III BOB. QUYMA QOTISHMALARNI SUYUQLANTIRISH
3.1. Shixta
materiallari
Metall shixta
materiallari
Klassifikatsiyasi va umumiy xarakteristikasi.
Metall shixta uchun asos
sifatida birlamchi va ikkilamchi qora va rangli metallar hamda ligaturalardan
foydalaniladi. Birlamchi — metallurgiya sanoatining ruda materiallaridan
olinadigan va quyma ko‗rinishida yetkazib beriladigan mahsulotidir. Ikkilamchi —
temir-tersak va metall hamda qotishma chiqindilari, shuningdek, temir-tersak va
chiqindilardan suyuqlantirib olingan rangli metallarning qotishmalaridan iborat.
Temir-tersak ko‗rinishidagi ikkilamchi qora metallardan po‗lat va cho‗yanni
suyuqlanti- rishda keng foydalaniladi. Ikkilamchi rangli metallar qotishmalarni
quyma
ko‗rinishida
chiqaradigan
«Vtorsvetmet»ning
ixtisoslashtirilgan
korxonalarida qayta suyuqlantiriladi, lekin ba‘zan mashinasozlik korxonalarida
temir-tersak va chiqindilardan bevosita foydalaniladi. Chiqindilar ular hosil
bo‗ladigan korxonalarda bevosita ishlatilganda iqtisodiy samaradorlik yuqori
bo‗ladi, lekin buning uchun korxona zaruriy shixta tayyorlash va metallurgiya
bo‗limlariga ega bo‗lishi kerak.
Tayyor qotishmalar ko‗rinishida aluminiy quymalari, bosim ostida quyish uchun
magniy va rux qotishmalari, antifriksion rux qotishmalari, shuningdek, badiiy
quymalar uchun bronza, qalayli va qalaysiz quyma bronzalar va qalayli quyma
jezlar yetkazib beriladi [7].
Cho‗yan quymalari quyiladigan, qayta ishlanadigan va tabiatan legirlangan
cho‗yanlarga bo‗linadi. Quyiladigan cho‗yanlar (ГОСТ 4832—80)ning odatdagi
(Л) va magniy bilan tozalangan (ЛР) turlari chiqariladi. Bundan tashqari,
quyiladigan cho‗yanlar tarkibidagi krem- niyga qarab Л1 (Si 3,2—3,6%) ... Л6 (Si
1,2—1,6%) markalarga, tarkibidagi Mn ning miqdoriga qarab I (0,3% gacha) ... IV
(0,9 dan 1.5% gacha) gruppalarga va A (0,08% gacha), Б (0,12% gacha), В (0,3%
gacha), Г (0,7% gacha), Д (0,12% gacha) klasslarga va tarkibidagi S miqdoriga
qarab 1 (0,05%)... 5 (0,05% gacha) kategoriyalarga bo‗linadi.
120
Qayta ishlanadigan (ГОСТ 805—80) cho‗yanning 10 ta markasi chiqariladi: П1
va П2 — qayta ishlab po‗lat olish uchun; ПЛ1 (Si 0,8— 1,2%) va ПЛ2 (Si
0,5—0,8%) — quymakorlik uchun, ПФ1, ПФ2, ПФЗ — fosforli, ПВК1, ПВК2,
ПВКЗ — yuqori sifatli. Marka xuddi quyma cho‗yanniki kabi tarkibidagi Si miqdori
bilan aniqlanadi, lekin Si qayta ishlanadigan cho‗yanlarda ancha kam bo‗ladi.
Bundan tashqari, qayta ishlanadigan cho‗yanlar Mn bo‗yicha gruppalarga, P
bo‗yicha klasslarga va S bo‗yicha kategoriyalarga bo‗linadi.
Tabiatan legirlangan cho‗yanlar uch turga bo‗linadi: xrom-nikelli (ТУ
14-15-84-79), titanli va titan-misli (ТУ 14-15-4-74). Xrom-nikelli cho‗yanning 10
ta markasi chiqariladi: ЛХН1 (Ni + Co 0.2%; Cr 0,4— 1,2%) dan ЛХН10 (Ni + Co
1%; Cr 2,3-3,2%) gacha. Titanli cho‗yan (БТЛЗ—БТЛ7) tarkibida 0,3—1,2% Ti,
titan- misli cho‗yan (БТМЛЗ—БТМЛ7) tarkibida 1-3% Cu va 0,3-1,2% Ti bo‗ladi.
Ular shixtaga qo‗shilsa, kam legirlangan konstruksion cho‗yanlarni suyuqlantirib
olish uchun imkon tug‗iladi.
