtda 
xalq mehnatini maksimal tejash bilan samarali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun sharoit 
yaratishga qaratilgan deb hisoblanar edi. Yer tuzish to‘g‘risidagi qoida va ko‘rsatmalar uni qo‘llash 
bo‘yicha, sotsialistik yerdan foydalanish g‘oyalarini amaliy joriy etish uchun mazmunan yagona 
qo‘llanma bo‘lib qoldi.
Shu bilan birga yer tuzish bilan bog‘liq masalalar keskin munozaralar predmetiga aylandi. 
Yerni natsionalizatsiyalash tamoyillari, yer berish me’yorlari, yer tuzishning mohiyati to‘g‘risida har 
xil fikrlar aytildi. Revolyusiya arafasida (1917 y. boshida) V.S.Martinov tomonidan «Yer tuzishning 
bir martaligi» nazariyasi oldinga surildi. U bunday yozgan edi, «Yer tuzish amalga oshirilishi uchun 
belgilanadi, o‘z mazmuniga erishib, keyingi faoliyatini tugatadi... yer tuzish takrorlanmaydigan 
harakat hisoblanadi» (V.S.Martinov. Ponyatie zemleustroystva - Pg., 1917. 286 b.). Bu konsepsiya 
mazmunan qabul qilingan yer tuzish yechimlarini vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqishni ob’ektiv 
talab qiluvchi, butun jamiyatda va ishlab chiqarish sohasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni hisobga 
olmaydigan bo‘lgani uchun uni tezda hayotning o‘zi inkor qildi.


82 
NEP (yangi iqtisodiy siyosat) davrida har xil maktablar va oqimlar kurashi davom etdi. Bu 
vaqtda yer tuzish fanining e’tibori markazida har xil shakldagi yerdan foydalanishlarning ustunliklari 
va kamchiliklari, xo‘jaliklarga ajratiladigan yerlar o‘lchamlarini optimallash muammolari bo‘ldi. Bu 
mavzuga bag‘ishlangan ko‘plab ishlar, shu jumladan qishloq xo‘jaligini sotsialistik qayta qurishga 
ham, matbuotda chop etildi; ular yerlarni natsionalizatsiyalash to‘g‘risidagi aktlarni bekor qilishga 
chaqirishdi, xutor va otrub shaklidagi yerdan foydalanishlarni ilg‘or, dehqon ishlab chiqarishini 
rivojlantirish uchun maksimal erkinliklar beradigan shakllar sifatida targ‘ib etishdi. Ayrim optimal 
yerdan foydalanishlar to‘g‘risidagi chop etilgan ishlarda jamoa qishloqlarining mayda o‘lchamlari 
asoslandi (P.P.Splyuxin. Monografiya po ekonomike zemleustroystva.- Saratov. 1928).
Dehqon xo‘jaliklari hududlarini tashkil etishning ko‘plab masalalarini yechishda Davlat yer 
tuzish va ko‘chirish ilmiy-tekshirish instituti sezilarli rol o‘ynadi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish