63
Jarayonlarni miqdoriy tavsiflash uchun elektrokimyoda
elektr hodisalariga
nisbatan qo‗llaniladigan tushunchalardan foydalaniladi. Elektr hodisalari
zaryadlarni katta potensial energiyaga ega bo‗lgan nuqtadan kam potensial
energiyaga ega bo‗lgan nuqta yo‗nalishida ko‗chirishdan iboratdir.
Elektr zaryadi
kattaligi kulonlarda (C) o‗lchanadi. 1 s vaqt ichida kattaligi 1 C zaryad o‗tkazgich
orqali o‗tganida vujudga keladigan elektr toki 1 A kuchga ega bo‗ladi.
Elektrokimyoda ikki tipdagi o‗tkazgich bilan ish olib borishga to‗g‗ri keladi:
m e t a l l v a e l e k t r o l i t . Metall о‗tkazgichlar elektr toki о‗tkazish qobiliyatiga
ega. Bunda o‗tkazgichda birorta kimyoviy aylanishlar bo‗lmaydi. Elektrolitlardan
elektr toki o‗tkazilganda ularning kimyoviy tarkibi o‗zgaradi.
Elektrokimyoda metall va elektrolitik o‗tkazgichlardan
iborat elektr zanjirlar
tez-tez uchraydi. Bu tipdagi o‗tkazgichlar orasidagi kontakt- lashish yuzasi elektrod
deb ataladi. Aslini olganda, elektrod — elektronlar manbayi yoki, aksincha, ularni
qabul qiluvchi bo‗lib xizmat qiladi: elektronlar elektroddan elektrolitga o‗tganda u
katod deb, elektronlar elektrolitdan elektrodga o‗tganda esa u a n o d deb ataladi.
Elektr toki elektrod orqali o‗tkazilganda unda ma‘lum o‗zgarishlar sodir bo‗ladi.
Ulardan eng muhimi anodda sodir bo‗ladigan oksidlanish jarayoni va katodda sodir
bo‗ladigan qaytarilish jarayonidir. Elektrolit orqali elektr toki o‗tkazilganda sodir
bo‗ladigan jarayon elektroliz deb ataladi.
Elektrokimyoning asosiy qonuni Faradey qonunidir: elektrolit orqali o‗tadigan
va kulonlarda o‗lchanadigan elektr miqdori (q) moddaning
oksidlanadigan yoki
qaytariladigan kimyoviy ekvivalentlari sonining (n) Faradey soni (F) ga
ko‗paytmasiga teng. 96490 C ga teng bo‗lgan Faradey soni mol (ya‘ni 6,023 • 10
23
)
elektronlardan iborat.
Elektrokimyoning boshqa muhim tushunchasi galvanizatsiya (galvanik
elementlar) hisoblanadi. U o‗zining ma‘nosi jihatidan elektrolizning aksi.
Elektrolizni amalga oshirish uchun ikkita elektrodda oksidlanish va qaytarilish
reaksiyalarini amalga oshirishga imkon beruvchi elektr potensialning tashqi
manbayi zarur. Bundan farqli o‗laroq, galvanik elementni yaratish uchun shunday
elektrodlar va
elektr moddalari tanlanadiki, ular elektrokimyoviy energiyaga ega
64
bo‗lsin. Bu energiya oksidlanish va qaytarilish jarayonlarining o‗z- o‗zidan sodir
bo‗lishi uchun yetarli bo‗lishi kerak.
Istalgan yarim reaksiyaning oksidlanish-qaytarilish potensialini
suvli eritmalar
uchun qo‗llaniladigan standart vodorod elektrodining potensiali bilan taqqoslab
o‗lchash mumkin. Metallurgiyada suyuqlanmalar uchun standart kislorod
elektrodidan foydalaniladi. Bu haqda metallurgiya jarayonlarida sodir bo‗ladigan
reaksiyalar mexanizmini o‗rganishda ancha batafsil aytib o‗tiladi.
U yoki bu reaksiyalarning sodir bo‗lishi mumkinligi
ularni harakatlantiruvchi
kuchlar bilan aniqlanadi. Bu kuchlar bevosita energiya, issiqlik,
entropiya va
kimyoviy termodinamika o‗rganadigan boshqa tushunchalarga bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: