Pechlarning texnologik sxemalari
Tigelli yoqilg‗i pechi (3.31- a rasm) metall uchun grafit, po‗lat yoki cho‗yan
3 tigelga ega. Bo‗shliq 2 da 1 gorelkalar yordamida gaz yoki mazut yoqiladi, yonish
mahsulotlari 4 tutun yo‗liga ketadi. Shixta materiallari tigelga yuklanadi,
suyuqlantiriladi, so‗ngra qotishma talab etilgan konditsiyagacha yetkaziladi.
Alanga pechining (3.31- b rasm) tigelli pechdan farqi shundan iboratki, 1
vannadagi suyuqlanma pech atmosferasi bilan kontaktlanadi. Bu pechlar 3 tuynuk
orqali yuklanadi, gaz 4 gorelkalar yordamida yoqiladi, suyuq metallni chiqarib
yuborish uchun 2 lyotka bor.
Shaxta- alanga pechi (3.31- d rasm) shixta suyuqlantiriladigan 4 taglikli 5
217
shaxtaga va metall to‗planadigan 3 vannaga ega. Vanna ustida 2 gorelka joylashgan.
Metallni tarqatish uchun 1 kamera xizmat qiladi. Bu pechlar aluminiy
qotishmalarini
218
3.31- rasm.
Suyuqlantirish jarayonlarining klassifikatsiyasi va aluminiy, magniy va rux qotishmalarini suyuqlantirish
pechlarining texnologik sxemalari.
219
suyuqlantirish uchun ishlatiladi.
Mis qotishmalarini suyuqlantirish uchun mo‗ljallangan statsionar yoqilg‗i
pechlari (3.32- a rasm) 1 vanna ustida joylashgan gorelkalar yoki 2 forsunkalar
vositasida isitiladi. Shixta materiallari 3 tuynuk orqali yuklanadi, tutun gazlari 4 gaz
yo‗liga ketadi. Bu pechlarning sig‗imi odatda katta bo‗ladi va ishlab chiqarishning
tegishli hajmlarida ishlatiladi.
Ishlab chiqarish hajmi katta bo‗lmaganda grafit tigelli yoqilg‗i pechlaridan yoki
baraban tipidagi burilma pechlardan (3.32- b rasm) foydalaniladi. Bu pechda suyuq
yoqilg‗i 2 forkamerada 1 forsunka yordamida yoqiladi; gazlar 3 kanaldan 5 ishchi
bo‗shlig‗iga keladi; yuklash 4 og‗iz orqali amalga oshiriladi.
Mis qotishmalarni suyuqlantirish uchun shaxta- alanga pechlari (3.31- d rasm)
ularning issiqlik FIK deyarli yuqori bo‗lishiga qaramasdan, hozircha kamdan kam
ishlatiladi. Elektr pechlari (3.32- d, e , f , g rasm) mis qotishmalarini ham, nikel
qotishmalarini ham suyuqlantirib olish uchun ishlatiladi.
Tigelli qarshilik elektr pechlari (3.31- f rasm) uncha katta bo‗lmagan quyish
sexlarida suyuqlantirib olishda, shuningdek, tarqatish pechlari sifatida juda keng
ko‗lamda tarqalgan. Tigel 2 da qotishma tayyorlanadi, 1 spiral yordamida
qizdiriladi.
Vannali qarshilik pechi deb ataladigan pechda (3.31- e rasm) 2 vanna 3 gumbaz
yonida joylashgan 1 qizdirish elementlari vositasida qizdiriladi. Vanna 2 ga 4
tuynuk orqali shixta yuklanadi. Metall pechni qiyalatib to‗kiladi.
Tigelli induksion pech odatdagidek tuzilgan (3.32- d rasm). Tigel 1 da metall
joylashadi, 2 induktor tigelni qamrab olgan va metall massasida issiqlik energiyasini
generatsiyalab uyurma toklarni hosil qiladi. Mis qotishmalarini suyuqlantirish
uchun pechlarning ILT seriyasidan, nikel qotishmalarini suyuqlantirish uchun esa
IST seriyasidan foydalaniladi.
Kanalli induksion pechlar tigel yoki baraban tipida, bitta yoki ikkita tigelli
bo‗lishi mumkin. 3.31- h rasmda ikkita tigelli pech ko‗rsatilgan. O‗zak 1 dagi
induktor issiqlik ajralib chiqadigan 2 kanallarni qamrab olgan. Bu kanallar 3 va 4
tigellarni birlashtiradi. Metall 3 tigeldan tarqatiladi, 4 tigelga esa yuklanadi.
220
Do'stlaringiz bilan baham: |