Ikkilamchi qora metallar (ГОСТ 2787-75). Ular jumlasiga cho‗yan va po‗latning
temir-tersagi, po‗lat va cho‗yan qirindisi, metall qirqmasi, shtampovka qilingan
detal va shunga o‗xshashlar kiradi. Ikkilamchi qora metallar klassifikatsiyasi 3.1-
rasmda tasvirlangan. Ular kategoriyalarga (A — uglerodli va Б — legirlangan),
klasslarga (po‗lat va cho‗yan) va turlarga bo‗linadi. Turi fizik holati va sifat
ko‗rsatkichlari bilan aniqlanadi: bo‗lak-bo‗lak, presslangan, qirindi; gabaritli,
nogabarit va h.k. Domnaga kiritiladigan qo‗shimcha, metall zaki (kuyindi) va
payvand shlaki klassga bo‗linmaydi, ular suyuqlantirishda quymakorlikda
ishlatilmaydi. Legirlangan chiqindilar va temir- tersak kimyoviy tarkibi bo‗yicha 67
ta gruppaga bo‗linadi.
Ferroqotishmalar. Metall shixta materiallarining bu keng gruppasi bitta yoki bir
nechta legirlovchi elementlari bo‗lgan temir qotishmalarni o‗z ichiga oladi. Asosiy
legirlovchi element, odatda, qotishmalarning nomida ko‗rsatiladi: ferrosilitsiy — Si,
ferromarganes — Mn, ferroxrom — Cr va h.k.
Ferromarganes (ГОСТ 4755-80) kam uglerodli (C = 0,5%), o‗rta uglerodli (C =
1—2%) va ko‗p uglerodli (C = 7%) qotishmalarga bo‗linadi. Kam uglerodli,
121
o‗rtacha uglerodli ferromarganesning tarkibida 85% Mn (tarkibidagi Mn miqdori
75% bodgan ФМн 2,0 dan tashqari) bo‗ladi. Kam uglerodli ferromarganes
markasining raqamli belgisida tarkibidagi uglerodning o‗rtacha miqdori ko‗rsatiladi
(masalan, ФМн 1,5 tarkibida 1,5% C bo‗ladi), ko‗p uglerodlida esa marganesning
o‗rtacha miqdori (masalan, ФМн 75 tarkibida 75% Mn bo‗ladi) ko‗rsatilgan.
Ferromarganes markasida A harfi tarkibdagi fosfor miqdorining kamligini (masalan,
ФМн 78A tarkibida 0,05% P bo‗ladi), K harfi tarkibdagi kremniy miqdorining
kamligini (kremniy 1% gacha), C harfi tarkibdagi kremniy miqdorining yuqorligini
ifodalaydi, C harfidan keyingi raqam kremniy miqdorini ko‗rsatadi (masalan, ФМн
75AC6 tarkibida 6% kremniy bo‗ladi).
Ferroxrom (ГОСТ 4757-89E) kam uglerodli (0,01—0,5% C), 0‗rtacha uglerodli
(1—4%C), ko‗p uglerodli (6,5—8% C) va markasiga N half belgisi kiritilgan
azotlangan (1—6% N) ferroxromga bo‗linadi. Ferroxronming barcha markalarida
xrom miqdori 60—68% bo‗ladi. Kam uglerodli, o‗rtacha uglerodli va ko‗p uglerodli
ferroxromning markalaridagi raqamli belgi tarkibdagi C miqdorini ko‗rsatadi
(masalan, ФХ006А tarkibida 0,06% C bor). Azotlangan ferroxrom markasidagi
raqamli belgi tarkibdagi azot miqdorini ko‗rsatadi (masalan, ФХН 200A tarkibida
2% azot bor). Ferroxrom tarkibidagi Si miqdori 0,8—2,0% atrofida bo‗ladi.
Markadagi C harfi tarkibdagi Si miqdorining ko‗pligini (masalan, ФХ800СА
tarkibida 5,0—10,0% Si bor), A va Б harflari tarkibdagi P miqdorining kam yoki
ko‗p bo‗lishini ko‗rsatadi (A harfi bo‗lsa, tarkibdagi P miqdori 0,02— 0,03%; Б
harfi bo‗lsa, P miqdori 0,03—0,05% atrofida bo‗ladi).
Ferrosilitsiyning (ГОСТ 1415—78) 11 ta markasi chiqariladi. Ferrosilitsiy
markasidagi raqamli belgi tarkibdagi silitsiyning o‗rtacha miqdorini ko‗rsatadi
(masalan, ФС45 tarkibida 41—47% Si bo‗ladi).
122
Do'stlaringiz bilan baham: |